Закладки Rossiya vakiliga nol ball

Название:
Rossiya vakiliga nol ball
Дата:
25-05-2015, 08:40
Автор:
Просмотры:
694
 
 
 

"Evrovidenie-2015" tanlovi g’olibini aniqlash jarayonida Litva Rossiya vakiliga nol ball qo’ydi


Venada 23 maydan 24 mayga o’tar kechasi 60-chi "Evrovidenie-2015” xalqaro musiqiy tanlovi o’z nihoyasiga etdi.

1-o’rinni Shvetsiya vakili, 28 yoshli qo’shiqchi Mons Zelmerlyov qo’lga kiritdi. U "Heroes” qo’shig’ini kuylab, ovoz berish jarayonida 365 ball to’pladi.

2-o’rin Rossiya vakili Polina Gagarinaga nasib etdi. Rossiyalik qo’shiqchi "A Million Voices” qo’shig’ini kuylab, 303 ball to’plashga muvaffaq bo’ldi.

Oxirgi bo’lib ishtirok etgan Italiyaning Il Vilo triosi – Pero Barone, Inyatsio Bosketto va Janluki Jinoble "Grande Amore” qo’shig’i bilan 292 ball to’plab, munosib ravishda 3-o’rinni egalladi.

G’olibni aniqlash jarayonida jamoalar o’z raqiblarini baholashdi.

Qayd etish joizki, bu jarayonda jamoalar siyosiy munosabatlar asosida harakat qilishgandek tasavvur hosil bo’ldi.

Gruziya va Kipr Rossiya vakiliga 5 ball berdi, Islandiya esa Polina Gagarinaning chiqishini undan ham kam - 3 ball bilan baholadi. Rossiya vakilasining asosiy raqibining jamoasi bo’lgan shvetsiyaliklar esa 6 ballni etarli deb bilishdi.

O’z navbatida Rossiya vakiliga Belarus, Armaniston, Ozarboyjon va Germaniya 12, Ispaniya, Belgiya, Daniya, Serbiya, Latviya, Moldaviya, Ruminiya va Italiya 10 balldan, Albaniya, Chexiya, Gretsiya va Avstriya 8, Malta va Chernogoriya esa 7 balldan baholashdi.

Qayd etish joizki, Makedoniya hech qaysi jamoaga uchdan yuqori ball qo’ymadi.

Avstraliya esa Rossiya vakiliga 10, Shvetsiyaga esa 12 ball qo’ygan. Germaniya esa aksincha, Shvetsiya uchun 10, Rossiya uchun esa 12 ball bergan. Irlandiya Rossiyani 8, Shvetsiyani esa 10 ball bilan baholagan.

Frantsiya shvedlar uchun 8, ruslar uchun 10 ball bergan. Shveytsariya Rossiyaga 7, Shvetsiyaga 12 ball qo’ygan. Finlyandiya Gagarinani 8 ball, Mons Zelmerlyovni esa 12 ballga loyiq ko’rgan.

 

Manba: XabarlarUz


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?