Закладки Oshiqlarning qismati hijronmi?..

Название:
Oshiqlarning qismati hijronmi?..
Дата:
31-05-2015, 19:28
Автор:
Просмотры:
7023
 
 
 
Oshiqlarning qismati hijronmi?..

"Yoshlar” telekanali orqali taqdim etilayotgan "Senga oshiqman”  nomli hind seriali ko’plab tomoshabinlar muhokamasiga sabab bo’lmoqda. Serialni qiziqish bilan tomosha qilayotgan gazetamiz muxlislari ham tahririyatimizga bir necha bor qo’ng’iroq qilib serial va uning bosh qahramonlari haqida qisqacha ma’lumot berishimizni iltimos qilishdi.


Film nomi:  "Senga oshiqman”  (Meri Aashiqui Tum Se Hi)


Janr: Drama, melodrama

Rejissyor: Sunali Jafar

Rollarda: Shakti Arora, Shaqob Xon, Utkarsha Nayk, Radxika Madan, Sarita Joshi, Pritvi Sanxala:


Serial haqida qisqacha: Mazkur serial 2014 yilda Hindiston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. Serialda bosh qahramonlar Ishan va Ranvir bolalikda do’st bo’lib, birga ulg’ayishadi. Ranvir va Ishanning oilasi mutlaqo boshqa-boshqa tabaqa vakillari ekanligi ikki yoshning kelajakdagi taqdiriga to’sqinlik qiladi. Chunki Ishanning oilasi juda badavlat va obro’li xonadon bo’lib, Ranvirning oilasi esa bu xonadonda ancha yillardan beri xizmatkorlik qilib keladi. Avvaliga Ishan Ranvirning unda ko’ngli borligini sezmaydi. Ammo keyinchalik, Ranvir va Ishan voyaga etib,  ular orasidagi do’stlik rishtalari mustahkamlanibgina qolmay, bundanda yuksakroq tuyg’ularga aylanadi. Yoshlar muhabbati yo’lida qancha to’siqlar borligini bilishardi. Ammo yurakka buyruq berib bo’larmidi?..


 Ranvir va Ishan  muhabbatlari yo’lida turli to’siq va qiyinchiliklarga duch kelib, iztirob chekadilar. Lekin serial yaxshilik bilan yakun topadi...


Serial qahramonlari bilan tanishamiz


ShAKTI ARORA — Ranvir


Tug’ilgan yili: 16 may, 1986 yil


Millati: hind


Kasbi: Akter


Yashash joyi: Mumbay, Hindiston


Bobosi: hind kinoaktyori Chondroshekxor


Shakti Arora hind televizion teatri aktyori hisoblanadi. Shakti bir qancha mashhur film va teleshoular orqali ko’pchilik hind kinoxlosmandlariga yaxshi tanish.  Shakti Arora partnyori Nexa Saksena bilan birgalikda Hindistonning "Star Plus” nomli telekanali orqali namoyish etib kelinayotgan "Nach Baliye” nomli raqs shousidagi ishtiroki bilan ham ko’pchilik hind kinoixlosmandlariga yaxshi tanish. Shaktining mazkur "Senga oshiqman” serialidagi bosh roli ko’plab tomoshabinlar diqqatini tortdi.


RADXIKA MADAN — Ishan


Tug’ilgan yili : 1 may, 1995 yil

Tug’ilgan joyi: Dehli


Kasbi: raqqosa, aktrisa


Xobbisi : raqs va kino


Kino olamida namoyon bo’lgan yangi chehra —  Radxika Madan Hindistonning Dehli shahrida raqs san’atidan saboq beradi.  "Senga oshiqman” serialidagi roli  Radxikaning ijodiy muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo’shdi. Radxika kelajakda raqqosa bo’lishni bolaligidanoq orzu qilardi.  Ayni damda esa uning orzulari ushalib, Dehlidagi raqs akademiyasida faoliyat yuritib kelmoqda.  


SARITA JOShI — buvi


Tug’ilgan yili: 17 oktyabr, 1941 yil


Tug’ilgan joyi: Maxarashtra


Kasbi: aktrisa


Oilasi: turmush o’rtog’i — Previn Joshi, farzandlari — Ketki Deyv, Purbi Joshi


Sarita Joshi  nafaqat kino aktrisasi, balki u Gujarot teatrlarining birida faoliyat yuritadi. Sarita Joshi 1988 yilda Hindiston Milliy musiqa, raqs va drama akademiyasi tomonidan Gujarot harakati uchun Sanget Natak akademiyasi mukofotiga sazovor bo’lgan. Sarita teatr rejissyori va dramaturgi Previn Joshining turmush o’rtog’i bo’lib, aktrisaning Ketki Devi va Purbi Joshi ismli farzandlari bor. Sarita Joshi ilk marotaba 16 yoshida Hindiston Milliy teatrida o’z faoliyatini boshlaydi. Ayna shu erda o’z taqdiri, turmush o’rtog’i Previn Joshi bilan tanishdi. 1980 yilda ekran orqali namoyish etilgan "Titliyan” ("Kapalaklar&rdquo  teleserialidagi ijrosi  uning debyut roli hisoblanadi.


Mohichehra EShMIRZAEVA tayyorladi, "Darakchi"


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz