» » Farhod va Shirinning muxlisi nega kaltaklandi?

Farhod va Shirinning muxlisi nega kaltaklandi?

:
Farhod va Shirinning muxlisi nega kaltaklandi?
:
20-06-2015, 04:07
:
2695
 
 
 
Farhod va Shirinning muxlisi nega kaltaklandi?

     Navbatdagi "Chuv tushdi loyihasida  xonadalar Farhod va Shiringa tuzoq qoydik.  Ularni "Tegirmon kafesiga intervyu olish bahonasida taklif qilib, muzqaymoqni paqqos tushirib suhbatga kirishdik.

Mohichehra:  Ilk marotaba yakkaxon kontsert dasturini taqdim etyapsizlar, balki  jonli ijroda kuylab hammani lol qoldirsangiz bolarmidi...

Shirin:  Birinchidan, Istiqlol sanat saroyida ilk marotaba kontsert dasturimizni taqdim etayotganimizning ozi katta gap.   Qolaversa, jonli ijroda kontsert berish biz uchun qiyin ish emas. Bu borada etarli tajribamiz bor. Ozimizga ishonamiz...

Farhod: Togri, biz uchun jonli ijroda qoshiq aytish muammo emas. Masalan, biz toy xizmatlarida ham deyarli jonli ijroda kuylaymiz.  

Mohichehra: Unda muammo nimada? 

Shirin: Kotsertda jonli ijroda kuylash bilan toyda jonli kuylashning farqi bor. Masalan, toydagi tinglovchilar asosan shox qoshiqlarni tinglab, koproq raqsga, oyin-kulguga beriladi. Kontsertda esa qoshiq tinglash barobarida, qanday kuylayapsiz, ozingizni qanday tutyapsiz,  hammasiga etibor berishadi.  

Farhod: Ikkinchi tomoni ozimizning sozandalar guruhi, cholgu asboblari, texnikamiz bilan ijod qilib organganmiz. Keng oamrovli  ijod qilish esa biz uchun bir oz qiyinchilik tugdiradi. Lekin men bu bilan Istiqlol  sanat saroyining texnikasi jonli ijro uchun foydalanishga yaroqsiz, demoqchi emasman. Shunchaki, biz ozimiz hali bunga tayyor emasmiz. Birinchi marotaba kontsert berayotganimiz uchun xatoga yol qoyishga haqqimiz yoq...

Shu mahal narigi stolda otirib, xonandalarga qarab-qarab qoyayotgan bir "muxlis botinmaygina yonimizga keldi. Salom-alik qilgach:

Kechirasizlar... Shirin sizni rosa hurmat qilaman. Maylimi, siz bilan bir rasmga tushib olsam?

Shirin  hammaga bir-bir qarab oldi. Xonandalarning mamuri Iskandarning enasasi qotdi.

Iskandar: Akajon, koryapsiz, biz suhbatlashyapmiz. Suhbat tugasin, keyin bemalol rasmga tushaverasiz, maylimi?

Muxlis osonlikcha taslim bolmaydiganlardan ekan, gapida turib oldi. Iskandar  muxlisni mast deb oyladi shekilli:

Aka, yuring sizda gapim bor, deya qolidan tutib, nariga olib ketdi. Allanimlarani muhokama qilib olishganidan song, Iskandar uni joyigi otirgizib, qaytib keldi:

Qani, suhbatni davom ettiramizmi?...

Kop otmay muxlis yana qaytib keldi:   Shirin, yoq demang, suratga tushib olaylik. Hozir shoshib turibman, ketishim kerak, keyin sizni yana qachon koraman?

Iskandar: E, aka gapga tushunasizmi yoqmi? Suhbat tugasin, keyin men ozim sizni suratga olib qoyaman. 

Shirin: (muxlisdan tezroq qutulish uchun ornidan turdi) Mayli, suratga tusha qolaylik, keyin davom ettiramiz.

Muxlis (fotomuxbirga qarab):  Aka, bizni rasmga olib qoying.

Fotomuxbir: Men suratkash emasman. Suratni sizga chiqarib berolmayman.

Shunda muxlis chontagidan qol telefonini olib, ozi bilan Shirinni suratga olmoqchi boldi va xonandaga yaqin turib oldi. Muxlisning bu qiligidan Iskandarning  jahli chiqib muxlisning qolidan telefonini tortib olib ozi suratga ola boshladi.

Muxlis Shirin bilan bir necha marta suratga tushgach: Unchalik oxshamapti-da, yana bir marta yaqinroqdan rasmga tushsak maylimi?..

Shirin (qollarini sikitib): Yoq-yoq, bunaqasi ketmaydi. Boldi etadi. Uzr...

Iskandar (toqati toq bolib, muxlisni torqilab, itarib, nariga olib ketdi): Yaxshi gapga konmas ekansiz, qani buyoqqa yuringchi, siz bilan yaxshilab rasmga tushamiz hozir.

  Muxlis Iskandarning qolini siltab yubordi. Iskandar jahlini bosa olmay  muxlisning yuziga engilgina  musht tushirdi. Farhod bolayotgan voqealarni jimgina kuzatardi. U Shirinni na muxlisdan himoya qildi va na kelib janjalni bosdi. Qoriqchilariga qongiroq qildi shekilli, bir zumda qoriqchilarni boshlab prodyuser Bobur Bobomurod etib keldi. Ular "meni eshitinglar deyotgan muxlisning gapiga quloq solmay uni kochaga olib chiqishga urinishardi.

Bobur Bobomurod (muxlisga qarab) Menga qara, sen kimsan ozi, qaerdansan? (qoriqchilariga qarab) Hujjatlarini olib qoyinglar!

Ikki qoriqchi muxlisni tortqilab, siltagani sabab uning tobi qochib qoldi. 

Mohichehra: Voy, muxlisga yordam beringlar, qarang, mazzasi qochdi-yov... (Mohichehra suhbatni ham "unutib, unga yordamga shoshildi). Suv olib kelinglar.

Farhod va Shirinning qoriqchilari birortasi ham yordamga shoshilmadi. Aksincha, ular muxlisga eb qoygudek qarab turishardi. Muxlis esa yuragini changallagancha "suv beringlar, derdi.

Mohichehra: (hech biri yordam beravermagach) Farhod, bu yoqqa keling, yordamlashib yuboring. Bu kishini mashinaga otkazib, kasalxonga olib borish kerak, ahvoli ogirlashyapti.

Qoriqchilar shu gapdan song ham ornidan qozgalmadi.

Shirin:  Farhod bormaydi... Farhod bormaysan, joyinga otir...  

Farhod indamay joyiga otirdi. Mohichehraning iltimosiga kora kafe ishchilaridan biri suv olib keldi. Muxlisning sherigi dostiga suv ichirdi, Mohichehra esa "Tez yordam xizmatiga qongiroq qila boshladi. Suhbat chala bolib qolganiga jahli chiqqan qoriqchilardan biri yana muxlisga yopishdi va  uni sudrab, kochaga olib chiqa boshladi:

Bu mast,  bunga yordam kerak emas! Qani, buyoqqa yur.

Muxlis sherigi: Qoyvoring uni, nima qilyapsiz? Axir yuragining mazasi yoq...

Qoriqchi: Yuragining mazzasi bolmasa ichmasin edi!

Muxlis sherigi: Nima ichipti? Kormayapsizmi choy ichib otiribmizku! Bitta rsam tushaman deganga shunchami...

Mohichehra (qoriqchiga qarab): Shoshmang, siz kimsiz? Qaerdan kelib qoldingiz? Qoyib yuboring uni.

Qoriqchilar gapga quloq solmay, muxlisni sudrab kafe darvozasiga olib chiqishdi. Muxlisning ahvoli yanada ogirlashdi. Mohichehra "Tez yordam bilan boglangach, muxlisning yoshini, otini sorab, "Tez yordam navbatchisiga manzilni tushuntira boshladi.

Iskandar: Mohichehra,  siz suhbatni davom ettiravering. Buyogini ozimiz hal qilamiz...

Mohichehra: Boldi, bu janjal allaqachon muharririmizning qulogiga etib boribdi. Suhbatni tahririyatning ozida davom ettirarkanmiz. Ketdik bu erdan...

Shirin: Toxtang, muzqaymoq juda shirin ekan, eb olaylik. Siz ham otiring...

Mohichehra: U yoqda muxlisingizning yuragi xuruj qilib turipti. Uni "Tez yordamga topshirish kerak, hali suhbatni ham davom ettirishimiz lozim. Shu paytda muzqaymoq otadimi?

 Shirin muzqaymoqni eb olganidan song Farhod bilan birga kochaga chiqishdi:

Shirin: (mashinasiga otirar ekan muxlisga achinib qarab) Iskandar aka, bekor unga qol kotardingiz. U menga hech narsa qilgani yoq-ku?  Shunchaki suratga tushmoqchi edi xolos.

Shu mahal muxlis chontagini kovlab bir qogozni oldi-da Shirin otirgan mashinaga yaqinlashib eshigini ochdi. Shunda qoriqchilardan biri yana yugurib kelib, muxlisni turtib  mashina eshigi yonida turib oldi.  

Muxlis buklangan qogozni ochib korsatishga har qancha urinmasin, qoriqchi uning yolini tosib, harakat qilishga yol bermasdi.

Shirin: Shoshmang, balki dastxat sorayotgandir. Qoyib yuboring-chi.

Qoriqchi muxlisni qoyib yubordi. Shunda mashina yonida turgan Farhod eshikni siltadi. Eshik qirrasi muxlisning boshiga tegdi. Boshini ushlagan muxlis Farhodga jahl bilan oqrayib, song qolidagi qogozni ochib Shiringa korsatdi. Shirin qogozdagi "Chuv tushdi yozuvini oqib, qichqirib  yubordi:

Voy! Aldashibdi!..

 Qoriqchi yana muxlisning elkasidan tortdi. Ammo Shirinning qolidagi qogozni oqigach, hayron bolib qotib qoldi, boyagi vajohatidan asar ham qolmadi. Atrofda hayron bolib turganlar ham birin-ketin qogozni oqib,  avvaliga ishonib-ishonmay kula boshlashdi.

Shirin (kulgudan toxtab muxlisning peshonasini ushlab kordi): Buyoqqa keling-chi, eshik boshingizga yomon urildi. Hech narsa qilmadimi?  

Qoriqchi ancha-muncha qopollik qilgani uchun duv qizarib:   Obbo sen-ey, hali bizni aldadingmi? Biz ham sizlarni bir boplaylik, deya muxlisning qol telefonini tortib olib mashinasiga borib otirib oldi. Telefoningni bermayman!

Hamma bu hazil-ku, deyishimizga qaramay, qoriqchi telefonni bermadi. Shunda Shirinning ozi borib, muxlisining telefonini olib keldi. 

Bobur Bobomurod, prodyuser (kulib):   Mohichehra, nimanidir konglim sezdi-ya...  Farhod va Shirinning gazeta oqishga vaqti yoq. Men esa gazetani har bir sonini oqiyman, loyihadan ham xabarim bor. Lekin bu janjalli vaziyat hecham "Chuv tushdiga oxshamadi-da.

Farhod: Ammo boplab aldadingiz...

Mohichehra: Farhod, shuncha gap soz boldi, siz xotirjam kuzatib otirdingiz-a? Shiringa ham, muxlisga ham yordam bermadingiz...

Farhod (kulib): Shuncha qoriqchilarimiz bor-ku, men nima qilaman aralashib?

Farhod va Shirinning jamoasi "muxlisdan uzr sorab, kula-kula, biz esa aktyorimiz kaltak eganidan konglimiz xijil bolib xayrlashdik. Ushbu loyihani rejalashtirayotganimizda xonandalar "tobi qochgan muxlisga yordamga shoshilishsa kerak degan xayolda "Chuv tushdi deb yozilgan qogozni kasalxonaga ketayotganda korsatamiz deb oylagandek.

Lekin xonandalar ham ularning atrofidagilar ham yordamga shoshilishmadi... xullas, shunaqasi ham boladi. Har doim biz oylagandek bolavermaydi.

  Mohichehra EShMIRZAEVA tayyorladi, "Darakchi" 

Izohlar: Mehmon
18 iyun 09:27
Ex attang FARXOD ShIRIN. Ozlaring shunchalik yulduz bolib ketdik deb oylabsilarda. Muxlislar bolmasa yulduz bololasanlarmi. Bir joyi kamayib qomasdi Shirinni rasmga tushsa. Mushtumzor Iskandarlar kop. Erk bermaslik kerak. Ortoq Madaniyat xodimlari!!!!!!

Mehmon
17 iyun 11:51
Chuv tushtiga raxmat.bularni bugani shu.Farxod ,Shirin utir desa utirgandan ulganing yaxshi ERKAK.

Mehmon
17 iyun 06:38
voy tovba

Mehmon
15 iyun 17:55
xayf senlarga madaniyat hodimlari emish yana Farxod va Shirin

Mehmon
15 iyun 14:17
kechigina sahnaga chiqib bugun o'zicha yulduz bo'b qolishibtimi.  

Mehmon
15 iyun 07:33
kimligini korsatishibdi rostanam

Mehmon
15 iyun 07:04
Farxod va Shirin nomi hayf sizlarga kekkaymalaring buncha

Mehmon
15 iyun 05:36
Ozi nechta qoshigi bor bulardi. Kim bular qoshiqchimi

Mehmon
15 iyun 01:22
voyyyy boo Osmondan tushlari 1 1 2Ta ashula etib osmonga uchasanla agar muxlis tan omasa sanla xich kimmasanla qo'riqchi mush Farxod qo'rqoq

Mehmon
09 iyun 14:40
Uyat Farhod va Shirin uzilarni kimoigilani korsatibsila

Mehmon
09 iyun 14:38
qoyil qolmadim Farhodga, Shirindan ham bu darajadagi munosabatni kutmagandim, muzqaymoqni keyinroq esa ham bolar edi.

Mehmon
09 iyun 05:18
togrisini etsam maniyam koynim qoldi agar wu holat rostan boganda nma bolardi yuregi kasal odam qop keturarmidi uwatta. hafa bomelayu bu holat sanatkorla uchun UYAT...

Mehmon
08 iyun 13:24
Shirin uzining tarbiyasizligini, Farxod esa kurkokligini namoyish etibdilar. Ularga shunday buyuk ismlar, xayf!!!!!

Mehmon
08 iyun 02:17
Farxod va Shirindan ixlosis komadi ! KIM BULIShINDAN KATI NAZAR INSONLIGINI UNTMA !!!! YuLDUZ BUMAGANSANKU LEKIN YuLDUZLAR XAM BIR KUNI SUNADI !!!

Mehmon
07 iyun 12:45
Farxod qurqoq ekanu kuliwiga oliymi

Mehmon
06 iyun 11:29
men bu juftlikni tanimaymanu lekin ularda insoniylik yuk ekan. Uzlariga juda bino kuyishgan ekan yoki vaktinchalik yuldizlik kasaliga duchor bulganmi yana bilmadim.

Mehmon
06 iyun 06:02
muxlislar etibori u.n kaltak eyishadimi? bu minnaddorchilikni yangi usulimi

Mehmon
04 iyun 13:03
chuv tushdi ni o'zi chuv tushibdida a!!!!

Mehmon
03 iyun 10:25
farxod wirindan konglim qoldi

Mehmon
03 iyun 10:24
ula doim birovlaga iwoniwadi

Mehmon
03 iyun 09:56
Salom men Farhod va Shirinni ijodiniyam o'zlariniyam hurmat qilardim ammo bunchalik odamlarga ularning hayotiga beparvolar deb o'ylamagandim ko'nglim qoldi ulardan

Mehmon
02 iyun 18:37
bunakalar kushikchi emas boshi osmonga etgan oliftalar bu "Chuv tushdi" loyixa bumasa shunaka bularkanda atrofdagi odamlarga nisbatan xurmat  bir tiyinga kimmat kushikchilar yashang zur ish kibsizlar!!!

Mehmon
02 iyun 18:32
Olgani yaxshi bundan kora...... Qoriqchi bilan yurishga balo bormi.... Asl kechiringsini korsatibdi-da Farxod va Shirin jamoasi. Qoriqchi ximoya uchun kerak lekin qol kotarib jaroxatlash, zoravonlik qilish uchun emas. Qoriqchi olib yurishga qonuniy xaqlari bormikan bu sanatkorlarni?????

Mehmon
02 iyun 16:41
Farxod va shirin juftligi, ularning sanati , yonalishi menga yoqardi. Bu vaziyatdan song negadir ularni qopol va yulduzlik kasaliga chalinganmi deb oylab qoldim. Nima bolganda xam bunday muomala qilish kerak emasdi.

Mehmon
02 iyun 07:28
Essiz, xayf ularga madaniyat xodimi bulish!

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz