» » Mojaro: ShAHZODA KIM BILAN SUDLAShMOQChI? (to’liq talqinda)

Закладки Mojaro: ShAHZODA KIM BILAN SUDLAShMOQChI? (to’liq talqinda)

Название:
Mojaro: ShAHZODA KIM BILAN SUDLAShMOQChI? (to’liq talqinda)
Дата:
18-07-2015, 18:06
Автор:
Просмотры:
2490
 
Mojaro: ShAHZODA KIM BILAN SUDLAShMOQChI? (to’liq talqinda)

     Shahzoda Muhamedova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Shok saytini xodimlarini o’zi haqida yolg’on xabar tarqatayotganlikda aybladi.
     Aktrisa shok saytida chop etilgan maqola suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, maqola ostida alamli fikrlarini bayon etdi. Unga ko’ra shok sayti xodimlari go’yoki Shahzoda Muhammedovani   taniqli aktrisalardan birining bo’lajak turmush o’rtog’i bilan yaqin munosabatda ayblashgan.  

                                     Muammo nimada?

     Aktrisaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylagan ushbu maqola ayni damda ko’plab muxlislarning bahsiga sabab bo’lmoqda. Ayni damda kimdir shok  saytining bu qilmishini qoralasa, kimdir yonini olishga, yana boshqa birov esa aktrisaga tasalli beriga urinmoqda. Biz ushbu anglashilmovchilikka oydinlik kiritish maqsadida Shahzoda Muhammedova hamda shok sayti xodimlari bilan bog’lanib, ularni tahririyatimizga chorladik.
     Afsuski, tahririyatimizga Shahzoda Muhammedovaning o’zi keldi, xolos. Shok sayti direktori Oybek Nishonboev ayni paytda poytaxtda emasligini ma’lum qildi. Shu tariqa aktrisaning o’zi bilan suhbatimizni boshlashga qaror qildik. Darvoqe, bu mojaroli maqolada aynan Shahzoda Muhamedovaning nomi tilga olinmagan. Unda muammo nimada?

                            Ularning nima haqqi bor?

     Shahzoda Muhammedova: — To’g’ri, sayt xodimlari maqolada suratimni  qo’yib, aynan mening ism-sharifimni keltirib o’tmagan. Biroq, muxlislar saytdagi maqolaga izoh bildiririb, bu gaplar  Shahzoda Muhammedovaga tegishli deb yozishdi. Shunda ham men bunga  e’tibor bermaslikka harakat qildim. Ammo muxlislar, yaqin do’stlarim, qarindoshlarim "qara, sen haqingda yozishyapti”, deyavergach asabiylasha boshladim. Chunki hammaning og’zidan bir gapni, tag’in asossiz tuhmatni eshitaverganingidan so’ng alam  qilarkan. Men sayt xodimlari bilan bog’lanib, maqolani o’chirib tashlashlarini talab qildim. Maqola bir muddat yo’qolib qoldi. Oradan vaqt o’tib sayt xodimlari aynan shu maqolani qayta  joylashtirib qo’ydi. Yana tuhmat, yana  mish-mish...  Avvaliga meni bir aktyorga, so’ng yoshi kattaroq bir bank xodimiga tenglashtirdi. Men ortiq chidab turolmayman! Shok sayti nafaqat meni, balki boshqa hamkasblarimni ham g’iybat qilib, obro’yini to’kkanligi uchun javob beradi! Men saytning bir qator loyihalarida ishtirok etolmagan ko’plab san’atkorlarga nisbatan orqavarotdan ana shunday noo’rin gaplar tarqatilganini bilardim. Ammo, vaqti kelib o’zim ham ana shunday san’atkorlarning holiga tushib qolaman deb o’ylamagandim.
  "Aktrisani ajrashgan eriga bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o’ynash bo’lib oldi” sarlavhasi ostida yozilgan maqolada quyidagi fikrlar mavjud:  (maqola fotosi)
     Maqolada xonandaning ism sharifi, surati ko’rsatilmasada, aktrisaning o’ziga  tegishli bo’lgan ma’lumotlar joylanibasossiz shov-shuv ko’tarishga urinishgan. Biz Shahzodaning yuqorida aytib o’tgan fikrlari borasida bir oz jonli tasavvur xosil qilishingiz uchun lavhalarni o’z holicha taqdim etishga qaror qildik!

                            Ikkinchi taraf nima deydi?

      Albatta ommaviy axborot vostlari, xususan saytlarda shaxsni kamsituvchi, obro’sizlantiruvchi ma’lumotlarni chop etish uchun tegishli tartibda javobgarlik belgilangan. Xo’sh, bu haqda sayt xodimlari nima deyishadi?
Oybek Nishonboev, sayt ma’muri:
 — Saytda chop etilgan maqolada Shahzodaninig ism sharifi keltirilmagan-ku? Nega u bu gap so’zlarni o’ziga tegishli deb hisoblayapti? Shahzodaning maqsadi, gazetangiz orqali bizning saytimizni qoralashdan boshqa narsa emas! Shahzoda istagan vaqtda sudga murojaat etishi mumkin. Ammo sudda baribir biz yutib chiqamiz. Chunki, yana bir bor aytib o’taman: maqolaning Shahzodaga hech qanday dahli yo’q. Aktrisaning o’zi negadir bu maqola menga tegishli deb hisoblayapti.
     Oybek bilan qayta bog’lanib, ba’zi savollarimizga izoh so’raganimizda, u hech qaysi savolimizga javob bermasligini ma’lum qildi.
     Savol ketidan savol tug’iladi. Maqola Shahzoda Muhammedovaga tegishli emas ekan, nega sayt xodimlari maqolani sahifadan o’chirdi? Nega tahririyatga kelib, Shahzoda bilan yuzma-yuz bo’lishdan, ushbu noxushlikka oydinlik kiritishdan bosh tortdi?
     O’ylanib qoldik, sayt xodimlarining bunday harakatlari jurnalistika me’yorlariga mos kelarmikin? Nahotki, sayt xodimlari, nozik did sohib va sohibalari bilan qanday muomala qilish kerakligini bilishmasa?  Umuman, kim bo’lishidan qat’iy nazar, shaxsni asossiz qoralashga, yomonotliq qilib  ko’rsatishga jurnalist haqlimi?
     Ayni damda Shahzoda Muhammedova sayt xodimlarining bunday hatti-harakatlari yuzasidan  sudga murojaat qilganini aytdi. (suratlar Shahzoda Muhammedovaning tergovchining eshigini taqillatayotgani holati).
Mohichehra EShMIRZAEVA
Darakchi 


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?