» » Farxod va Shirin ochiqchasiga suhbat (shou-biznes)

Закладки Farxod va Shirin ochiqchasiga suhbat (shou-biznes)

Название:
Farxod va Shirin ochiqchasiga suhbat (shou-biznes)
Жанр:
Дата:
19-09-2013, 16:52
Автор:
Просмотры:
4863



Yosh iste`dodli guruh – Farhod va Shirin ilk yakkaxon konsertini Navoiy shahrida muhlislariga taqdim etdi. Bu konsert bilan Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy va uning qalamiga mansub "Farhod va Shirin" dostoniga hurmat bajo keltirgan bo`lsalar, ne ajab!? Fursatdan foydalanib o`zimiz uchun qiziq bo`lgan savollar bilan ularga murojaat qildik.

     1.    Shou-biznes olamida tez-tez yangi xonandalar paydo bo`lmoqda. Aksariyati bilan suhbat qilganimda, o’zi ham shoir, ham bastakor, ham qo`shiqchi ekanini aytishadi. Aslida asl qo`shiq qanday tug`iladi?

      

      Shirin: Shaxsan men buning hammasini ijod deb hisoblayman. "Chumchuq so`ysa ham qassob so`ysin” deydilar. Hammasini o`z ustasi qilgani yaxshi. Shoir she`rni yozadigan bo`lsa, qo`shiqni albatta bastakor yaratishi kerak. Undan so`ng xonanda ko`ylasa bo`ladi. Menimcha, shundagina asl qo`shiq yaraladi.

 2.     San`atkorda yaxshi qo`shiq aytishdan tashqari yana qanday fazilatlar bo`lishi kerak deb hisoblaysizlar?

 Farhod: Eng avvalo, odamiylik bo`lishi kerak. Samimiy inson bo`lishi kerak. Ko`ngilda g`ubor bo`lmasligi, hamma bilan chiqishib ketadigan xarakter sohibi bo`lishi kerak. Mana shu fazilatlari bor samimiy san`atkordan albatta, yaxshi qo`shiqlar, yaxshi kuy kutsa bo`ladi. 

 

      3.     Ko`pgina xonandalar boshqa tillarda ham kuylaydi. Sizda ham shunday niyat bo`lganmi?

Farhod: Ingliz, Fransuz tillarida qo`shiq kuylaganmiz. Ba`zi bir tadbirlarda, to`ylarda chet el san`atkorlarining qo`shiqlarini so`rashadi, qo`ldan kelgancha kuylab beramiz. Lekin bilasizmi, o`zimizning milliy qo`shiqlardan qo`ymasin.

4.   San`atkor she`rni tushunishi shart. Chunki, nima deyayotganini anglamayotgan qo`shiqchi alifni bilmay birovga aql o`rgatmoqchi bo`lgan chalamullaga o`xshaydi. "Shaq-shaqi dandoning o`zim, chaq-chaqi xandonim o`zing...”. Bu qanday she`r bo`ldi?

Shirin: O`zbek tilini, fors tilini bilgan odam bu she`rni qiyinchiliksiz tushunadi, adabiy so`zlardan iborat she`r. Bu she`r folklor yo`nalishida bo`lib, avvaldan kuylangan qo`shiq.

Farhod: "Shaq-shaqi dandon”  degani tishning shaqillashi, "chaq-chaqi xandon” degani seni xandon  kulishing chaq-chaqiman degani, "chaq-chaqiman” degani suhbat qurish. Tushungan insonga hech qanday qiyinchilik tug`dirmaydi.   

 

5.     Bugungi reytinglarizni qanday baholaysizlar, tezlik bilan yuqoriga      ko`tarilgan guruhlardan birisizlar.

 

Farhod: Biz o`zimizga - o`zimiz baho bermaymiz. Bahoni muxlislar beradi. Bizlar birovdan o`tish, reyting oshirish va hokazolarga qiziqmaymiz, bizni bilgan va tinglaydigan muhlislarimiz uchun ijod qilamiz.

     6.     Farhod va Shirin guruh sinishidan qo`rqmaydimi?

 

Shirin: Bu haqida umuman o`ylab ko`rmaganmiz. Kim qo`rqmaydi deysiz? Hamma qo`rqadi…Qanchadan-qancha mehnat yotibdi buning orqasida?! Harakat qilayapmiz! Sinish haqida ijod qilmayotganlar o`ylasin!

Farhod – Ertaga nima bo`lishi faqat Allohga ayon.

      7.     Usta ko‘rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar...

 

Shirin: Allohga shukur biz ustoz ko`rgan guruh hisoblanamiz. Ustozimiz shoir Bobur Bobomurod bo`lib, u kishi nafaqat san`at olamida balki hayotda ham mani ustozim hisoblanadilar.

Farhod: Mening ilk ustozim deb dadamni aytishim mumkin. Chunki u kishi ham san`atkor bo`lgan va 3 yoshimdan so`ng san`at maktabida o`qib, dars olganman. Mana hozirgi kunda qariyib 1,5 yildan ortiq vaqt bo`ldi Shirin bilan birlashganimizga va Bobur Bobomurod bizga ustozlik qilib kelayapti.

 

      8.     Mumtoz ashulalarni ham bilasizlarmi? To`yda "Qurbon o`lan” ni so`rashsa, kuylab bera olasizlarmi?

 

Farhod: Albatta bilamiz va agar bizdan kuylab berishimizni so`rashsa kuylab beramiz. Bunaqangi vaziyatlar bizga juda ko`p uchragan. "Qurbon o`lan”, "Jonon bo`laman” qo`shiqlarini so`rashgan va qo`limizdan kelgancha kuylab berganmiz.

 

      9.     Xorijiy musiqalardan foydalanish borasida eng oldi guruhlar qatoridasizlar. Bunga sabab?

      Farhod: Hozirgi kunda bitta bizlar emas, ko`plab san`atkorlar xorijiy musiqalardan foydalanishadi. O`zimizning ko`nglimizga o`tirgan yaxshi musiqalardan foydalanganmiz.  To`g`ri, buni tan olamiz.

      Shirin: Mana masalan "Kulib turib” deb nomlangan qo`shig`imizga hind musiqasidan foydalanganmiz. Bu taklifni men Farhodga aytganman chunki, o`sha qo`shiqni asl holicha tinglaganimda san`atkorning ovozini Farhodning ovoziga o`xshatganman va bu musiqaga she`r yozdirib kuylaganmiz.

       10.   She’rni kuyga moslab o`zgartirasizlarmi yoki tayyor kuyga she`r yozdirasizlarmi?

Farhod: Bizlar ko`pincha, she`rga qarab kuy yozdiramiz. Bunga misol qilib mana oxirgi kuylagan qo`shig`imiz "Ota uyning ostonasi”. Bu she`rni Shirin bilan ko`rib chiqganimizda, ikkovimizga ham juda yoqqan edi va she`rga qarab keyin bastakorga murojaat qildik. Fikrimizcha, muhlislarimizga ham manzur bo`ldi.

Manba: shov-shuv.uz

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz