» » Nigina Anorboeva: OShA LAHZALARDA HAYoTIM HAL BOLGANDI

Nigina Anorboeva: OShA LAHZALARDA HAYoTIM HAL BOLGANDI

:
Nigina Anorboeva: OShA LAHZALARDA HAYoTIM HAL BOLGANDI
:
28-07-2015, 05:41
:
2484
 
 
 
Nigina Anorboeva: OShA LAHZALARDA HAYoTIM HAL BOLGANDI

     Bugun biz uchun yashash, ishlash va baxtli bolish imkoniyatidir. Shu bir kunimizda bizning barcha niyatlarimiz, orzu-havaslarimiz, maqsadlarimiz ijobat boladi. Hattoki, biz uchun unchalik ham omadli bolmagan bir kun biz uchun nechogli baxtga tola ekanini har doim ham anglayvermaymiz. Sanatkorning bir kuni loyihasida aktrisa Nigina Anorboeva ana shu bir kunida ozi anglagan haqiqatlari bilan dillashadi.

Aktrisa haqida

Tugilgan joyi: Toshkent shahri.
Malumoti: Ozbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining drama teatr va kino aktyorligi.
Ish joyi: Ozbek Milliy Akademik drama teatri.
Xobbisi: raqsga tushish.
Oziga xosligi: gina saqlamaydi, kechirimli.
Sevimli taomi:  dolma, osh.
Odati: uchrashuvlarga kechikadi.
Havas qiladi: malika Budurga.
Afsuslanadi: rejalari buzilganda.
Sevimli filmi: Shamollarda qolgan hislarim.
Sevimli sovgasi: moychechak guli.
Qorqadi: qargishdan.
 
Bugun mening imkoniyatim

     Har bir inson uchun yana bir tongning qarshi olinishi ulkan baxt deb oylayman. Biz yashayapmizmi, soglom va ishga otlanyapmizmi, demak, bu baxt. Uygonishim bilan bugungi rejalarimni birma-bir koz oldimdan otkazib, kotarinki kayfiyatda ishxonamga Ozbek Milliy Akademik drama teatriga yol olaman. Bu dargohning nechogli muqaddasligini, unda ishlashdek baxt menga ham nasib etganini oylashim bilanoq kasbimga, ishxonamga bolgan mehrim, masuliyatim yanada ortadi. Aslida, bu teatrda ishlash har bir sanat oliygohida oqiydigan talabaning orzusi. Men ustozim Turgun Azizov va Zamira Ahmedovalarning komagi bilan ushbu teatrda ishlashdek kutilmagan omadga erishdim. Shuning uchun ham ertalabdan yugurib-elib teatrimga boraman va shu tarzda men Bugunimni boshlayman. Darvoqe, bugunim men uchun berilgan yana bir imkoniyat, undan foydalanib qolishim kerakligini unutmayman!

Hali yoshman

     Ayrimlar sanatkorlarga maza, istagandek oynab-kulishadi, deydi. Aslida, aktyorlik barcha soha kabi mashaqqatli. Bu kasbda ham toliqish, asabiylashishlar boladi. Biroq har qanday kongilsizlikni birgina sabab kasbni chin dildan sevish bartaraf etishini eshitgandim. Darhaqiqat, tadbirlarga, repetitsiyaga, dublyajga qanchalik elib-yugurmay, men barchasini kasbimni sevganim uchun bajonidil bajaraman! Bazan shuncha yumushga qanday qilib ulgurayotganimga hayron qolaman. Haliyam bolsa, oila qurib, rozgor tashvishlariga oralashib qolganim yoq. Lekin kundalik bajargan ishlarimni kechqurun sarhisob qilib koraman-da, barcha charchoqlarim chiqib ketadi. Yurtimizda ne-ne zafarlarga etishayotgan va barchasiga ulgurayotgan yoshlar bor. Ular mening tengqurlarim va men ulardan ortda qolmasligim kerak, degan fikr bilan doim olga intilaman!

E, artist-da, deyishadi

     Sanatkor bolishimga  oilamdagilar, ayniqsa, dadam rozi bolmagan. Lekin oyim sanatni sevgani uchun ham meni shu kasbni tanlashimga dadamni kondirgan. Xullas, men ozim sevgan kasbni tanladim. Biroq bu kasbdagilarga odamlar nafaqat hurmat bilan balki, e, artist-da, deb biroz bepisandlik bilan qarashlarini keyin tushunib qoldim va dadamning qarshiligi bejizga emasligini angladim. Bir dugonam bilan judayam qalin edik. Bir kuni suhbat asnosida  unga men haqimda bir yaqin odami E, artistni nima qilasan dugona qilib? degandek gapirganini aytdi. Oshanda  bu gap judayam yuragimga ogir botdi. Axir sanatkor, artist odam emasmi? Nega unga havas qilishadi, ijodini kuzatishadi-da, lekin undan nari bolishni istashadi, degan oylar qurshovida qolganman. Uyga kelib, rosa yiglaganman. Biroq barchasini oylab, tahlil qilib, keyin ozimga kelganman. Hamma ozi yoqtirgan kasbida ishlaydi, nega men bolmagur gaplarni deb oz istaklarimdan, maqsadlarimdan voz kechishim kerak, dedim-da, bunday gaplarga etibor bermay qoydim.
Ustozlar nishonida bolish oson emas!
Ulug dargoh teatrlarga ishga borganda yoshlar avvalo, yoshi ulug sanatkorlarning etiboriga tushishadi. Hozir etibor bersangiz, kinoda yulduz bolgan yoshlar teatrda ishlamaydi. Sababi, teatrda ishlashning ozi bolmaydi. Chunki, teatrga kelganda ustozlar ularni shu dargohga munosib bolishga undaydi. Ustozlarning maslahati ham otkirgina tanbehdek qabul qilinadi. Ayrim yoshlar esa bunday gaplarga chiday olmaydi va tinchgina kinoda rolimni ijro etib yuraveraman, deb ketib qoladi. Men ham ustozlardan dashnom eshitaman. Lekin bilamanki, ular mening foydamni, shu erda uzoq yillar ishlashimni istashadi, shu uchun bazida kuyunib, bazida tanbeh berib turishadi. Bunday dashnomlarni eshitganimda bir narsani oylayman: demak, qaysidir jihatim bilan ustozlarning etiboriga tushibmanki, ular buni muhokama qilishyapti. Agar umuman istedodsiz, uquvsiz bolganimda menga etibor berisharmidi?  Shunday ekan, ularning etiboriga tushganim uchun ham tanbehlarini ogitdek qabul qilib, oldinga intilishim shart! Shuning uchun ham teatrdagi kichkinagina ornimni yoqotmaslik uchun jon-jahdim bilan tirmashaman.
Klip moliyaviy taminotchi, lekin
Ayrim aktyorlar kliplarda suratga tushmaslikni maslahat berishadi. Lekin klip ham bir sanat, unda aktrisa sifatida rol oynashning qanday yomon tomoni bor, deyman. Agar sanatkor ijrosiga kasb deb qarasa va unga masuliyat bilan yondashsa, menimcha, buning yomon tarafi yoq. Jumladan, kliplarda suratga tushayotganimda shunchaki ekranga chiqayotgan chiroyli chehraligimni emas, aktrisaligimni birinchi oringa qoyib ijro etaman. Tan olaman, kliplar meni tez tanitdi. Bir kunda klipda chiqib taniqli aktrisaga aylanish bugun muammo emas-ku. Lekin tanilishim kerak ekan, deb duch kelgan klipda rol ijro etavermayman. Chunki hadeb kozga tashlanaverish aktyorni obrosizlantiradi, deb oylayman. Klipning zalvoriga va undan keyin meni aktrisa sifatida yana bir qirram ochilishi mumkinligiga etibor qarataman. Tabiiyki, klipda tolanadigan haqning moliyaviy tomonini ham hisobga olaman.

Suvda chokib ketgandim

     On etti yoshimda Chirchiq daryosida suvga chokib ketayozganman. Avvaliga chokayotganimga ishonmadim. Keyin borgan sari oqib borayotganimni, menga hech kim yordam bera olmayotganini korib, umidimni uzdim. Oyogim suvdagi girdobda, qirgoqdagi odamlar esa tobora kichrayib ketayotganini korish bu dahshat! Oshanda qanchalik tezkorlik bilan fikrlash mumkinligini bildim. Eng avval ota-onam, yaqinlarim koz oldimdan otdi. Keyin ozimcha duolar qildim. Oshanda xayolimga kelgan oydan ham yiglab, ham kulganman. Men nega dunyoga keldim? Hali yashashim kerak edi-ku. Hech narsaga ulgurmay, hech kimning esida qolmasdan otib ketaveramanmi?! degan oy butun vujudimni egallab olgan. Nazarimda, osha lahzalarda hayotim hal bolgandek edi. Oqib ketarkanman, tosatdan sinib egilib qolgan bir shoxga qol chozdim. Osha shox ham juda mort bolib, sinib ketayotganda qandaydir kuch kelib, tepaga intildim va bir amallab kattaroq shoxga chiqib oldim. Mana shu voqea hayotimda katta saboq boldi. Shundan keyin yashash, maqsad va nom qoldirish nimaligini tushundim. Lekin yaqinda Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Hosila Rahimovaning Qur-ey klipida suratga tushayotganimda ham otdan yiqilib tushdim va xuddi shunday oy-fikrlar qurshovida qoldim. Menimcha, hayotda nega yashayotganimizni anglatib, eslatib turuvchi shunday voqealar bolib turishi ham kerak.

Husniya yozib oldi,
"Bekajon"dan olindi
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz