Закладки TAS-IX nimani anglatadi??

Название:
TAS-IX nimani anglatadi??
Жанр:
Дата:
13-08-2014, 09:21
Автор:
Просмотры:
3386
TAS-IX nimani anglatadi??
 
Ko`pchligimiz Tas-IX tarmog’i haqida eshitganmiz. Uning ichida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo Tas-IX o`zi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi.Mana shu savolga ZiyoNET tarmogi resurs markazi xodimi Yevgeniy Semyonovich javob beradi:
Yevgeniy Semyonovich, Internet olamida «sirli» atamalar ko’p uchraydi. Shulardan biri Tas-IX. Shu sababli, suhbatimizni Tas-IX atamasining ma’nosidan boshlasak.
— Albatta, texnik va ilmiy atamalar odamda dastlab ozgina chochish va mavhumlik hissini uygotadi. Lekin. Ma’nosini tushunib olganingizdan keyin «o’zingizniki» bolib ketadi. Tas-IX ham shunday. «Tas-IX» atamasidagi «Tas» qisqartmasi «Toshkent» ni anglatadi. Yani Internet trafigi almashinuv nuqtasi yaratilishi haqida kelishuv qabul qilingan joy Toshkent shahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» «Internet almashinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toshkentdagi Internet orqali malumotlar almashinuv nuqtasi deb tariflasak boladi.
— Bunday nuqtani yaratish goyasi qachon tug’ildi? Unga nima turtki bo’lgan?
— Bilasiz, dastlab Internetga ulanish Dial-up modemlar orqali amalga oshirilar edi. Bunda uzogi bilan 56 Kb/s tezlikni taminlash mumkin bolardi. Keyinchalik, Internet texnologiyalari taraqqiy eta borgach, provayderlar ommaviy ravishda Internetga kengpolosali ulanishni taqdim eta boshladilar. Jumladan, 2004 yildan ADSL texnologiyasi keng kolamda qollanila boshladi. Ushbu texnologiya ham telefon simi orqali aloqaga asoslangan, lekin ADSL-modem ishlatilganda, malumotlarni uzatish telefon signali «ustidan» otadi, shu bois bir vaqtning ozida telefonda suhbatlashish ham, Internetdan foydalanish ham mumkin.
Shu tufayli foydalanuvchilar ishlatadigan trafik hajmi keskin kengaydi. Uning osishi Uznetni dunyo bilan boglab turuvchi tashqi kanalning cheklanganligiga borib taqaldi. Gap shundaki, Uznet ichidagi saytlarga ulanish ham tashqi kanal orqali amalga oshirilardi. Ustiga ustak, kanalni ikki barobar kop ham kirish, ham chiqishda band qilardi. Misol tariqasida aytsak, siz biror saytga murojaat yuborsangiz (kirmoqchi bolsangiz), u sayt yurtimizdagi serverlarda joylashgan bolsa ham, baribir tashqi xalqaro tarmoqqa chiqib, song yana ortga qaytib, kerakli saytga yetib borardi. Tashqi Internetga chiqish kanali hajmi esa, cheklangan. Shu tufayli, ozimizdagi saytlarga kirish ham sekin kechadigan bolib qolgandi.
Mana shu vaziyat Ozbekiston provayderlarining Uznet ichida trafik almashish nuqtasini yaratish uchun oz kuchlarini birlashtirishlariga sabab boldi. Maqsad yurtimizdagi bir provayder (masalan, Sarkor) mijozlari boshqa mahalliy provayder (masalan, TPS) da xostingda turgan saytga tashqi kanal orqali emas, balki ozimizning trafik almashish nuqtamiz orqali kirishlarini taminlash edi. Birgalikdagi say-harakatlar natijasida, 2004 yil 24 oktyabrda Tas-IX tashkil topdi.
— Tas-IX ning bugungi kundagi holati qanday? U foydalanuvchi talabiga qanchalik javob beradi?
— Tas-IX ning dastlabki ishtirokchilari mamlakatimizdagi beshta provayder bolgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlashib qoldi. Shuni ham aytish kerakki, o’tgan sakkiz yil ichida Uznet ma’lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqish, har qanday maqsadlardagi foydalanuvchi uchun manfaaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida tashqi trafik 95 foizni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda kopgina foydalanuvchilar haftalab ozimizning saytlar boylab «sayohat» qiladilar, tashqi Internetga chiqmaydilar. Chunki o’zimizda ham ko’plab yangi resurslar, ayniqsa yoshlar uchun kongilochar saytlar paydo boldi. «Og’ir» kontentlar filmlar, musiqa kopaydi, ularni katta tezlikda yuklab olish mumkin boldi. Koplab qiziqarli tematik, shaxsiy, koporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi.
Deyarli barcha provayderlar Tas-IX dagi saytlarga kirishni tarifga qoshmaydilar, bu xizmatni bepul taqdim etadilar. Uznetdan tashqariga chiqilmasa, malumotlardan bepul va uzoq foydalanish mumkin.
 
Manba: Megabayt jurnali
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Ahror_5036
Katta raxmat malumot uchun
  • 13 августа 2014 10:00
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?