Закладки Alisher Uzoqov bilan suhbat

Название:
Alisher Uzoqov bilan suhbat
Жанр:
Дата:
28-07-2012, 14:34
Автор:
Просмотры:
8333

1. Maktabda sizni qanday atashardi? 
Alish. 
2. Tilingiz chiqib, aytgan ilk so'zingizni bilasizmi? 
Buviiii. 
3. Uyqudan uyg'onib, qiladigan birinchi ishingiz? 
Uyqusirayman. 
4. Tilla baliqchani tutib olsangiz, qanday uchta tilak aytardingiz? 
1. Tinchlik bo'lsin. Shunda hamma qilmoqchi bo'lgan ishlarini amalga oshira oladi. 2. Qolganini o'zim amalga oshira olaman deb aytardim. 3. Rahmat aytib, telefon raqamini so'rardim. Kerak bo'lsangiz, uchinchi tilagimni aytaman derdim. 
5. O'zingizni beradigan ta'rifingiz? 
O'zimga hech qachon ta'rif bermayman. 
6. Jozibangizni ta'minlaydigan uchta xususiyat? 
Men jozibali emasman. 
7. Tanangizdagi eng sevimli a'zo? 
Hammasini yaxshi ko’raman. Agarda birortasini aytadigan bo’lsam, qolganlari hafa bo’lib qolishi mumkin. 
8. Qachondir qilgan eng ahmoqona ishingiz? 
Ko'p ahmoqona ishlar qilganman. Ularni eslashni xohlamayman. 
9. Birinchi marta qachon sevib qolgansiz? 
Xech qachon. 
10. Romantikani qanday tasavvur qilasiz? 
Romantika yaxshi narsa bo'lsa kerak deb o'ylayman. 
11. O'zingiz haqingizdagi eng ajoyib mish-mish? 
Ajoyib emas-ku, lekin shov-shuvga aylangani shuki, meni uylantirib qo'yishgan. 
12. Yumor hissingizni 10 ballik shkalada qanday belgilaysiz? 
Xech qachon o'zimga o'zim baho berolmayman. 
13. Ideal yakshanba siz uchun? 
Mening hayotimda hafta kunlarining o'zi yo'q. Istalgan kun yakshanba yoki dushanba bo'lib qolishi mumkin. 
14. Ideal erkak (ayol)? 
Birinchi navbatda ozoda bo'lishi kerak. Ikkinchidan, kamgap. Keyin to'g'riso'z va albatta go'zal bo'lishi lozim. 
15. Yoningizda doim olib yuradigan buyumingiz? 
Sharf. 
16. Ushalmagan orzungiz? 
Orzularimni hali ushalmagan deb o'ylamayman. Xudo xohlasa, ushaladi. 
17. Kechirim so'rashga to'g'ri kelsa, kimdan uzr so'rardingiz? 
Kechirim so'rashim kerak bo'lgan odamdan so'rardim. 
18. Siz mohir yolg'onchimisiz? 
Qo'limdan keladi. Lekin har doim ham bu mahoratimni qo'llayvermayman. 
19. So'nggi marta qachon yig'ladingiz? 
"So'nggi lahza” filmida. 
20. Xatto baxtsiz paytingizda ham tabassum uyg'ota oladigan narsa? 
Kasbim. 
21. Sizga aytilgan eng yaxshi maqtov? 
Bilmadim. 
22. Xayotni qanday ranglarda tasavvur qilasiz? 
Xar xil ranglarda. 
23. So'nggi marta qachon ko'zingizdan yosh chiqib ketguncha kulgansiz? 
Kuni kecha shunday holatga tushdim. 
24. Qanday shior bilan yashaysiz? 
Xar doim yangilikka intilish kerak. Chunki yangilik hech qachon eskirmaydi. 
25. O'zingiz haqingizda bizga ma'lum bo'lmagan uch ma'lumotni ayta olasizmi? 
O'tirganimda, har doim oyog'imni qimirlatib o'tiraman. O'zim bilan o'zim ko'p gaplashaman. Uxlayotganimda doim gapiraman. 
26. Siz ko'pincha tashrif buyuradigan veb-sayt? 
, www.soccer.ru, www.arsenal.com. 
27. Tez-tez o'qib turadigan kitobingiz? 
"Tafakkur gulshani”. 
28. Siz uchun eng qadrli sovg'a? 
E'tibor. 
29. Eng yoqimsiz va eng yoqimli SMS? 
Yoqimsiz SMS: "Nega javob yozmaysizq”. Eng yoqimlisi esa hurmat va e'tibor bilan yozilgan SMSlarning hammasi. 
30. Laqab tanlash ixtiyori o'zingizda bo'lsa, qanday laqab tanlardingiz? 
Chol. 
31. Qanday aybni kechirolmaysiz? 
Kechirim so'raganlarni yomon ko'raman. Chunki kechirim so'rashdan oldin inson qilayotgan ishini o'ylab qilishi kerak. 
32. Pul siz uchun..? 
Xarid vositasi. 
33. Xayrlashganda, odatda, qaysi so'zlarni qo'llaysiz? 
Bo'pti, mayli...

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
azizbek
Alisher Uzoqovga omad so'ngi lahza filmida men ham yeg'laganman faqat gina qoyil qoliw kerak ====Alish nomer 1===== peryot Alish
  • 10 августа 2012 12:13
Guli
Alisher Uzoqovga nisbatan hurmatim yanada oshdi. Kamtarin inson ekanla.
  • 20 августа 2012 18:09
Serbin

ha ha ajoyib oddosh 4

  • 23 января 2013 01:52
shadov

Alisher  Uzoqov aka omad  yanada yangi kino va qushiqlar chiqaraversin   muhlislaringiz har diom yoningizda.

 

  • 5 марта 2013 10:11
Beg`ubor

Alisher Uzoqovni man yumor ustasi va samimiy inson dib bilaman

 

  • 15 марта 2013 13:54
СTC

хахахаххахахаэ

  • 15 апреля 2013 18:56
kipia12
Menga sizning qo'shiqlaringiz judayam yoqadi 26   8 11
  • 31 июля 2013 19:57
bailamos88
ALISHER UZOQOV  10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 10 8 8 8 8 8 9 9 9 9 :9
  • 23 августа 2013 10:20
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz