» » Shahzoda Manzura va Rayhondan qo'rqqan ekan

Shahzoda Manzura va Rayhondan qo'rqqan ekan

:
Shahzoda Manzura va Rayhondan qo'rqqan ekan
:
28-05-2015, 06:43
:
3145
 
 
 
Shahzoda MUHAMMEDOVA: MANZURA VA RAYHONDAN QORQQANMAN

      Aktrisa Shahzoda Muhammedova jonlantirgan qahramonlar kopchilikka yoqadi, u yaratgan liboslarga yuqori baho berganlar ham kam emas. Ayrim teleloyihalar sabab Shahzodaning boshlovchilik qobiliyati ham kashf etildi. Biroq biz yashayotgan makon bekorga bir kam dunyo, deya tavsiflanmaydi. Chunki aktrisa yaratgan obrazlarni xushlamaydiganlar ham topiladi. Yaxshisi, qoshiq kuylamasa, degan fikrlar ham, albatta, aytilgan. Biroq shou-biznesda oxirgi vaqtlarda anqoning urugiga aylanib borayotgan samimiyat Shahzoda Muhammedovaning ikkinchi ismi, desam ham mubolagaga yoymaysiz. Buni beshta tanqidiy va beshta ijobiy savollarimizga bergan javoblaridan ham payqaysiz, degan umiddaman.
 
1 TANQID

- Ijodingizda tortinchi oringa qoyilgan xonandalikka zor bermaganingizga qaramay, qoshiqlaringiz soni  allaqachon beshtadan oshdi. Ammo ularning aksariyati sevgi yoq, sevgiga ishonmang, qabilida kuylangan. Bu dunyoqarashingizga bogliqmi yoki shunchaki ijod namunasi?
- (kuladi) Haqiqatda, dunyoqarashimga bogliq. Negadir sevgiga ishonmayman. Ayni damda hayot yolimda bunga ishontirishga urinayotgan yigitlar uchrayapti. Lekin ular ham ishontira olganlari yoq. Yuragim ham jiz etganicha yoq. Vaqti soati kelib, qoshiqlarim mavzulari ozgarib qolar

2 TANQID

- Shou-biznesda dostlik reallikdan nisbiylikka tomonchekinayotgandek. Har holda sanatda dostlar yoq, deydiganhamkasblaringiz ham topiladi. Shahzoda Muhammedova aktyorlarortasidagi dostlik tushunchasiga qanday munosabatda?   
- Menimcha, barcha hamkasblarim bilan dostona munosabatdaman. Ammo Asal Shodieva bundan mustasno. U sanatga mendan oldin kirib kelgan. Shuning uchun ham uni hurmat qilardim. Garchi tanish bolsak ham salomdan nariga otmasdi. Bazi kontsertlarda korib kormaslikka ham oldi. Anchagacha xafa bolib yurdim, keyin etibor bersam, u boshqa aktrisalar bilan ham shunday munosabatda ekan.

3 TANQID

- Ijtimoiy tarmoqlardagi soxta Shahzoda Muhammedovalar haqiqiy Shahzodaga muammo tugdirganmi?   
- Afsuski, ha. Hatto, hamkasblarim ham soxta Shahzodalarni men deb oylab, uzoq suhbat qurib yurgan ekan. Achinarlisi, ijtimoiy tarmoqlarda taniqli insonlar nomidan royxatdan otadi-da, xohlagan ishini qiladi. Suratlarimni kompyuter dasturi yordamida ozgartirib, shanimni bulgashga urinib ham korishdi. Birda hamkasblarim bilan urushtirib qoyishga harakat ham qilish-  di. Alam qiladigani, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmay turib, aybsiz aybdorga aylanib qolganman.

4 TANQID

- Birinchi aprel hazili sifatida tayyorlangan xonanda Otabek Mutalxojaev va aktrisa Shahzoda Muhammedova oila qurdi, xabari kelajakda oilaviy hayotingizga salbiy tasir otkazishidan chochimaysizmi? Chunki qizlar hayotida faqat bir marotaba egniga oq libosni kiyishni xohlaydi   
- Bilmadim, shu kungacha kop bora toy libosini kiyishimga togri kelgan. Bir necha marta filmlarda, bir qancha reklamalarda suratga tushganman. Odatda, irim-sirimlarga etibor bermayman, lekin kopchilik osha hazilga ishongan ekan. Viloyatlarga borganimda muxlislar tabriklab, baxt tilardi. Xijolat bolardim. Bir safar Navoiy viloyatida ikki ming kishi yigilgan katta toyda boshlovchi edim. Toy egalarini davraga taklif etib, ularni tabriklasam, quda xola ham mening oila qurganimni aytib, tabriklab ketsalar boladimi? Keyin boshidan barchasi hazil ekanligini tushuntirishimga togri kelgan.

5 TANQID

- Muxlislar sizning xonandalar Rayhon, Manzura, Lola, Iroda Dilroz, aktrisa Madina Muxtorovalarga taqlidlaringizni korgan, eshitgan. Ulardan qanday fikrlar eshitgansiz? Agar sizga sahnada taqlid qilishsa, qanday munosabatda bolasiz?
- Togrisini aytsam, Manzura va Rayhondan juda qorqqandim. Chunki ular mendan katta va sanatda oz orniga ega insonlar. Parodiyalardan keyin munosabatlari ozgarsa kerak, deb oylasam, yoq, ularga yoqdi. Bir davrada aktrisa Nargiza Salmonova menga taqlid qilgandi. Qizigi, boshida tashqaridan odamga yoqmas ekan. Faqatgina ikkinchi davrada eshitganimda ozim ham maza qilib kulgandim.

1 MAQTOV

- Shahzoda, siz  bosh rolda suratga tushgan birinchi filmingiz katta ekranlarga chiqqaniga ham salkam olti yil bolibdi. Muvaffaqiyatingiz ayrim hamkasblaringiz kabi yoqolib qolmadingiz. Qaytaga ijodning boshqa yonalishlarida ozingizni sinab korishga ulgurdingiz. Biroq oz vaqtida qarshiliklarga duch kelganingiz ham rost. Demak, qaysidir manoda mashaqqatli yolni bosib otyapsiz, shundaymi?
- Bilasizmi, bizning avlodimizdan sanatkor chiqmagan. Ularning aksariyati yo tadbirkor yoki huquqshunos bolishgan. Bolaligimdan sen artist bolmaysan, deb qulogimga quyishardi. Turgan gapki, uydagilar kinoda suratga tushish niyatim borligini eshitgach, kop qarshiliklarga uchraganman. Shunda ozimga Bir kun kelib baribir artist bolaman, deb soz berdim. Respublika rassomlik bilim yurtining badiiy tarixiy liboslar boyicha modeler-dizaynerlik yonalishini tamomladim. Songra oliygohda sanat yonalishida tahsil olishni rejalashtirganimda oilamdagilar, yo bizni yoki sanatni tanla, deyishdi. Natijada, turizm sohasida tort yil zorga tahsil oldim. Kursdoshlarim ham  mening boshqa sayyoradan ekanligimni his qilishardi. Darslarda ham surat chizib, qoshiq xirgoyi qilib otirardim. Xullas, sayyohlik yonalishida oqiyotgan talabalar orasida artist edim. Lekin kurashdan toxtamay, sekin-astalik bilan sanatga qadam tashladim. Buni sezgan buvim meni jazolashga urinib kordilar. Ayniqsa, ilk epizod rolda suratga tushganimni eshitgach, avtomobilimni olib qoyib, Xohla istaganingdek sanatkor bol, yoqsa, men tanlagan kasbning qolidan tutasan, deganlar. Malum vaqt davomida salomlarimga alik olmay, gaplashmay qoydilar. Osha paytlar  televizorda korinib qolsam, darhol boshqa kanalga olardilar. Buni qarang-ki, oradan olti yil otgach, oilamizda eng sanatsevar insonga aylandilar.

2 MAQTOV

- Malumotlarga qaraganda, bir filmdagi ijroingiz uchun ortacha 2500-3000 AQSh dollari miqdorida gonorar olar ekansiz. Ayting-chi, gonorarni nimaga qarab belgilaysiz: rejissyorning mashhurligi, kinoni suratga olish muddati yoki partnyorlaringizga?
- Kop hollarda filmni suratga olish muddatiga etibor beraman. Hozirgi kunda aktrisa loyihadagi liboslarga sarflanadigan xarajatlarni ham yonidan tolaydi. Shu sababli, obrazimga qarab ham, yani qanday kiyinishimni hisobga olib ham gonorar miqdorini belgilashim mumkin.

3 MAQTOV

- Dizayner, aktrisa, boshlovchi, xonanda, qiziqchi. Sizni kimdir liboslar yaratish boyicha mohir dizayner deb biladi, kimdir komedik obrazlarni mahorat bilan ijro etuvchi aktrisa, deb hisoblaydi, boshqa bir sanat ixlosmandlari esa boshlovchi sifatida taniydi. Togrisini aytsangiz, bugun qaysi yonalishda yaxshiroq ijod qilyapman, deb oylaysiz?
- (oylanib) Xonanda sifatida qoshiq kuyladim, ammo bu borada kop fikr eshitmadim hisob. Balki reklamasiga etibor bermaganimgadir, balki mahoratim kamligidandir. Oylashimcha, aktrisa va dizaynerlik ortidan koproq maqtov eshitaman. Agar orinlarga bolib chiqsak, birinchi orinda aktyorlik, keyin dizaynerlik, uchinchi orinda boshlovchilik va shundan song xonandalikni qoyardim. Chunki torttala yonalishni birdek yaxshi koraman, ularning birini tanlab, boshqasidan voch kecholmayman.

4 MAQTOV

- Ijodkor ozini barcha sohada sinab korishi togrimikan? Nazarimda, sanatning qadri ham shunda. Agar barchasiga birdek davo qilsangiz, ularda kelajakka muhrlangan ijodiy ishlar mavjudmi, nima deb oylaysiz?
- Men suratga tushgan filmlarning aksariyati nodavlat filmlar. Ularning ayrimlari televidenie orqali namoyish etiladi. Kelajakda tarixiy kartinada ishtirok etsam, deyman. Filmlar borasidagi birgina yutugim men rol oynagan malum bir loyihalarni har yili aqalli bir marta televizorda korish mumkin. Rassomlik borasida esa turli millatlarga xos liboslar kollektsiyasini yaratib, uy-muzeyimda asrab qoyganman. Hayotimning qaysidir bosqichida barcha kompozitsiyalarimdan iborat korgazma yaratib, ijodiy dunyoimni ochib berishni niyat qilganman.

5 MAQTOV

- Omad kartinasidagi kotiba qiz roli karerangizdagi ilk rol sanaladi. Va songgi marotaba Yuragim seniki loyihasida rassom qiz obrazini jonlantirdingiz. Lekin negadir boshqa ijroingiz bananga boshqorongu bolgan kelin rolichalik mashhurlikka erishmadi
- Men bir narsadan xursandman: bazi bir aktyorlar rol oynayveradi-oynayveradi, ammo tashrif qogozga aylanadigan qahramonini topolmaydi. Menga esa on etti yoshimda suratga tushgan filmim omad keltirdi. Shuning ozi olam-olam xursandchilik beradi. Togri, vaqt otgan sari charxlanasiz, ulgayasiz, qarashlar, nigohlar ozgaradi, dunyoqarashingiz osadi. Ammo bolalarcha ozim bilib-bilmay oynagan rolim koproq omad keltirdi. Buni tan olaman!
 
Manba: "Bekajon"

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?