» » Fotih Nasimov: HECh QAChON BAChKANA FILMLARDA ChIQMAYMAN!

Fotih Nasimov: HECh QAChON BAChKANA FILMLARDA ChIQMAYMAN!

:
Fotih Nasimov: HECh QAChON BAChKANA FILMLARDA ChIQMAYMAN!
:
19-11-2015, 05:46
:
2064
 
 
 
Fotih Nasimov: HECh QAChON BAChKANA FILMLARDA ChIQMAYMAN!

     Mahoratli kinorejissyor Hilol Nasimovning zamonamizning dolzarb mavzularini aks ettiruvchi navbatdagi Ajal jodusi nomli kartinasi premerasi bolib otdi. Unda bosh rollarni Hilol Nasimovning ikki ogli Tubanlik filmi orqali oz mahoratini namoyon etgan yosh aktyor Fotih Nasimov bilan Odnoklassniki. ru filmidagi bosh qahramonlardan biri Shohruh  Nasimovlar talqin qilishdi. Aka-ukalarni premera bilan tabriklagan holda biz suhbatga Fotih Nasimovni taklif etdik. Bu yosh aktyorning ijodi, intilishlari, ichki dunyosi, oilasidagi orni kabilar kino ixlosmandlarini befarq qoldirmasa kerak.

Qahramonimiz haqida

Tugilgan: 1996 yil, 1 mart kuni.
Ilk marotaba besh yoshida Ostona serialida suratga tushgan.
Fel-atvori: ogir, bosiqroq. Lekin Tubanlikdagi qahramonidan farqli ravishda hazilkash, oziga yarasha shoxliklari ham bor.
Tahsil oladi: Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining rejissura fakultetida.

Qiziqadi: haykaltaroshlik sanatiga.
Sportning dzyudo turi bilan shugullangan.

- Ajal jodusi va Tubanlik. Ulardagi ikki timsolingiz orasida qanday farq bor? Yangi kartinadagi ijroingiz, taassurotlaringiz qanday boldi? Bu safar Fotih Nasimovni qay rakursda koramiz?  
- Ushbu film Tubanlikka oxshab ozida ogirroq, salmoqliroq mavzuni kotargan. Stsenariysini oqiganimdayoq, ozgina hayajonga tushdim, ogir sahnalari kop ekan, qanday ijro eta olaman ekan, chiqarib bera olamanmi?, degan fikrlar boldi. Otasi bilan poezddagi sahnalar, oglining murakkab holati deysizmi, syomkalar oson kechgani yoq. Ajal jodusi kartinasida avvalgi filmimda kabi yangi tajriba yigdim.
- Ikki qahramoningiz ham ogir vaziyatdagi insonlar. Ularni oxshatib berishda, dardini his qilishda, timsollaringiz bilan birga yashashda sizga nima koproq yordam berdi? Kuzatuvlarmi, rejissyor talabiga munosib javob berish yoki ijodiy guruh tasirimi?
- Asosan, dadam bilan ishlash men uchun qulaylik tugdiradi. Har bir rolni erinmasdan tushuntiradilar, qahramonim dardini his qilish uchun qollaridan kelgan yordamini ayamaydilar. Endigina ikkita filmda mana shunday ogir qismatli obrazni oynagan bolsam, komediya yoki melodramalardagi rollarga qaraganda, mana shunday qahramonlarni talqin qilish ozimga koproq yoqayapti. Keyin salmoqli kinolarda ijod qilishni boshladimmi, qopol qilib aytganda, bachkana rollar yoki filmlarda chiqsam bolmas.
- Xususiy studiyalar tomonidan olinayotgan osha bazi bachkana filmlarda chiqishni koproq ozingiz istamayapsizmi yoki bu otangizning talabimi? 
- Asosan, ozim xohlamayman.Pichoqqa ilinadigan kartinalar xususiy filmlar orasida baribir kam. Aktyor ming yaxshi oynamasin, tomoshabin etirofidan kora, etiroziga koproq sabab boladi. Salbiy fikrlarni eshitishdan yiroqda yurgim keladi.
- Aktyor bolishingizga koproq dadangiz Hilol aka sababchilarmi?
- Albatta, har bir ota-ona oz sohasidan ketadigan farzandi bolishini orzu qiladi. Qolaversa, aktyorlikka qiziqishimning yana bir sababi, uyimizda doimiy ijodiy jarayon bolgan. Mahoratli aktyorlar suhbatidan bahramandlik, dadam bilan gastrollarga kop borardim, hammasi bir bolib meni aktyorlik kasbi tomon etaklagan. Vaholanki, dadam: Oglim, balki boshqa sohaga qiziqarsan, oylab kor, deganlarida qatiy qarorimni aytib: Kino sohasining mutaxassisi bolaman, deb javob berganman.
- Faqat aktyorlik bilan cheklanmoqchimisiz yoki otangiz kabi ham rejissyor, ham aktyor bolasizmi?        
- Ayni paytda rejissyorlik sohasida oqiyapman. Ikkinchi sinfda oqigan paytimda, yani Yodgor filmida rol oynaganimdan keyin rejissyor bolaman, deb ozimga maqsad qoyganman. Kelgusida rejissyorlik bilan birga ozimga manzur kelgan va albatta, mos rollarni ijro qilaman.
- Ota-ogil uchun bir syomka maydonida ishlash osonmi yoki qiyin? Boshqalarga qaraganda sizga talab kuchliroq, qattiqroq dakkilar deganday, elkangizda ikki hissa masuliyat bolsa kerak?
- Albatta, talab kuchliroq boladi, agar chiqarib berolmasam, dadamning jahli chiqadi. Boshqa aktyorlardan talab qila turib ozining ogli qilib berolmayapti-ku!, degan gapni eshitishni istamaydilar. Shuning uchun menga nisbatan talablarni imkon qadar chiqarib berishga harakat qilaman. Keyin men uchun katta ijobiy tomon, aynan ozimning dadam bilan erkin ishlayman. Bilmagan joylarimni sorayman, eng qulay jihati, biz nafaqat suratga olish maydonchasida, balki uyda ham rollarimni muhokama qilamiz. Bu esa rolimni yanada chuqurroq tushunib, yaxshiroq ijro etishimga yordam beradi.
- Fotih Nasimovga maza, otasining istagan filmida rol oynaydi. A endi ogli aktyor bolganidan keyin, begonani taklif qilmaydi-ku? degan fikrlar ham bolishi mumkin. Bunga tayyormisiz?
- Bunday gapni shu paytgacha eshitdim. Bir tomondan oylanib qolgan bolsam, ikkinchi tomondan xursand ham boldim. Demak, insonlar meni kuzatishayotgan ekan. Uchrashuvlarda, rollarimga nisbatan ijobiy fikrlarni ham eshitaman. Tomoshabinlar har xil: kimdir unday deydi, kimdir bunday. Lekin atrofdan bildirilayotgan ijobiy fikrlar bir-ikkita salbiy gap-sozlarni yuvib ketadi, deb oylayman. Bilasizmi, dadamning qay bir kartinasida tushmayin, shunchaki bosh rolni oynab ketavermayman. Masalan, Tubanlikda avvaliga kasting boldi, hayat azolari ichida kop yosh aktyorlar saralandi. Agar ijroim yomon bolganida, bu bola rolni oynay olmaydi, degan etirozlar bildirilib, bosh qahramonlikka tasdiqlanmasdim.
