» » Shahzoda Muhamedova shok saytiga tuhmat qildi(mi)?

Закладки Shahzoda Muhamedova shok saytiga tuhmat qildi(mi)?

Название:
Shahzoda Muhamedova shok saytiga tuhmat qildi(mi)?
Жанр:
Дата:
18-07-2015, 19:53
Автор:
Просмотры:
2614
 
Shaxzoda Muxamedova shok saytiga tuxmat qildi!

     «Aktrisani ajrashgan eriga, bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o’ynash bo’lib oldi» nomi ostida saytimizda e’lon qilingan maqoladan so’ng,  ijodkor Shaxzoda Muxamedova Instagram ijtimoiy tarmog’ida, radioda va bir qator gazetalarda bergan intervyulari orqali bu maqola menga tegishli deb jar solib yuribdi. Maqolaning qaysi jihatlariga ko’ra uni o’ziga tegishli deb hisoblayotganini bilmadik-u, lekin bu u haqida emasligi isbotlovchi bir qancha dalillarimiz bor. Hozirgi kunda san’at vakillaridan faqat ugina emas, ko’pchilik yana bir qator boshqa sohalarda ham faoliyat olib borishmoqda. Shuningdek loyihalariga borolmaganim uchun mana shunday bo’htonlarni yozishgan debdi. Shaxzoda Muxamedovani "Kelin-kuyov shok” loyihamizga taklif qilganimizda kuyov obrazi uchun aytilgan aktyor va stilist Sharof Sharopov  uylanyapman deb kelmagani uchun aktyorning aybi bilan loyiha qoldirilgan edi. Shuning uchun aktyorning nomini ochiq oydin tilga olib, u uylanyotgani uchun endi shou-biznesni tark etsa kerak deb saytimizda yozganmiz. Undan so’ng, boshqa erkak san’atkorlar aktrisa bilan bu loyihada ishtirok etishdan bosh tortishdi. Shuningdek maqolada  Zarina Nizomutdinovaning sobiq turmush o’rtog’iga turmushga chiqyapti deb yozilgan jumlaning o’zi yo’q. Bu gaplarni Shaxzoda Muxamedova radio orqali aytib o’tdi va "Ularni sudga berimi desam, ulaga zarar yetadi” deb aytdi ammo gazetalarda va instagram ijtimoiy tarmog’i orqali shok saytini sudga berdim deb maqtandi. Hamma yerda har xil gap, qaysi biri rost? 

«Darakchi» gazetasiga berilgan intervyuda esa «Avvaliga meni bir aktyorga o’ynash qilishdi» 
 

va «Taniqli aktrisalardan birining bo’lajak turmush o’rtog’i bilan yaqin munosabatda bo’lgan» deb yozilgani ko’rib hayron qoldik. Garchi bu gaplar ham maqolada uchramaydi. Instagram, «Darakchi», «Sug’diyona», «O’zbegim taronasi» bularning barchasidagi gap-so’zlarni solishtirsangiz hammasi har xil ekanligini bilib olasiz. Bizni shantaj qildi degani-ku, umuman bo’lmagan gap. Kim-kimga tuhmat-u bo’htonlarni yog’diryapti? Aktrisa maqolani o’ziga tegishli deb o’ylab, bizni shantajli sms va sms ovozlarni, haqoratli gaplarini  va qarg’ishlari bilan telefonimizni portilatib yubordi. Kerak bo’lsa qonun oldida ham o’z huquqimizni himoya qilib mavjud barcha dalillar bilan o’zimiznin oqlab javob bera olamiz. Shok sayti yaqinda o’z faoliyatini to’xtatar ekan kabi mish-mishlarga javoban ommaviy axborot vositalari orqali bolalab ketgan bunday gaplardan keyin saytimiz foydalanuvchilari soni  aksincha 5-6 barobarga ortdi. Hozirda sayt xodimlari dam olishda ekanligi sababli saytimizdagi ma’lumotlar yangilanmay turibdi. Yaqin kunlarda yana bir-biridan qiziqarli loyihalar-u yangiliklar orqali muxlislarni xushnud qilamiz. Albatta kim haq, kim nohaqligiga tez kunda oydinlik kiritamiz!

Manba: Shok
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz