» » Bekxemning faoliyatini yakunlashiga kim majbur qildi?

Закладки Bekxemning faoliyatini yakunlashiga kim majbur qildi?

Название:
Bekxemning faoliyatini yakunlashiga kim majbur qildi?
Жанр:
Дата:
19-05-2013, 18:00
Автор:
Просмотры:
2732

 

 

Xabaringiz bor, angliyalik futbol yulduzi, "PSJ” klubi a’zosi Devid Bekxem mavsum yakuniga yetgach futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida rasman e’lon qildi. Ushbu voqeadan so‘ng, bir paytlari Bekxem bilan to‘p surgan va bugungi kunda SkySports telekanalida sharhlovchilik qilayotgan Gari Nevvil suhbat olib bordi. Ushbu intervyuni sizning e’tiboringizga havola etamiz. 
– Siz faoliyatingizni yakunlashingizni e’lon qildingiz, nimaga aynan hozir?

– Bilasizmi, qachonki o‘zingizni tayyor deb o‘ylasangiz, shunda aytishingiz mumkin. Menimcha men hozir shunday deyishga tayyorman. Ushbu qarorni qabul qilish oson emas, chunki men hali yana yuqori saviyada o‘ynay olishimni va oxirgi olti oyda qilgan ishlarimni takrorlashim mumkinligini his qilib turibman. Biroq, men har doim o‘zimga yuqori saviyada o‘ynab turganimda ketishim kerakligi haqida aytib kelganman. Agar siz mendan sakkiz oy avval Fransiya Ligasida o‘ynab, Fransiya chempionligini qo‘lga kiritib mavsumni bugungiday yakunlashim ehtimoli haqida so‘raganingizda, men "bunday imkoniyat bo‘lishi mumkin emas” deb javob bergan bo‘lardim. Biroq, menga "PSJ” shunday imkoniyatni berdi va o‘ylashimcha, hozir faoliyatni yakunlashning ayni vaqti.

– Qachon shunday qarorga keldingiz? Qachondan bunday fikr sizni bezovta qila boshladi?

– Anig‘ini bilmayman, lekin taxminan, qachonki Messi mendan yugurib o‘tib ketayotganida shunday qarorga keldim. Faoliyatim davomida omadga erishganimni his qildim. Qaysiki klubda qanday futbolchilar bilan o‘ynagan bo‘lsam, barchasida sovrinlar yutdim. O‘tgan yili MLSda o‘ynab chempion bo‘lgach va "PSJ” tarkibida Fransiya chempionligi qo‘lga kiritgach, tushunib yetdimki, hozir qaror qabulqilish uchun qulay vaqt.

– Siz har doim qaysi klubdan ketgan bo‘lsangiz chempion sifatida ketgansiz – "Manchester Yunayted”, "Real”, "Galeksi”… Endi "PSJ” bilan chempion sifatida ketayotganingiz siz uchun muhimmi?

– Menimcha bu har qanday sportchining orzusi. Har bir futbolchi yuqori o‘rinda bo‘lishni yoki biror sovrinni yutishni istaydi. Bu tez-tez sodir bo‘lmaydi, lekin men ancha omadliman. "Yunayted”ni tark etganimda biz chempion bo‘ldik. Madridni chempion sifatida tark etdim. "Galeksi”da ketma-ket ikki yil chempion bo‘ldim va "PSJ”ga kelishim bilan yan chempionman. Bunday holda ketish yoqimli. Odamlar ortga nazar tashlashsa hammasi oddiy qilib yozib qo’yilgan: siz chempion sifatida ketyapsiz. Shuning uchun ham men ayni vaqti deb o‘ylayapman.

– O‘tgan 22 yillik faoliyat va erishilgan muvaffaqiyatlardan kelib chiqib, odamlar sizni qanday futbolchi va inson sifatida eslashlarini xohlaysiz?

– O‘ylashimcha, yillar ortida mening hayotim va faoliyatim yotibdi. Odamlar meni mehnatkash futbolchi sifatida eslashlarini hohlardim. Men faoliyatimda dunyoning kuchli klublarida kuchli futbolchilar bilan birga buyuk murabbiylar qo‘l ostida futbol o‘ynadim va nimagaki erishgan bo‘lsam hammasi futbol sababli. Agar odamlar shular haqida emas, men haqimdagi boshqa narsalar haqida o‘ylashsa ko‘nglimga ozor yetishi turgan gap. Faoliyatim davomida ortga nazar tashlab aytishim mukinki, men qaysi klubda o‘ynagan bo‘lsam, barchasida muvaffaqiyat qozondim. Terma jamoam safida 115 marta maydonga chiqdim. Ikki marta "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi” sovrinida eng kuchli futbolchilardan keyin ikkinchi bo‘ldim – bularning barchasi bilan faxrlanaman.

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Ayubkhon
Beckham !!!! molodec !!!  10   10   10   10   10   10   10   10    10   10   10   10   10   10   10   10    10   10
  • 20 мая 2013 14:18
Ahror_5036
daryo.uzdan oldiyizmi? yoki daryo.uz sayti sizdan oldimi?
  • 21 мая 2013 10:36
LION_KING
BECKHAM QIROL EDI 
  • 23 мая 2013 22:20
Temurbek2798
bechora yosh ketdi 16 16 16 16
  • 10 июня 2013 22:04
axmedboss
nohotki ketgan bo'lsa david BECKHAM U ZO'R O'YINCHI edi xechiqisi yo'q
  • 14 июля 2013 15:15
Expert
Beckham is the king of football
  • 9 августа 2013 17:29
Jakkey DJ
bekham zor menda uni barcha rasmlari iwqilib xayoti ijodi borde ok <<klass>> 28 28 28 28 28 8 8 8
  • 10 августа 2013 15:41
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz