» » O‘zbekistonlik sportchilar Incheondan jami 44 ta medal bilan qaytdi

Закладки O‘zbekistonlik sportchilar Incheondan jami 44 ta medal bilan qaytdi

Название:
O‘zbekistonlik sportchilar Incheondan jami 44 ta medal bilan qaytdi
Жанр:
Дата:
5-10-2014, 21:34
Автор:
Просмотры:
1289
 
Kecha Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 17-Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Qit’aning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasi uch hafta davomida sport ishqibozlarini o‘ziga maftun etib turibdi, deb xabar beradi "Olamsport”.
 
 
Bu galgi Osiyo o‘yinlarida 45 ta davlat sportchilari 36 ta sport turi bo‘yicha medallar uchun kurashdi. Shulardan 28 tasi olimpiya, sakkiztasi noolimpiya sport turlaridir. Tabiiyki, Osiyo olimpiadasida ko‘plab qit’a va jahon rekordlari ham qayd etildi.
 
 
Yakunda kutilganidek, Xitoy terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Norasmiy ro‘yxatda Chin yurti vakillari jami 342 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shulardan 151 tasi oltin medal ekanligi e’tiborga molik.
 
 
 Xitoydan keyingi o‘rinlarni egallagan Janubiy Koreya, Yaponiya va Qozog‘iston terma jamoasi qo‘lga kiritgan jami oltin medallar ham Xitoyning oltinlariga tenglasha olmadi. Shuningdek, xitoyliklar 108 ta kumush, 83 ta bronza medaliga ham egalik qildi.
 
 
Mezbonlar 79 ta oltin, 71 ta kumush, 84 ta bronza jami — 234 ta medal jamg‘ardi. Yaponiya terma jamoasi esa roppa-rosa 200 ta medal bilan uyga qaytdi. Shulardan 47 tasi oltin, 76 tasi kumush, 77 tasi bronza medalidir.

Qozog‘iston terma jamoasi 17-Osiyo o‘yinlarida o‘z rekordlarini yangiladi. Ular 28 ta oltin, 23 ta kumush, 33 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ularning umumiy medallari 84 ta bo‘ldi.
 
 
O‘zbekiston sportchilari esa o‘z imkoniyatlari darajasidan past natija qayd etdi. Boksdan oltin medal kutilgandi. Lekin ba’zi vaziyatda hakamlarning noxolis qarori, bundan tashqari, qit’ada boksning rivojlanib ketganligi tufayli oltin medal nasib qilmadi.
 
 
O‘zbekistonlik sportchilar Incheondan jami 44 ta medal bilan qaytdi. Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 10 nafarga ham yetmadi. O‘zbekiston to‘qqizta oltin, 14 ta kumush, 21 ta bronza medali jamg‘arib, umumjamoa hisobida 11-o‘rin bilan cheklandi.
28 ta davlat terma jamoalari uylariga Osiyo o‘yinlarining kamida bitta oltin medali bilan qaytdi. 37 ta davlat terma jamoalari esa hech bo‘lmaganda bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu bilan Incheon shahri mezbonlik qilgan 17-Osiyo o‘yinlari ham tarix sahifalaridan joy oldi.
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz