» » Farg‘onada 272 ming yigit-qiz sport bilan shug‘ullanmoqda

Закладки Farg‘onada 272 ming yigit-qiz sport bilan shug‘ullanmoqda

Название:
Farg‘onada 272 ming yigit-qiz sport bilan shug‘ullanmoqda
Жанр:
Дата:
20-02-2014, 13:30
Автор:
Просмотры:
1422
 
 
     10 yil davomida yangi qurilgan sport inshootlari va 413 ta umumta’lim maktabining sport zallariga 68 turdagi sport jihozlari yetkazib berildi. Natijada Farg‘ona viloyatida ham mamlakat va xalqaro miqyosdagi turli nufuzli musobaqalar, jumladan, tennis bo‘yicha an’anaviy "Chellenjer” xalqaro turniri, kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazila boshlandi. Bu haqda O‘zA  Xabar berdi

— O‘tgan yillar davomida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 129 sport inshooti, 21 bolalar musiqa va san’at maktabi qurildi va qayta ta’mirlandi, —  deydi jamg‘armaning Farg‘ona viloyati filiali direktori Ma’rufjon Turdimatov. — Ayni paytda viloyatda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 271 826 nafari sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Boshqacha aytganda, 2013-yilda o‘quvchilar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 2003-yilga nisbatan 14,1 foizga ortdi. 

Viloyatning Dang‘ara tumanida 2003—2013-yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘rtta sport obyekti barpo etildi. Qishloq va mahallalarda zamonaviy stadionlar, bolalar sport maydonchalari, ta’lim muassasalarida barcha qulayliklarga ega sport zallari qurilib, foydalanishga topshirilayotgani sportning yanada ommalashuviga xizmat qilmoqda.

Tumandagi bitta markaziy stadion, 43 sport zali va 180 dan ziyod sport maydonchalarida 12 mingga yaqin o‘quvchi-yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Keyingi yillarda tumanda yengil atletika, boks, futbol, kurash, karate kabi sport turlari ommalashib, dang‘aralik yoshlar xalqaro musobaqalarda ham yuksak natijalarga erishmoqda. Masalan, 9-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Muhammadjon Toshpo‘latov 2013-yili karate bo‘yicha Turkiyada bo‘lib o‘tgan dunyo birinchiligida o‘z vazn toifasida jahon chempioni bo‘ldi.

Tumanda qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli bugungi kunda 4 000 dan ortiq qizlar sportning u yoki bu turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Bu yaqin yillarda dang‘aralik qizlar ham Osiyo va jahon chempionatlarida O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilishiga ishonchimizni oshiradi.

Manba: Daryo

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz