» » Yigitali Mamajonov rollari, taqdir tuhfasi va farzandlari oldidagi qiynoqlari haqida

Yigitali Mamajonov rollari, taqdir tuhfasi va farzandlari oldidagi qiynoqlari haqida

:
Yigitali Mamajonov rollari, taqdir tuhfasi va farzandlari oldidagi qiynoqlari haqida
:
28-07-2015, 05:46
:
1556
 
 
 
Yigitali Mamajonov rollari, taqdir tuhfasi va farzandlari oldidagi qiynoqlari haqida


     Yigitali Mamajonov bugun kopchilikning etibori-etirofidagi aktyorlardan. Muxlislarning esa uning hayotiga oid savollari juda kop. Shu boisdan aktyor bilan suhbatni anchadan beri kutishayotgandi. Nihoyat, fursati etdi.
- Sevgi balki bu jannat filmida gururi toptalsa-da, buni sezdirmaydigan, umuman tasir ifodalari korinmaydigan qiyofani yaratgansiz. Agar aktyor rolida mimika, plastikani ishlatmayaptimi, demak, u rol oynamayapti, shunchaki ozini shu obrazda sinab koryapti, degandi bir sanatkor. Siz ijroingizdan qoniqdingizmi? Chunki mimikalaringizda osha toptalishni kormaymiz.
- Bu filmdagi qahramonim hayotda kop narsani korgan, qiyinchiliklarda toblangan yigit. Shuning uchun ham u atrofidagi gap-sozlarni, haqoratlarni kongliga olavermaydi. U gururim toptalyapti deb emas, aksincha, u qiz meni haqiqatan sevadimi, unashtirilgan yigiti bilan munosabatlarini buzib qoymayapmanmi, deb ozi bilan ozi kurashadi. Togri, gururi toptalayotgan yigitning yuzida norozilik alomatlari korinadi va buni sezibsiz. Lekin shuni afsus bilan aytamanki, aynan suratga olingan bir kadr montaj jarayonida kesib tashlanibdi. Yani, kinoda yigit Rayhonning qolidan sudrab ketayotganda qizning unashtirilgan yigiti ortidan chiqib, sen etimlar deb uni va dostlarini haqorat qiladi. Shunda qahramonim uni giribonidan bogib, devorga taqab, Bizdaylar bolmaganda senlar bunday yurmasding, deb chiqib ketadi. Aynan ushbu kadr olib tashlangani uchun ham qahramonim gurursizdek taassurot qoldirgan bolishi mumkin. Aslida bir rolni ijro etishdan oldin hayotda unga oxshagan prototip qahramonni qidirib, uni organaman. Qahramonim shunday harakat qilishiga kozim etsagina uni ijro etaman. Kinoda aktyor koz orqali qalbini korsata olishi kerakligini bilaman.
- Poygada Asal Shodieva bilan mos juftlik yaratgansiz. Lekin rolingizda birinchi qiyofa eski Moskvichli haydovchi yigitni yaxshi ochib bera olgansiz-u, ikkinchi rolingiz poygachi yigitda ijroingiz biroz ishonchsiz chiqqan. Aslida, ikkinchi qiyofangizni kuchliroq ochib berishingiz kerak emasmidi?
- Togri, men professional aktyor emasman va ijroda mahoratim etmaydigan jihatlarim borligini tan olaman. Sababi, hali kinoda yosh niholman va juda kop organishim kerakligini bilaman. Rolimga kelsak, haqiqatan ham men ikkinchi qiyofamga unchalik kop urgu bermadim. Birinchi qiyofam haydovchi yigit sodda, kamsuqum. U faqat odamlarga yaxshilik tilaydi. Lekin ikkinchisi alamzada va notogri yoldan borib, pul topadigan yigit. Bunday qiyofalarni imkon qadar borttirib korsatmaslik, undaylarni tomoshabinga sevdirib qoymaslik kerak. Sababi, kino odamlarga ibrat, organish vositasi va tomoshabin aynan salbiy qahramonni ozlashtirib olmasin. Ushbu rollar taklif etilganida ozim yaxshilab oylab, tahlil qilib shunday tarzda etkazib berishim kerakligini tushundim. Filmning muvaffaqiyati eng avvalo stsenariy va rejissyorga bogliq. Bu ikki jihat ekranda mazmunli, saviyali film va kuchli aktyorlarni korsata oladi.
- Yozsiz yil filmidagi kasalmand ogil rolingiz kopchilikning etiborini tortgandi. Garchi birinchi rolingiz bolsayam, uni boshqalariga qaraganda mahoratliroq ijro etgansiz.  Aslida, birinchi ish sal boshroq boladi-ku. Sizda esa aksincha, shundaymi?
- Bu rolni ijro etishim tasodif va men uchun omad keltirgan. Ikkinchi bosqichda oqiyotganimda bir auditoriyaga kirsak, kinoga tanlov otkazishayotgan ekan. Bir nechtamizni suratga olishdi. Keyinroq videotanlovga chaqirishdi. Togrisi, kinoda tanishing bolsagina bosh rolni oynaysan, degan fikrlarni eshitardim va shu boisdan ham tanlovdan otishni xayolimgayam keltirmaganman. Bir oylardan keyin siz tanlovdan otdingiz, bosh qahramonni ijro etasiz, deyishganida ishonmadim. Ushbu rolni taqdirning tuhfasi, deb bilaman va hozirgacha birorta rejissyorning yoniga borib, meni filmiga bosh qahramon qilib olishini soramaganman.
-      Ummon guruhining, Lola Yoldoshevaning kliplari sizni aktyor sifatida tanitdi, togrimi? Keyingi paytda esa kliplarda korinmayapsiz. Yoki aktyor sifatida tanilib qoldim, endi kliplarga tushmayman, dedingizmi?
- Nega endi? Sanatni sevgan, uni qiziqish deb emas, kasbim, vijdonim deb bilgan aktyor hech qachon oziga bino qoyib, minbarga chiqa olmasligini yaxshi bilaman. Aktyorni tan oladigan va uni minbarga chiqaradigan ham xalq, tomoshabin. Aktyorlikni tanlashdan maqsadim, men rollarim, qiladigan ishlarim orqali kimgadir foydam tegsin, deganman. Agar men ijro etgan rol xoh u klipda, xoh kinoda bolsin, kimgadir tasir qilib, uni yaxshilikka etaklasa, qalbida sanatga mehr uygotsa, demak, men maqsadimdan adashmayapman. Shunday ekan, men endi kinoaktyorman, deb klipda suratga tushmasligim mumkin emas. Aslida, bugungacha oynagan kinodagi rollarimning birortasidan qoniqish hosil qilganim yoq. Kliplarda biroz aktyorlik imkoniyatlarim ochilgan. Klipmeyker va rejissyor Sanjar Matkarimov shu kungacha men bilan ishlagan eng mahoratli rejissyor. Balki kliplardagi rollarimning omadli chiqqani ham aynan rejissyorning mehnati samarasi bolsa kerak. Bachkana, saviyasiz filmlarda rollar ijro etgandan kora, mazmunli klipda suratga tushgan ham yaxshi.
- Mana, bir muddat Moskva kinosanoatini ham korib keldingiz. Togrisi, sizni ancha muddat Moskvada qolib, u erdagi kinoyulduzlar safiga qoshilasiz, degan fikrda edim. Ammo kutilmaganda yana qaytib keldingiz
- Aslida, Moskvaga onamni korgani borgandim. Keyin ijodimni shu erda davom ettirsammi, deb kinosanoatiga ham qiziqdim, suratga olish maydonlariga bordim va ozimga kerakli xulosalarni chiqardim. Rol ijro etishimga kelsak, ularning ozlarida ham mahoratli aktyorlar etarli. Rejissyor yordamchisi sifatida suratga olish maydonchasiga kirgan bolsam-da, rol oynamadim. Chunki meni u erda mana, bizga bosh rolni oynashga keldi, deb quchoq ochib kutib oladigan odamim yoq. Men Moskva kinosanoatidan kop narsani organib, ozimga kerakli savollarga javob olib qaytdim. Balki kelajakda nafaqat Rossiya, balki Gollivud kinosanoatida ham ozimni aktyor sifatida sinab korarman.
- Bugun sanat shou-biznesga aylandi. Sanatkorni tanitishda uning ijodidan kora, unga xizmat qilayotgan piarlar asosiy oringa chiqyapti. Siz ham oz yolini topishga urinayotgan yosh aktyorlardansiz. Ayting-chi, piarlar sanatkorning mavqeini qancha muddat ushlab turishi mumkin?
- Piarni ongni bulgovchi zahar deb bilaman. Har doim faqat ozimning kuchim va mehnatim bilan natijaga erishishni istayman. Aktyorlik va sport sohasida nimagaki erishgan bolsam, bularda piar umuman yoq va u haqida umuman oylamayman.
- Lekin sizni Rayhon bilan turmush qurishingiz-u, ajrashishingizgacha barchasi siz uchun piar vazifasini otamadimi? Ayniqsa, Rayhonning kontsertidan oldin ajrashmoqchi ekanliklaringizni elon qilishlaringiz piar emasmidi?
- Yoq! Men odamlarning ongiga va fikrlashiga hukmimni otkazolmayman! Hayotimda nimaiki bolgan bolsa taqdirdan. Shunday bolishi kerak ekan, boldi. Men uchun oila muqaddas! Oz obroyimni, shuhratimni oylab oilamni ommaga namoyish etadigan, u haqida turli gap-sozlar tarqatib piarlar qiladigan darajadagi odam emasman!
- Inson ulgaygani sayin masuliyati, majburiyatlari ortadi. Lekin sanatkor ijod qilish va shu bilan birga, oilasiga ham vaqt ajratishi kerak. Vaqtingizning qancha qismini farzandlaringizga sarflaysiz?
- Bazi bir sabablarga kora, bolalarim bilan vaqtimni kam otkazyapman. Lekin imkon qadar, ularning yonida bolishni istayman!
- Oilani muqaddas deb aytyapsiz-u, lekin bu yoqda kopchilikni farzandlaringizning taqdiri qiziqtiryapti. Kop yosh oilada kelishmovchiliklar, suv loyqalanib, tinishlar boladi. Lekin er-xotin oilani saqlab qolish uchun ham kechirimli bolishi, kerak emasmi?
- Men oilada erkak kishi ustun, ayoliga va farzandlariga suyanchiq bolishi kerak, deb bilaman. Men gururimni kokka kotarmoqchi yoki ozimni haq sanamoqchi emasman, shunchaki farzandlarning kelajagi uchun ham shunday bolishi kerak, deb oylayman. Chunki farzandlar otadan andoza oladi, unga oxshashga intiladi. Balki kelajakda hammasi ozgacha bolar va oilamiz saqlanib qolar. Biroq menga eng alam qilgani farzandlarimning yonimda emasligi va ularga tarbiya bera olmayotganim. Faqat mana shu jihatdan vijdonim qiynaladi.

Husniya Pardaeva suhbatlashdi
"Bekajondan olindi
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz