» » Onlayn brawser - Onlayn.uz uchun maxsus!!!

Закладки Onlayn brawser - Onlayn.uz uchun maxsus!!!

Название:
Onlayn brawser - Onlayn.uz uchun maxsus!!!
Жанр:
Дата:
30-07-2015, 08:24
Просмотры:
9931
Onlayn brawser - Onlayn.uz uchun maxsus!!!
 
Onlayn brawser - Onlayn.uz foydalanuvchilari uchun maxsus yaratildi!!!
 
Chiqarilgan yil - 2015
Dastur muallifi - Muzaffar Muhammadnazar
Mualliflik huquqi - muallifga va Onlayn.uz saytiga tegishli.
 
     Dastur haqida tavsif: O'zbek tilida UzWeb brawseri dasturlovchi - Tugalov Abdurahmon tomonidan ishlab chiqarilganda, kamina ham o'zimizga xos tez ishlaydigan brawser dasturi tuzishni ixtiyor etgan edim.
     Mazkur Onlayn brawseri o'zining tezkorligi, barcha zaruriy narsalar - flash pleer, media pleer, java script va hokazolar dasturga biriktirilgan holda, foydalanuvchilardan yangilash va sozlovlar talab qilmaydigan holatga shay qilib tuzilganligi bilan boshqa brawserlardan farqli ravishda ajralib turadi. Odatda brawserlardagi bir talay sozlovlar va so'roqsiz yangilanishlar gohida odamni toliqtiradi, qolaversa ayrim foydalanuvchilar sozlovlarni sozlashni bilmaganda, birmuncha qiynaladi, ustiga ustak, trafiki ham ketib qoladi.
     Yana bir afzal jihati - brawser portativ tarzda ham ishlayveradi, ya'ni windowsingizni yangilaydigan bo'lsangiz, barcha sozlovlaringiz saqlanib qolgan bo'ladi, qolaversa, fleshkada olib yurish va fleshkadan ishlatish imkoni ham bor. Siz qaysi saytlarga kirgan yoki parollar tergan bo'lsangiz, siz tomosha qilgan saytlar va kiritgan parollaringiz Windowsning kesh xotirasiga tushmaydi. Barcha kesh xotira, sozlovlaringiz va kirgan saytlaringiz manzili dastur o'rnatilgan papka ichidagi "cache" va "Local Storage" papkalarining ichida tushadi. Mabodo, ko'rgan saytlaringiz yoki parollaringizni birov bilishini istamasangiz, mazkur papkalarni o'chirsangiz bas va yoki aksincha, sozlovlaringiz saqlanishini istasangiz kesh papkasini  biror joyga (masalan, fleshkangizga) saqlab qo'yasiz.
     Bu, ayniqsa, birovnikida kompyuter yo noutbukdan foydalanganingizda yoki uyingizga mehmonlar kelib, kompyuteringizni ishlatganda juda qo'l keladi. Buning ustiga, ba'zi brawserlardagidek manzil terganingizda bir necha oyna ochilmaydi, faqat bitta oynada kerakli manzillarga o'taverasiz. Bu esa videokartangizdagi tasviriy xotira va tezkor xotirangizning tejalishiga, natijada tezroq ishlashiga imkon beradi.
     Videolar va dasturlarni yuklab olish uchun Internet Download Manager dasturi sozlovidagi brawserlar ro'yxatiga Onlayn brawserni ham kiritsangiz, IDM bilan bemalol birgalikda ishlagan holda, yuklamoqchi bo'lgan fayllaringizni hech bir qiyinchiliksiz yuklab olaverasiz (faqat Onlayn brawserni o'chirib yoqishni unutmang).
     Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, sozlovlar talab qilmaydigan va avtomat tarzda yangilanmaydigan, murakkabliklardan xoli, sodda qilib tuzilgan brawserimiz Sizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz. 
 
Yuklab olish:
 
кино. клип, мр3 , софт
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz