» » MILLIONchilarning qaltis hazillari

MILLIONchilarning qaltis hazillari

:
MILLIONchilarning qaltis hazillari
:
30-09-2014, 04:40
:
19045
 
 
Qaltis hazillar "MILLIONchilar uchun qimmatga tushdi...

Jamoaning litsenziyadan mahrum qilinishi sabablari oydinlashdi

     Keyingi yillarda ozbek qiziqchilik sanatida bir necha yangi qiyofalar kashf etildi. Xususan, "Komedi.uz, "Dizayn, "Million jamoalarini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Ayniqsa, "Million jamoasining chiqishlari kopchilikni etiborini tortdi. Munosabat ham shunga yarasha: kimdir jamoani maqtasa, yana kimdir umuman hazm qila olmadi. yaqinda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Million litsenziyadan mahrum etilganligi togrisidagi xabar kopchilikni befarq qoldirmagani aniq. Bu boradagi taxmin va ovozalarga aniqlik kiritish maqsadida "Million jamoasi azolari Behzod Komiljonov, Davron Kabulov hamda "Ozbeknavo estrada birlashmasi bolim boshligi Odiljon Abduqahhorovlarni suhbatga chorladik.

Oldin bir narsaga aniqlik kiritib olsak: "Million avval ham bir necha bor ogohlantirilganmi?
Davron Kabulov: "Bir necha marta deyilishi notogri. Otgan yili kontsert qoyayotganimizda "Ozbeknavodan ogohlantirish olganmiz va ularning tavsiyalari boyicha dasturga ozgartirishlar kiritilgan.

Ilk kontsert dasturlaringizdagi Mirjalol Qosimov bilan bogliq korinish hali ham kopchilikning yodida. Terma jamoamiz bosh murabbiyidan kechirim soraganlaring rostmi?

Davron Kabulov: Mirjalol Qosimovdan jamoamizning hech bir azosi kechirim soramagan, chunki kechirim soraydigan narsaning ozi yoq. Hazillar terma jamoani jahon chempionatiga chiqa olmagani bilan bogliq, shaxsiyatga tegadigan emas. Tadbirlardan birida Mirjalol akani uchratib qoldik, oxshatish qilgan yigitimiz Otabek Mirjalol akani oldiga borib, ozini tanishtirgan, u kishi "E, osha bola senmiding, rosa boplapsan-ku? Ozim kormadim, lekin kopchilik aytdi degan. Bor gap shu.

"Million kopchilikning nonini yarimta qilib yurgani uchun shu ahvolga tushdi, degan davolarga nima deysiz?

Behzod Komiljonov: Jamoamizda faqat Davron professional tarzda shou-biznes bilan shugullanadi, qolgan yigitlar uchun bu oziga xos xobbi. Xabaringiz bor, 4 kun davomida "Istiqlol sanat saroyida kontsert berdik. Eng past 10 mingdan 50 ming somgacha bolgan narxlarni belgiladik. Hamma yoqqa tarqalib, qolma-qol bolib ketgan disklardan ham bizga hech qanday moliyaviy foyda yoq. Qolaversa, "Million jamoasida ornatilgan temir qoida bor jamoa toy xizmatlariga bormaydi.

"Dost kim, dushman kim, bilinib qoldi, debsizlar. Buni qanday tushunish mumkin?

Behzod Komiljonov: Kontsertlarimiz, disklarimizni korib, maqtab yurganlar gazetalar, saytlarda maqolalar chiqib, litsenziyamiz olingandan song orqavarotdan "togri bopti, allaqachon shunday qilishlari kerak edi, deyishibdi...

Bu muammolarga duch kelmaslik uchun kontsert dasturi stsenariysini "Ozbeknavo mutasaddilariga korsatib olsalaringiz bolmasmidi?

Davron Kabulov: Stsenariyning xomaki nusxasi ham, sahnada ketadigan yakuniy korinishi ham "Ozbeknavodan otkazilgan. Busiz iloji yoq. Faqat bir narsani tushunmayapmiz: kontsert 5 oy avval bolib otdi, disklar chiqqaniga ham bir-ikki oy boldi. Birdaniga gazetalar, saytlarda tanqidiy maqolalar, shov-shuv...

Yigitlar, oxirgi dasturda qaltis, qopol hazillar ham ketganligini nega tan olmaysizlar? Sanab berishim mumkin.

Behzod Komiljonov: Kamchiligimiz yoq, litsenziyadan bekor mahrum qilishdi, degan fikrdan umuman yiroqmiz. Bizni togri tushunishlarini istardik: "Million yigitlari 6-7 yildan beri sanatda ozini sinab yurgan bolsa-da, jamoa sifatida shakllanganimizga endi bir yildan oshdi. Bor-yogi 2 ta kontsert qoydik. Qisqasi, endi yolimizni topyapmiz.

Davron Kabulov: Har qanday tanqidni qabul qilishga tayyormiz. Chunki hali bir narsani qoyillatib qoyganimiz yoq. Faqat kelib, biz bilan tanishib, "Qani, senlar nima qilyapsan ozi? Mana bu sahna korinishi orqali nima demoqchisan deb bir ogiz fikr soramasliklari alam qiladi. "Yoshlar tarbiyasiga salbiy tasir otkazadi, deyishibdi. Yillar mobaynida shakllanadigan tarbiya qanday qilib uch soatlik dastur davomida buzilishi mumkin?

Ijtimoiy yuki bor korinishlarga koproq urgu berilsa yaxshi emasmidi?

Davron Kabulov: Kundalik hayotdagi muammolarni sahnaga olib chiqishga harakat qilyapmiz. Bir narsani togri tushunaylik: kulgu dasturlari boshdan-oyoq jiddiy mavzular atrofida oralashaversa, tomoshabin uchun qizigi qolmaydi. "Million sahnaga majlis otkazishga emas, kontsert berish uchun chiqadi.

"Ozbeknavo estrada birlashmasi bolim boshligi Odiljon Abduqahhorov:

"Million jamoasining litsenziyasi haqiqatan ham tugatilgan. Jamoa azolariga buning sabablari tushuntirildi. Bu chora jamoa yol qoygan xato va kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun qollanildi. Kontsert dasturi davomida stsenariydan chetga chiqish holatlari bolgan, qolaversa, litsenziya aynan mana shu kamchilik uchungina tugatilgani yoq. Boshqa sanat turlari kabi qiziqchilikning ham oziga yarasha talablari bor va istaysizmi-yoqmi, ularga amal qilish kerak. Oylaymanki, jamoa bundan togri xulosa chiqaradi. Keyinchalik ijobiy ozgarishlar roy bersa, litsenziya olib, yana faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

"Million jamoasi azolari, "Ozbeknavo mutasaddisi va jurnalist fikrlari bilan tanishdingiz. Bu vaziyatda yana bir tomon muxlislar ham borligini unutmasligimiz kerak. Kulgu sanati vakillari (bu gap "Million jamoasiga ham tegishli) bazan tor davralar, gap-gashtaklarda aytishga loyiq latifalar, korinishlarni sahnaga kotarib chiqishdan tap tortishmayapti. Meyor, did emas, "tomoshabin shuni xohlayapti, degan bahona kopincha tosh bosib ketayotganini inkor etolmaymiz. 

Azizbek ABDUVALIEV.
"Darakchi"dan olindi
 
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
azik1155
Millionga gap yo'q yaxshi jamoa edi. endi miriqib qiziqarli konsert ko'rishni boshlagandik. shunixam ko'p ko'rishibdida...
  • 30 2014 22:25
xisomiddin
million zo'r
  • 1 2014 17:26
otabek0505
Nima emish "Million" yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan latifalar aytgan emish!))) Qani, menga Xojiboy Tojiboyevdan keyin o`zbek qiziqchiligida kulgini bachkanalik deb qabul qilmasdan, haqiqiy qiziqchilik qonun qoidasi bilan, so`zga ustaligi yoki ajoyib tamoshasi bilan kuldirayotgan bitta qiziqchini aytingchi! Hamma, Hamma qiziqchining qo`lidan keladigani faqat intim mavzudagi repertuarlar bo`lib qoldiku! "Million" ham shulardan bittasida!
Menga "Million" jamoasi yoqadi ham, yoqmaydi ham demayman! Ular hozirgi o`zbek shou biznesining "bemaza qovunning urug`idek" ko`payib ketgan vakillaridan edilar! Lekin ularning litsenziyasi olib qo`yilishiga sabab bitta, ularning rost gapni gapirishgani bo`ldi! 
 
BIZDA ROST GAP KECHIRILMAYDI!
  • 4 2014 14:41
CocaCola
Eng zuri milion edi mayli yaxshi bup ketar
  • 6 2014 22:14
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?