- Tubanlikda qahramoningizga biroz hissiyotlar,  jurat  etishmagandek, buni ozingiz ham sezasizmi? Tanqidlarga qanday qaraysiz?
- Agar orinli bolsa, albatta, etiborga olaman. Bunday tanqidlar boshqa xatolarga yol qoymaslikka, yanada sifatli ijod qilishga sabab boladi. Bu filmdagi hissiyotning kamligi degan savolingizga oz tushuncham boyicha javob beraman, bola siqilgan, ota-onasidan pand egan, imkoni boricha sevgisi uchun kurashdi. Lekin otasiga qarshi chiqolmaydi, uyidagi fojia bir tomon bolib, u hissiyotlarini jilovlay olishga organdi, engil-elpi harakatlar yoki shoshma-shosharlik bilan oylamay qadam bosolmaydi. Ana shu obrazga kirishga harakat qilib, uning bor hissiyotlarini korsatib berganman va ortiqcha hissiyot qoshmaganman.
- Mana shu kartinadan keyin sizni kocha-koyda koproq taniy boshlashdi. Ozingizda nimalar ozgardi, ozgalarning munosabatida nima sezdingiz, yulduzlik kasali sal bolsayam tegib otgandir?
- Yulduzlik kasali nimaligini bilmayman-u, lekin filmdan keyin albatta, ijobiy taassurotlar yigdim. Kimdir sizga yaqinlashishga harakat qilarkan, masalan, bilmagan odamlarim oglim deb gapirib, oldimga xuddi qarindoshidek samimiy kelishlari rosa qiziq boldi.
- Aytgancha, Tubanlikdagi partnyoringiz Ziyoda Xudoyqulova bilan hayotda munosabatlaringiz qanday?
- Yaxshi, dostona. Boshqa ayol aktrisalar bilan ham munosabatlarim yaxshi.
- Siz tengi yosh aktyorlar kliplar, kinolar, reklamalarda suratga tushib, iloji boricha koproq korinishga harakat qilishadi. Siz esa faqat bitta rejissyorning filmlarida chiqyapsiz. Bu ham ozingizga nisbatan cheklovmi?
- Bilasizmi, hayotda koproq korinib, yanada taniqli bolib ketishga intilmayman. Tez chiqib, tez ochib ketish mumkin. Bir joyda qotib qolish yoki birovlarning medasiga tegib qolishdan qorqaman. Kliplarda suratga tushishga esa ozimning xohishim yoq. Bu sanatning faqat kino sohasi bilan cheklanib qolaman degani emas, albatta. Dadam bir ogitni kop aytadilar: rejissyor xalqdan bir qadam oldinda, hech bolmaganda, birga qadam tashlashi kerak. Shu sababdan, bu sohada takomillashishning siz aytgan usullaridan boshqa yollar ham bor. Men ham bir joyda toxtab qolishni istamayman.
- Nihoyat, akangiz Shohruh Nasimov bilan bir filmda chiqibsizlar. Aka-uka bolib rol ijro etishning sizga yoqqan va yoqmagan jihatlari nimada boldi?
- Prezidentimizning bir gaplari bor: Oilada osayotgan farzandlar ota-onasining sohasidan ketsin, deganlar. Chindan ham bolalar ota-onasining sohalari bobida korib, kuzatib, pishib boraverishadi. Ota-ona mening sohamni egalla, deb hech qachon zorlamaydi. Ushbu tanlov biz farzandlarning xohish-irodasida. Akam bilan hayotda munosabatlarimiz alo. Ajal jodusi filmida aka-uka rollarida chiqdik. Filmda ham xuddi aka-ukadek ishlash ozgacha zavq bagishladi, bilmaganlarimni undan organdim.
-Hilol Nasimov oilada qanday ota?
- Qattiqqol, talabchan, kezi kelganda xushchaqchaq, farzandlarini tushunadigan ota. Shaxsan mening ota-onamdan yashiradigan hech qanday sirim yoq. Har qanday vaziyatda fikrlasha olamiz. Oilamiz juda ahil, doimo ochiq muloqot boladi. Dadam bilan dam olishlarga, ovlarga chiqib turamiz.
- Uch aktyorni parvarish qilib, kamchiliklarini toldiradigan, mehr bilan hamma narsalarni taxt qiladigan volidangiz haqida ham toxtalib otsangiz.
- Togri aytdingiz, biz aktyorlarga qarash oson emas. Sababi, xizmat safarlarga kop ketamiz, tun qorongisida qaytamiz, shularga chidab, kunni kun, tunni tun demasdan atrofimizda parvonalar. Har soniya biz bilan hamnafas, qollab-quvvatlab turadilar, kezi kelganda sirlashadilar, ijodimizga oz fikrlarini bildiradilar. Bizning oilada shunday odat bor, biz bolalikdanoq ota-onalarimizga juda boglanganmiz. Volidamning ismlari Muyassar opa asli kasbi pedagog, hozirda Vatan kinostudiyasida ishlaydilar. Rostini aytsam, bizning ilk va ashaddiy tanqidchimiz ham onam boladilar. Shu orinda, menga oq sut berib, tarbiya qilgan onamga, shu darajaga etishishimda sababchi bolgan dadamga oz minnatdorchiligimni bildiraman va shunday oilada tugilganimdan faxrlanaman!
 
Nodira Haydarova suhbatlashdi,
Manba: "Bekajon"



. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz