Закладки Nigoraning tarjimai holi

Название:
Nigoraning tarjimai holi
Дата:
24-07-2012, 13:41
Автор:
Просмотры:
8702
Nigoraning tarjimai holi

Men Ismoilova Nigora Abduvahobovna 1988 - yil 12 sentabr kuni Toshkent shahrida ishchilar oilasida dunyoga keldim. Oilada 7 kishimiz: ota - onam, 3 opam, men va ukam.

Otam - Ismoilov Abduvahob To'htasinovich (1958 yil, Toshkent shahri) avtobus haydovchisi.

Onam - Rahimova Adashxon Abdurahimovna (1958 yil, Andijon shahri) bolalar shifokori.

Opam - Ismoilova Munira Abduvahobovna (1980 yil, Toshkent shahri).

Opam - Ismoilova Zamira Abduvahobovna (1982 yil, Toshkent shahri).

Opam - Ismoilova Nargiza Abduvahobovna (1984 yil, Toshkent shahri).

Ukam - Ismoilov Zohid Abduvahobovich (1990 yil, Toshkent shahri).

3 yoshga qadam qo'yar qo'ymasimdan bolalar bog'chasiga, keyin 1995 - yil 179 - o'rta maktabning 1 - a sinfiga borganman. Maktabda juda a'lochi bo'lmasamda, bayram tadbirlarida qatnashishga juda qiziqar edim. O'sha kezlarda mahallamizda Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar boshchiligidagi noan'anaviy bolalar qo'shiqchilik tanlovi o'tkazildi. Tanlovning noan'anaviyligi shundaki, u yerda sog'lom bolalar bilan bir qatorda, ko'zi ojiz va nogiron bolalar ham o'zlarining iste'dodlarini sinab ko'rishlari mumkin edi. Tabiiyki, musiqaga qiziqishim kuchli bo'lganligi sababli tanlovda ishtirok etdim. Omadim kelibmi, tanlovda g'olib bo'ldim.

So'ngra tanlab olingan bolalar jamoasidan hor tashkil qilindi va "Uz bell" deb nom berildi. Hor jamoada biz qo'shiqchilik sirlarini o'rgandik. Bu yerda men juda ko'plab do'stlar orttirdim. Ziyoda bilan ham aynan shu yerda tanishganman. Ziyoda bo'sh vaqtlarida "Tantana" guruhi haqida menga faxrlanib gapirib berar edi. O'z-o'zidan menda shu guruhning a'zosi bo'lish istagi paydo bo'ldi. Bir kuni hor jamoamiz noma'lum sabablarga ko'ra yopildi. Juda hafa bo'ldim, lekin Fotima va Zuhra opalar meni "Tantana" guruhiga taklif qilishganida o'zimda yo'q hursand bo'lib ketdim. Musiqiy bilimlarni mukammallashtirishni "Tantana" guruhi bilan davom ettirdim. Biz guruh bilan juda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdik va Davlat konsert dasturlarida munosib ishtirok etardik. 2004 yilda maktabni tamomlab, Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Republika musiqa kollejiga imtihon asosida qabul qilindim. 2 - kursda tahs?l olayotganimizda Fotima opa menga "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani hamda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida aytib qoldilar. U yerda qatnashuvchilar orasida Oybek va Ziyoda ham bor edi. Yana bir bor omad kulib boqib men, Ziyoda va Oybek g'olib bo'ldik.

Ana shundan keyin "Akfa Media"da ijodimiz boshlandi. Menga bir qo'shiq yozildi, lekin qo'shiq duet shaklida ijro qilinishi kerak edi. Bu duetdosh Oybek bo'lib chiqdi. Ilk bora Oybek bilan kuylagan "Izlayman" duet qo'shig'i ko'pchilikka manzur bo'ldi. Shundan so'ng rahbariyatimiz yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirishdi va "Sen uchun" nomli qo'shiq dunyoga keldi. Unga ham o'z navbatida klip suratga olinib, xalqimizga taqdim qilindi. Qisqa vaqt ichida qo'shiq ommalashib, hit - paradlarning yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Shundan so'ng, men va Oybekni, Oybek va Nigora duet guruhi sifatida taniy boshlashdi. Intilishlarimiz va ijodimiz orqasidan ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldik. Shu bilan birga ko'plab mukofotlarga erishdik. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishimiz biz uchun kutilmagan holat edi. "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lganimizdan so'ng, Oybek va men musiqiy bilimlarimizni yanada mustahkamlash uchun 2009 yilda O'zbekiston Davlat San'at institutiga imtiyozli tarzda qabul qilindik. Hozirda ushbu institutning "Estrada aktyorligi" fakultetining 1 - bosqich talabasimiz. 2010 yilga kelib "Akfa Media" prodyusserlik markazi bilan tuzgan shartnoma muddati o'z nihoyasiga yetganligi sababli ijodimizni mustaqil davom ettirishga qaror qildik. Muxlislarimiz bundan hech ham hafa bo'lishmadi. O'ylaymizki, kelajakda o'zimizning ijodimiz bilan dunyo miqiyosiga ko'tarilib, bundanda katta yutuqlarga erishamiz...


BLITS - SAVOLLAR
1. To'liq ism-sharifi: Ismailova Nigora Abduvahobovna.
2. Laqabi yoki tahallusi: Maktabda "Knopka".
3. Tug'ilgan joyi va vaqti: Toshkent shahri, 12 sentyabr 1988 yil soat 23:45 da.
4. Vazni: 47 kg.
5. Bo'yi: 155 sm.
6. Millati: O'zbek.
7. Harakteri: Injiq, qaysar, hushchaqchaq.
8. Oilaviy sharoiti: Turmushga chiqmagan.
9. Yoshlikdagi hato uchun eng og'ir jazo: Burchakka turg'azishgan yoki uxlatib qo'yishgan.
10. Birinchi bo'sa: Aytishicha, qiz bolaga to'g'ri kelmaydi.
11. Birinchi bor gaz pechi oldida: 7 yoshida ukasi bilan birga kartoshka qovurgan.
12. Sevimli aktyor va aktrisasi: Murod Rajabov, Rano Yarasheva , Silvestor Stalone, Anjelina Joli.
13. Sevimli xonandasi: Ajratmaydi.
14. Sevimli filmi: qolaversa ujastik janridagi filmlarni sevib tomosha qiladi.
15. Sevimli qo'shig'i: Tanlamaydi
16. Sevimli taomi: Norin. Yoz kunida esa "Okoroshka".
17. Sevimli ichimligi: Ananasli sharbat.
18. Sevimli sport turi: Futbol va suzish.
19. Sevimli mashg'uloti: Onasi bilan suhbatlashish va sokin joyda aylanish.
20. Sevgan insoni: (O'ylanib).
21. Qo'llanadigan atiri: Eclat
22. Shiori: Faqat oldinga (Muxlislar hursandchiligi bizning eng katta mukofotimiz).
23. Mukofotlari: 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va 2008 - yil "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan.
24. Ko'p ishlatadigan so'zi: Yo'q.
25. Shaxsiy avtomobil markasi: Yo'q.
26. Agarda xonanda bo'lmaganida: "Logoped" bo'lardi (shu o'rinda yosh bola sifatida bir oz gapirib o'tdi).
27. Orzusi: Orzulari serob.
28. Armoni: Yo'q.
29. Shaxsiy e-mail manzili: nigora@oybeknigora.uz
30. Shaxsiy sayti: www.oybeknigora.uz
31. Sevimli rangi: Sariq.
32. Sevimli guli: Atirgul.
33. Sevimli fasli: kuzning ohirgi oylari.

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz