Закладки Zarina Nizomiddinova Biografiyasi

Название:
Zarina Nizomiddinova Biografiyasi
Дата:
15-02-2015, 03:41
Автор:
Просмотры:
6881
 
Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" , Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang", Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim, sevaman", Javlon Shodmonovning "Aldangan ko'ngil", Bahrom Yoqubovning "Men yulduzman" va "O Maryam, Maryam" hamda rejissyor Sherali Isanovning "Aql va yurak" filmlarida bosh rollarni ijro etdi.
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz