Закладки Rayhonning tarjimai holi

Название:
Rayhonning tarjimai holi
Дата:
18-06-2015, 03:36
Автор:
Просмотры:
16133
 
 
 
     Rayhon Ganiyeva — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Mashhur aktyor Otabek Gaʼniyev oilasida dunyoga kelgan, oʻzbek kino asoschilaridan biri Nabi Gʻaniyevning nevarasi. Rayhonning qoʻshiqchilikka boʻlgan qiziqishi 5 yoshligida onasi unga pianino sovgʻa qilgan damlardan boshlanadi. Keyinchalik u Respublika Musiqa va Rassomchilik maktabini yakunlaydi va boshqa yoʻnalish boʻyicha Jahon Tillari Universitetiga oʻqishga kiradi. 1999-yilda Rayhon «Hayol» guruhida oʻz faoliyatini boshlaydi. Ular ijrosidagi ingliz va oʻzbek tillarida yozilgan «Eslama» nomli qo'shiq hitga aylanadi. 2000-yilda guruh tarqalib ketadi va Rayhon oʻz karyerasini yakkahon tarzda davom ettiradi. 

  •  Ismi-sharifi: Rayhon G`aniyeva;
  •  Tug`ilgan yili: 16.09.1978 yil;
  •  Oilasi: Singlisi va ikki nafar shirin farzandi;
  •  Onasi: (marhuma aktrisa) Tamara Shokirova;
  •  Otasi: Otabek G`aniyev (aktyor bo`lgan);
  •  Singlisi: Nasiba, dizayner;
  •  Mutaxassisligi: psixolog;
  • Dugonasi: Eng yaqin dugonasi Shirin G`ofurova. "Vodiy sadosi” radiosi boshlovchisi;
  • Yoqtirgan taomi: o`zbek va xitoy taomlari. Shirin sous jon-u dili.
  • Eng xipchabel sohibasi: beli 55 sm.
  • Jalb etadigan tomonlari: Shahlo ko`zlari, qo'ng'iroq sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi odmi, yangilikka o`ch.
  • Fe`l-atvori: o`zgaruvchan, muomalaga kirishuvchan, quvnoq, hazilkash.
  • Yoqtirgan qo`shiqchilari: Beyons Noulz, Jennefer Lopez, Maykl Jekson.
  • Albomlari: "Sensiz”, "Baxtli bo`laman”, "Faqat muhabbat”, "Yodingdami”, "Sog`indim”;
  • Yoqtirgan qo`shig`i: o`zining "Sen ketding”. Ruhiyatiga yaqin qo`shiq va saundtrek;
  • Mashhur qo`shiqlari: "Sevgilim”, "Yodingdami”, "Asirimsan”, "Senga emas”, "Ber panoh”, "Hech ayrilma”, "Seni deb”, "Ketaman”, "Yolg`izim”, "Sen bo`lmasang”, "Yolvorma”;
  • Daromad manbai: To`ylar va konsertlar;
  • Kosmetik vositalari: "Cristian Dior”, "Loreal”, "Chanel” mahsulotlari;
  • Ertalab: Rayhon ko`p ovqat yemaydi.
  • Yoqtiradi: "Patrik`s” restoranida ovqatlanishni. Chunki u yerning sokin va tinch bo`lgani yoqadi. 
  • Milliy san`atkorlardan tinglaydi: Munojot Yo`lchiyeva, Sherali Jo`rayev;
  • Yoqtirgan fasli: qish, bahor, yoz;
  • Sochlari: tabiiy jingalak bo`lganligi uchun silliqlatish maqsadida go`zallik saloniga boradi. Sochlarining uzun va chiroyli ko`rinishga ega bo`lishi uchun muntazam vitaminlar ichadi.
  • Sevadi: Ollohni, haqiqatni, yaxshilikni, go`zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi qo`shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa, basseynda cho`milishni, quyoshni, dengiz sohilida o`tirishni, oilasini, do`stlarini, bezakli taqinchoqlarni;
  • Rayhon yomon ko`radi: barcha hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari sarobga aylanishini, qo`pollikni, yolg`onni, xiyonatni;
  • Uyquga kech yotadi:
  • Maʼlumoti: Jahon Tillari Universitetining ingliz tili filologiyasi; 
  • Ish joyi: Oʻzbeknavo gastrol-konsert birlashmasi;
  • Muxlislariga uch tilak: baxt, sevgi va sog`lik yor bo`lsin!
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Wox009
ajoyib
  • 4 февраля 2016 20:27
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz