ONLAYN.UZ
πŸ”

Foydalanuvchi shartnomasi

Oxirgi yangilangan: 7-avgust, 2026-yilΒ·Tahrir 1.3

Ushbu hujjat β€” YATT YUSUPOVA XONZODAXON RASULJON QIZI tomonidan Onlayn.uz platformasi orqali xizmat ko'rsatish bo'yicha ommaviy oferta. Platformadan foydalanish yoki buyurtma berish orqali siz quyidagi shartlarni to'liq va so'zsiz qabul qilgan hisoblanasiz. Shartlarga rozi bo'lmasangiz, iltimos, platformadan foydalanmang.

1. Umumiy qoidalar

Platforma egasi va operatori β€” YATT YUSUPOVA XONZODAXON RASULJON QIZI. Manzil: Andijon viloyati Jalaquduq tumani, telefon: +998945665588. Quyida Β«OperatorΒ» deb yuritiladi.

Platforma deganda onlayn.uz sayti, uning Android ilovasi va Telegramdagi ilovasi (bot) tushuniladi. Uchalasi ham shu shartnomaga bo'ysunadi.

Ushbu shartnoma O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Buyurtma berish β€” ofertani qabul qilish (aksept), ya'ni imzolangan shartnoma bilan teng kuchga ega.

Xizmat 18 yoshga to'lgan shaxslarga mo'ljallangan. 18 yoshga to'lmagan shaxs ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanadi.

2. Atamalar

Platforma β€” onlayn.uz sayti va ilovalari.

Operator β€” platformani boshqaruvchi YATT YUSUPOVA XONZODAXON RASULJON QIZI.

Sotuvchi β€” platformada ro'yxatdan o'tgan oshxona, restoran yoki do'kon.

Mijoz β€” platformada ro'yxatdan o'tgan va buyurtma beruvchi jismoniy shaxs.

Kuryer β€” buyurtmani mijozga yetkazuvchi shaxs.

Buyurtma β€” mijoz tanlagan mahsulotlar va yetkazish shartlari to'plami.

3. Platformaning roli va javobgarlik chegarasi

Operator ovqat va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarmaydi, tayyorlamaydi va sotmaydi. Operator β€” mijoz bilan sotuvchi o'rtasidagi vositachi: u buyurtmani qabul qilish, sotuvchiga yetkazish, kuryer bilan ta'minlash va to'lovni tashkil qilishdan iborat texnik hamda tashkiliy xizmat ko'rsatadi.

Mahsulotning sifati, tarkibi, tayyorlanish sharoiti, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, yaroqlilik muddati va og'irligi uchun sotuvchi javob beradi.

Menyudagi nom, tavsif, tarkib, narx va rasmni sotuvchi kiritadi. Rasm namunaviy bo'lishi va haqiqiy taomdan ko'rinishi bilan farq qilishi mumkin.

Allergiya yoki parhez cheklovlari bo'lsa, mijoz buni buyurtma izohida ko'rsatishi, zarur bo'lsa sotuvchi bilan bevosita aniqlashtirishi lozim.

Operator o'z xizmati β€” buyurtmani sotuvchidan olish va ko'rsatilgan manzilga yetkazish qismi uchun javob beradi.

Platformada haq evaziga joylashtirilgan reklama bo'lishi mumkin. Bunday joylashuvlar Β«ReklamaΒ» belgisi bilan ajratib ko'rsatiladi va Operatorning sifat yoki narx bo'yicha tavsiyasi hisoblanmaydi.

4. Ro'yxatdan o'tish va hisob

Ro'yxatdan o'tish telefon raqami va SMS orqali kelgan kod bilan amalga oshiriladi. Alohida parol talab qilinmaydi.

Telefon raqami egasi shu hisob orqali qilingan barcha harakatlar uchun javobgar. SMS kodni hech kimga bermang β€” u faqat sizga tegishli.

Telefon raqamidan foydalanishni to'xtatsangiz (aloqa operatoriga qaytarsangiz), bizni ogohlantiring. Aks holda raqamning yangi egasi sizning hisobingizga kirishi mumkin.

Bir shaxs bir nechta hisob ochib aksiya va promokodlardan takror foydalansa, bunday hisoblar bloklanadi.

5. Buyurtma berish tartibi

Buyurtma quyidagi tartibda beriladi: mahsulotni savatga qo'shish β†’ yetkazish manzilini ko'rsatish β†’ to'lov usulini tanlash β†’ buyurtmani tasdiqlash.

Onlayn to'lov tanlansa, buyurtma to'lov tasdiqlangandan keyingina sotuvchiga yuboriladi. To'lov 15 daqiqa ichida amalga oshirilmasa, buyurtma avtomatik bekor qilinadi va hech qanday summa yechilmaydi.

Buyurtma sotuvchi uni qabul qilgandan keyin kuchga kiradi. Sotuvchi mahsulot tugagani yoki juda band bo'lgani sababli buyurtmani rad etishi mumkin β€” bunday holatda oldindan to'langan summa to'liq qaytariladi.

Yetkazib berish faqat platformada ko'rsatilgan tumanlar doirasida amalga oshiriladi.

Xizmat ko'rsatish vaqti saytda ko'rsatiladi. Ish vaqtidan tashqarida buyurtma qabul qilinmaydi.

6. Narx va to'lov

Mahsulot narxini sotuvchi belgilaydi va uni istalgan vaqtda o'zgartirishi mumkin. Buyurtma uchun tasdiqlash paytida amal qilgan narx qo'llaniladi.

Yetkazib berish narxi masofaga qarab hisoblanadi va buyurtmani tasdiqlashdan oldin ko'rsatiladi.

Har bir buyurtmaga Operatorning servis xizmati haqi qo'shilishi mumkin β€” bu buyurtmani qabul qilish, sotuvchi va kuryerga uzatish hamda yetkazishni tashkil qilish uchun olinadigan belgilangan summa. U mahsulot narxiga bog'liq emas, alohida qator bo'lib ko'rsatiladi va buyurtmani tasdiqlashdan OLDIN, yakuniy summa tarkibida ko'rinadi.

Servis xizmati haqi miqdori Operator tomonidan belgilanadi va o'zgartirilishi mumkin; buyurtmaga tasdiqlash paytida amal qilgan miqdor qo'llaniladi va u keyin o'zgarmaydi.

To'lov usullari: naqd pul (kuryerga), bank kartasi va Payme tizimi.

Onlayn to'lov vaqtincha o'chirilgan bo'lishi mumkin β€” bunday holatda buyurtma faqat naqd to'lov bilan qabul qilinadi va bu haqda buyurtma berish sahifasida ko'rsatiladi.

Onlayn to'lov to'lov tashkiloti orqali amalga oshadi. Operator karta raqamini va boshqa to'lov ma'lumotini saqlamaydi.

Buyurtmani oldindan to'lasangiz, kuryer sizdan pul olmaydi β€” buyurtma to'langani kuryer ekranida ko'rsatiladi.

Naqd to'lovda kuryerda qaytim bo'lmasligi mumkin. Iloji bo'lsa, aniq summani tayyorlab qo'ying.

Ayrim hollarda naqd to'lov mavjud bo'lmaydi va faqat oldindan to'lov qoladi. Bunday hollar 12-bo'limda bayon etilgan.

7. Yetkazib berish

Ko'rsatilgan yetkazish vaqti taxminiy hisoblanadi. Yo'l harakati, ob-havo va oshxonaning bandligi sababli u o'zgarishi mumkin; oqilona kechikish shartnoma buzilishi hisoblanmaydi.

Mijoz buyurtmada ko'rsatilgan telefon raqamida aloqada bo'lishi shart.

Ayrim sotuvchilarda kuryer mahsulotni olib ketayotganda uning qiymatini sotuvchiga o'zi to'laydi. Bu Operator bilan sotuvchi o'rtasidagi ichki hisob-kitob tartibi bo'lib, mijoz to'laydigan summaga ta'sir qilmaydi.

Kuryer manzilga yetib kelganidan keyin mijoz 15 daqiqa ichida javob bermasa yoki chiqmasa, buyurtma bajarilgan deb hisoblanadi va to'langan summa qaytarilmaydi.

Manzil noto'g'ri ko'rsatilgani sababli kuryer qo'shimcha masofa yurishga majbur bo'lsa, qo'shimcha yetkazish haqi olinishi mumkin.

Kuryerga nisbatan haqorat, tahdid yoki zo'ravonlik holatida buyurtma bekor qilinadi va hisob bloklanadi.

8. Bekor qilish va pulni qaytarish

Sotuvchi tayyorlashni boshlamaguncha buyurtmani bepul bekor qilish mumkin.

Tayyorlash boshlangandan keyin bekor qilish faqat sotuvchi roziligi bilan amalga oshiriladi; sarflangan xarajat ushlab qolinishi mumkin.

Onlayn to'langan summa to'lov tizimi qoidalariga muvofiq, odatda 1–10 ish kuni ichida, to'lov qilingan kartaga qaytariladi.

Naqd to'langan buyurtma bo'yicha qaytarish mijoz bilan kelishilgan usulda amalga oshiriladi.

Buyurtma bajarilmagani sababli bekor qilinsa, servis xizmati haqi ham to'liq qaytariladi β€” u faqat bajarilgan buyurtma uchun olinadi. Buyurtma mijozning aybi bilan bekor qilingan hollarda (7-bo'limda ko'rsatilgan javob bermaslik holati) haq qaytarilmaydi.

To'lanmagan onlayn buyurtma 15 daqiqadan so'ng o'zi bekor qilinadi. Bunda summa yechilmagani uchun qaytarish talab etilmaydi.

9. Sifat bo'yicha da'volar

Mahsulot buzuq, muddati o'tgan, buyurtmadan farq qiladigan yoki to'liq bo'lmagan holda yetkazilsa, yetkazib berilgan paytdan boshlab 24 soat ichida ilovadagi yordam chati yoki +998945665588 raqami orqali murojaat qiling.

Murojaatga mahsulotning suratini ilova qilish talab etiladi.

Da'vo asosli deb topilsa: mahsulot qiymati qaytariladi, mahsulot almashtiriladi yoki uzr promokodi beriladi. Qaror sotuvchi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Oziq-ovqat mahsulotining xususiyatidan kelib chiqib, 24 soatdan keyin kelgan da'volar ko'rib chiqilmaydi.

10. Promokodlar va aksiyalar

Har bir promokod va aksiyaning shartlari hamda amal qilish muddati alohida belgilanadi va e'lon qilinadi.

Promokod pulga almashtirilmaydi va boshqa shaxsga o'tkazilmaydi.

Suiiste'mol holatlari (soxta hisoblar, avtomatlashtirilgan buyurtmalar, buyurtmani qayta-qayta bekor qilish) aniqlansa, promokod bekor qilinadi va hisob bloklanadi.

11. Mijozning majburiyatlari

To'g'ri ism, telefon raqami va yetkazish manzilini ko'rsatish.

Soxta buyurtma bermaslik.

Platforma ishiga xalaqit bermaslik: avtomatlashtirilgan so'rovlar yuborish, zaifliklarni qidirish, boshqa foydalanuvchi hisobiga kirishga urinish taqiqlanadi.

Kuryer va sotuvchi xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish.

12. Buyurtma cheklovlari va suiiste'molning oldini olish

Soxta va suiiste'molli buyurtmalarning oldini olish uchun platforma avtomatik cheklovlarni qo'llaydi. Oddiy foydalanishda bu cheklovlar sezilmaydi. Cheklanadigan ko'rsatkichlar:

bir vaqtning o'zida yakunlanmagan buyurtmalar soni;

bir soat va bir kun ichida berilgan buyurtmalar soni;

bitta qurilmadan bir kunda berilgan buyurtmalar soni.

Chegara oshib ketsa, buyurtma butunlay to'sib qo'yilmaydi β€” naqd to'lov o'chadi va buyurtmani oldindan to'lash bilan berishingiz mumkin.

Onlayn to'lov o'chirilgan bo'lsa buyurtma baribir qabul qilinadi, lekin sotuvchi tayyorlashni boshlashdan oldin tasdiqlash uchun sizga qo'ng'iroq qiladi.

Kuryer manzilga yetib borgan, biroq mijoz javob bermagan yoki mahsulotni olishdan bosh tortgan holatlar qayd etiladi. So'nggi 90 kun ichida bunday holat takrorlansa, keyingi buyurtmalar faqat oldindan to'lov bilan qabul qilinadi.

Buyurtma shubhali deb belgilanishi mumkin β€” bunda sotuvchi tayyorlashni boshlashdan oldin tasdiqlash uchun sizga qo'ng'iroq qiladi.

Ushbu cheklovlar avtomatik tarzda qo'llanadi. Qarorni noto'g'ri deb hisoblasangiz, yordam chati yoki +998945665588 raqami orqali murojaat qiling β€” murojaatingizni Operator xodimi ko'rib chiqadi.

13. Operator javobgar bo'lmaydigan holatlar

Fors-major holatlari: tabiiy ofat, elektr yoki internet uzilishi, davlat organlarining qarorlari, ommaviy tartibsizliklar.

Sotuvchi tayyorlagan mahsulotning sifati va tarkibi.

Mijoz noto'g'ri ko'rsatgan manzil yoki telefon raqami tufayli yuzaga kelgan oqibatlar.

Uchinchi tomon xizmatlarining (to'lov tizimi, SMS provayder, xarita xizmati) vaqtincha ishlamasligi.

Bilvosita zarar va boy berilgan foyda. Operatorning javobgarligi har qanday holatda tegishli buyurtma summasidan oshmaydi.

14. Hisobni bloklash

Ushbu shartnoma buzilgan taqdirda Operator hisobni oldindan ogohlantirmasdan vaqtincha yoki butunlay bloklashga haqli.

Blok sababi mijozning yozma so'rovi bo'yicha ma'lum qilinadi.

Blok qilingan hisobdagi to'lanmagan majburiyatlar bekor bo'lmaydi.

15. Shartnomani o'zgartirish

Operator ushbu shartnomaga bir tomonlama o'zgartirish kiritishga haqli. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi.

O'zgartirishdan keyin platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilik deb hisoblanadi.

Hujjatning oxirgi yangilangan sanasi sahifa tepasida ko'rsatiladi.

16. Nizolarni hal qilish

Nizolar dastlab muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Da'vo yozma shaklda β€” yordam chati yoki +998945665588 raqami orqali yuboriladi; ko'rib chiqish muddati 30 kun.

Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.

17. Rekvizitlar

Tashkilot: YATT YUSUPOVA XONZODAXON RASULJON QIZI

Rahbar: Yusupova Xonzodaxon Rasuljon qizi

Manzil: Andijon viloyati Jalaquduq tumani

Telefon: +998945665588

Sayt: onlayn.uz