» » Gollivudning eng boy aktyorlari kimlar?

Закладки Gollivudning eng boy aktyorlari kimlar?

Название:
Gollivudning eng boy aktyorlari kimlar?
Жанр:
Дата:
10-05-2013, 16:25
Автор:
Просмотры:
5836

Gollivud dunyosi aktyor va ijodkorlarning  yuksak iqtidori, mehnati va faolligini ochib beruvchi maydon sanaladi. Yulduzlar orasida yaxshi rollarni ijro etish uchun raqobat katta.  Ko‘pchilik aktyorlarning daromadi haqida bilishni istaydi. Hozir 2012-yilgi sarhisob bo‘yicha Gollivudning eng "qimmat” aktyorlari ro‘yxatini taqdim etamiz.

Tom Kruz

49569786_tom_kruz

50 yoshni qarshilagan amerikalik aktyor Tom Kruz  "Oltin Globus” (Golden Globe) mukofoti bilan taqdirlangan. Ayni damda u Gollivudning eng omadli yulduzlaridan hisoblanadi. 2012-yil yakuniga ko‘ra u 75 million AQSh dollari ishlab topgan. Rollari: "Yomg‘ir odam” (Rain man), "Vanilli osmon” (Vanilla Sky), Jek Richer (Jack Reacher), "So‘nggi samuray” (The last samurai) va h.k.

Leonardo Di Kaprio

Leonardo-DiCaprio-leonardo-dicaprio-16946706-1280-1024

Gollivudning eng mashhur aktyori 1974-yil 11-noyabrda tug‘ilgan.  U bir necha marotaba nufuzli mukofotlarning sohibidir. 2004-yilda "Aviator” filmidagi ijrosi uchun "Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha "Oltin Globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ayni damda u eng qimmat aktyorlar sirasiga kiradi. U 2012-yilda 37 million dollar gonorar olgan. Rollari: "Titanik”, "Temir niqobdagi odam” (The man in the Iron Mask), "Qonli olmos” (Blood Diamond), "La’natlangan orol” (Shutter island) va h.k.

Adam Sendler

sandler-adam-764858333

Aktyor, ssenariylar muallifi, musiqachi va prodyuser Adam Sendler 1966-yilda Nyu-Yorkda tavallud topgan. U asosan komik rollar ijro etadi. Ayni vaqtda Adam Sendler o‘tgan yili 37 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan.

Dueyn Jonson

dwayne-johnson-2a

Dueyn Jonson 2012-yil olgan 36 million AQSh dollarlik maoshi bilan Gollivudning eng yuqori daromad oluvchi aktyorlar qatoriga kiradi.  Rollari: "Janub ertagi” (Southland tale), "Chayonlar qiroli” (The Scorpion King), "Sirli orol” (The mysterious island) va h.k.

Ben Stiller

Ben-Stiller-D-ben-stiller-25499494-1280-1024

Ben Stiller aktyorlar oilasida dunyoga kelgan. Uning ijrosidagi komik rollar kinoixlosmandlar tomonidan sevib tomosha qilinadi. Shuningdek, Ben mashhur multfilm qahramonlariga ham ovoz beradi.  U 33 million AQSh dollari hajmida gonorar olgan. Rollari: "Muzeydagi kecha” (Night at the museum), "Dupleks”,  "Oq va qora” (Black and white), "Madagaskar” (Alex) va h.k.

Jonni Depp

johnny-depp-8a (1)

Jonni Depp (John Christopher Depp II) 49 yoshni qarshilashiga qaramay, Gollivud olamining eng zabardast va taniqli yulduzlaridan biri sanaladi. Aktyor bir qancha mukofotlar sovrindori. U 2012-yil taxminan 30 million AQSh dollar atrofida ishlab topgan.  Rollari: "Charli va shokolad fabrikasi” (Charlie and the Chocolate factory), "Karib dengizi qaroqchilari” (Pirates of The Carribean), "Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (Alice in Wonderland), "Qora soyalar” (Dark Shadows) va h.k.

Uill Smit

will-smith-2a

Uill Smit  o‘zining fantastik janrdagi rollari bilan Gollivudning eng taniqli aktyorlari qatoriga kiradi. Daromadi 30 million AQSh dollarini tashkil etadi. Rollari: "Xenkok” (Hancock), "Men — afsonaman” (I am legend), "Qora libosdagi odamlar” (Men in Black), "Hitch uslibi” va h.k.

Teylor Lotner

taylor-lautner13

Jeykob Blek roli bilan barchaga tanish bo‘lgan Teylor Lotner yosh yulduzlar ichida eng talabgirlardan sanaladi.  Bu kelishgan aktyorni hech kim 21 yosh deb o‘ylamaydi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Teylor 2012-yilda 26,5 million AQSh dollari mablag‘i bilan eng ko‘p daromad ko‘rgan  aktyorlar o‘ntaligiga kirdi. Shu kungacha u mahoratli rollari uchun 12 xil sovrinlarni sohibiga aylandi. Rollari:  "Zulmat ostidagi muhabbat” ("Twilight”), "Qotil soyasi” ("Shadow Fury”), "Sevishganlar kuni” ("Valentine’s day”), "Zulmat ostidagi muhabbat. Yangi oy” ("The Twilight. Saga: New moon”) va h.k.


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
_BarcaMedia_

XA TOM KRUZGA HAVAS QILSANG ARZIYDI LEKIN  8

  • 11 мая 2013 01:02
isohon

ular osmonda 12

  • 11 мая 2013 11:57
isohon

isohon

  • 11 мая 2013 11:58
joxa1707

2 va undan pasdaki xamma aktyorlarni tanimanu lekin 1 orinda turgan TOM KRUzni umuman kormagan ekanman ))))))

 

 

 

 

  • 11 мая 2013 20:04
miron98
Dueyn Jonson faqat kinoga emas [WWE] [RAW][SMAKDAWN] boyga qatnawadi 

 

  • 11 мая 2013 20:20
Jamshidbek

Alisher Uzoqov  yoqmi?   3 (XAZIL)

  • 11 мая 2013 23:02
planet18

Tom Kruzni  eng  zo'ri ekanligiga  ajablanmasa  ham bo'ladi

 

  • 12 мая 2013 11:25
creative
tom kruzni he4 qaysi kinoda kurmaganman
  • 12 мая 2013 14:08
kommon

ман хам кушиламан Tom Kruzni Ман хам хеч кайси кинода курмаганман)

  • 12 мая 2013 14:31
kudrat100

polat alemdarchi

 

  • 12 мая 2013 15:15
Funny
Polat alemdarga rejesiyor film tugagandan keyin xaqini olasan dgan shunga xozircha yo' buyerda 3 36
  • 27 мая 2013 02:12
MARTIN_77
1 yilda wuncha pul topiwibdimi ZO`rku

  • 23 июля 2013 13:46
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz