TURMUSH O'RTOG'I O'ZGARTIRDI

:
TURMUSH O'RTOG'I O'ZGARTIRDI
:
12-09-2014, 04:30
:
4147
 
 
     Suhbat uchun taklif etilgan jurnalist qahramonimiz bilan yaqin dugona ekanligini bilganimiz bois avvaldan kelishib oldik: Yon bosish bolmasin! Loyihada siz jurnalist, u esa suhbatdoshingiz. Shu bahona korishib, gaplashib olamanmi degandim, kop kordingiz deganicha kino va teatr aktrisasi Nigora KARIMBOEVA jurnalist sifatida mahoratli ijodkor Shodiya ABDUQODIROVAni soroqqa tutdi.

Bu yilgi bayram senga ikki karra quvonchli keldi! Ozbekistonda xizmat korsatgan artist unvoniga sazovor bolding! Yana bir bor tabriklayman!

Katta rahmat! Chindan ham bu yil bayramni ozgacha shukuh bilan qarshi oldim! Meni shunday unvonga munosib korishganidan minnatdorman!

Munosibsan, Shodiya. Axir sen kabi teatrga jon berib ishlaydiganlar kop.

Yodingizda bolsa, sizni ham ilk marta teatrda uchratganman. Oshanda zinada korib qolib, quvonchim ichimga sigmagan. Eslaysizmi, oldingizga borib, Sizni juda yaxshi koraman. Shu erda ishlashingizni bilmagan ekanman, degandim. Siz bolsa, hayron bolgancha, rahmat aytgansiz.

Buni qara, eslolmayapman. Shunday bolganmidi-a?

Ha! Ilk rolimni ham siz bilan birga Shekspirning Yoz tuni garoyibotlari spektaklida ijro etganman. Osha paytlarni juda kop eslayman. Menga elkadosh, maslakdosh bolgansiz.

Juda maqtab yubording-ku!

Rosti ham shu-da! Suhbatdoshim siz ekanligingizni bilib, xursand boldim. Sanatkorlar bir-birini yoqtirmaydi, degan fikrga qoshilmayman. Mana, biz necha yillardan beri dugonamiz-ku?!

Har kimning oz dunyoqarashi bor-da. Xosh, ozingda nima gaplar? Tugruq tatili tugay, deb qoldimi? Qachon ishga qaytmoqchisan?

Hozircha ishga qaytishni istamayapman. Qizimni kozim qiymayapti. Oyijonimning mendan kora yaxshi qarashini bilsamda, baribir soginam. Yiglamayotganmikan, qorni ochmadimikan, deb oylayveraman. Ozingiz yaxshi bilasiz, kasbimiz soxtalikni, yolgonni yoqtirmaydi. Xayolim bolamda bolsa, sahnada borligim bilan rol ijro qilolmayman.

Rostini ayt, teatrni qanchalik soginding?

Judajuda sogindim. Sahnani, tomoshabinlarni Ammo farzandim hammasidan qadrliroq!

Qizchang ham katta bolib qolgandir?

Yaqinda besh oylik boladi. Ismi Maryamxon.

Ismini ozing tanladingmi?

Oyijonim va turmush ortogim tanlashdi. Aytishadi-ku, har bir bola oz ismi bilan tugiladi, deb. Qizim dunyoga kelgach, unga qaradim-u, shu ism mos kelishini tushundim. Manosi ham juda chiroyli.

Balki tugruq tatilini uzaytirarsan, nima deding?

Nasib qilganida. Lekin farzandlarim kop bolishini astoydil niyat qilganman.

Niyatingga et! Ozimda ham shunday bolgan, farzandli bolgach, mitti odamchani korib, Yiglab qolsa-chi, betob bolsa, nima qilaman? deya xavotirlanganman.

Men ham! Turmush ortogim juda bolajon. Kop narsani u kishidan organdim. Oyijonlarim yordam berishayapti. Balki yoshim ulgayib, farzandli bolganim uchunmi, menda onalik his-hayajoni, masuliyati boshqacha kechayapti.

Turmush ortoging, qaynonang haqida doim tolqinlanib gapirasan. Qongiroq qilsam, biror mazali taom pishirayotgan bolasan. Vaholanki, bir vaqtlar sen haqingda Shodiyani egib bolmaydi. Qolipga solish qiyin, deyishardi.

Togri, ozim ham ozimni bunday obrazda tasavvur qilolmasdim. Har kunim aniq rejalashtirilgan, teatr, kino, repetitsiya, bir tomonda institutda dars beraman. Shunday paytlar bolardiki, kechga yaqin uyga kirib kelardim. Onam uy ishlariga chalgib qolmasligim uchun barcha sharoitni yaratib bergandi. Ovqatni ham, ertalabki nonushtani ham ozi tayyorlardi. Mana, bugun shularning hissasini chiqarayapman. Menga berilgan unvon chin manoda onamniki desam ham boladi.

Bu ketishda mohir pazanda bolib ketsang, ajab emas.

Albatta! Bilmadim buni qanday tushunasiz, lekin boshga tushgandan keyin xuddi bir umr uy ishlariyu pishir-kuydirni eplab kelgandek uddalarkansiz. Ammo tan olaman, qaynonamning ham yordami katta bolayapti. Ilgari qaynona desa, kelinni vahimaga soladigan ayolni tushunardim. Yoq, bunday emas ekan. Oyijonim ziyoli, tushungan ayol. Umuman taqdir menga atagan insonlar juda oqkongil, samimiy. Kasbimni tushunishadi, sharoit, imkoniyat yaratib berishadi.

Koz tegmasin! Qizing ham ozingga oxshaydimi?

Bilasiz-ku, turmush ortogim bilan birbirimizga oxshash jihatlarimiz kop. Maryamxonning xarakteri menga, korinishi esa dadasiga oxshaydi. Lekin hozirdan erka, aytganini qildiradigan. Oziga yarasha fel-atvori bor. Biror joyga ketsak, uyga kelishimiz bilan atay yiglashni boshlaydi. Shunaqa qilib, oldiga chaqirib oladi-da.

Shodiya, avval ham kino, seriallarda bolali ayollar rolini ijro etgansan. Hozir ona bolib, ekrandagisi bilan hayotdagisi haqida nima deyolasan?

Osmon bilan erchalik farq bor! Hozir osha rollarimni korsam, gashim kelsa kerak. Togri, har bir rolni mahorat bilan ijro etishga harakat qilaman. Lekin his etish boshqacha bolar ekan.

Demak, endigi ijrong umuman boshqacha bolarkan-da?

Shubhasiz. Ayni dam qanday hissiyotni korsatishim kerakligini anglayotgandekman. Ilgari juda mustaqil, barcha tashvishlarni elkamga ortib ketaveradigan, juda jiddiy qiz edim. Turmush ortogim ana shu hayotiy qarashlarimni ozgartirdi. Yaxshi muomalasi, shirin sozi bilan xarakterimdagi keskinlikni yumshatdi. Mening quyoshim bola oldi. Chindan ham oilada kop narsa erkak kishiga bogliq ekan. Bugun shunga yana bir karra ishonch hosil qilayapman. Hatto bazida hazillashib, Juda erkatoy bolib ketayapsan, Maryamxondan ham kichkinadeksan-a, deydi.

Shodiya, bilaman sen kuchli ayolsan. Kop kitob oqiysan. Nima deb oylaysan, oilada ayol aqlli bolishi kerakmikan? Chunki kopchilik erkaklar Menga entsiklopediya emas, xotin kerak, deyishadi.

Oilada ayol aqlli bolmasin, dono bolsin. Aqlli inson muammolarini hal qila oladi, dono esa ularga duch kelmaydi. Albatta, hech qaysi erkak ayolning aql orgatishini hazm qilolmaydi. Ayol ishda boshliq bolishi mumkin, lekin uyda uning boshligi bor. Bejiz, juftimiz haqida soz borganida xojayinim demaymiz.

Otgan galgi intervyudan keyin bir ayol tahririyatga qongiroq qilib, atay sen uchun savol qoldiribdi. Ayollar har qanday vaziyatda ham bolalarini oylashi kerak va shunga majbur deyishadi. Hatto turmushi jar yoqasida bolsa ham... Bir umr farzandlari uchun yashasa, ozi uchun yashamaydimi? debdi. Xosh, sening fikring?

Albatta, oilani saqlab qolishga harakat qilish kerak. Umuman iloji qolmasa, oilada har kuni mojaro, dilxiralik bolsa, er-xotinning kongli bir-biridan sovisa, yaxshisi, bunday turmushdan voz kechish kerak. Togri, hammamiz bolam deb yashaymiz, birov nima deydi, degan istoholadan chochiymiz. Ajrashibdi degan tamgadan qochamiz. Ammo nosoglom muhitda tarbiya topgan bolalarning ertasi nima boladi? Masalaning bu tomoni ham bor, axir.

Gapingda jon bor. Lekin bazi ayollar bolalarni niqob qilib, aslida eri bilan ochakishadi. Jiddiylashib ketdik-a, kel, ijoding haqida suhbatlashaylik.

Mayli.

Yosh ijodkorlar senga havas qilishadi. Kinoda oz uslubing, orningni topsang-da, teatrdan ketmading. Zero, kopchilik yoshlar bugun shunday qilishadi.

Teatr mening hayotim, jonu jahonim. Undan hech qachon voz kecholmayman. Oz vaqtida Haliyam teatringda ishlab yuribsanmi? Teatr senga nima berdi? deb kinoga otib ketishga davat qilganlar ham bolgan. Bazida yaxshi filmlarga taklif qilishganida teatrdagi repetitsiyalarga togri kelib qolardi. Hech kimga indamay, takliflarni rad etardim. Va bundan hech qachon afsuslanmaganman.

Sen berilgan rollarni etirozsiz ijro etasan. Xoh salbiy bolsin, xoh yoshi katta ayol. Kopchilik bundan qochadi.

Esingizdami, Kichkina rol bolmaydi, kichik aktyorlar boladi, deyishardi ustozlarimiz. Qaytar dunyo serialida bor-yogi 21 yoshda edim. Tutash taqdirlarda endigina 23 ga kirgandim. Lekin qari qiz obrazini ijro etdim. Ishonasizmi, teatrda ham salbiy rolga dublyor topish muammo boladi bazan. Hali turmushga chiqmaganmiz, nima deb oylashadi deyishadi bazilar. Sanatga kirib keldikmi, kechirasiz-u, kattami, kichikmi, salbiymi, gap-sozsiz ijro etish kerak.

Shodiya, suhbatimiz songida nimalardir demoqchisan

Ha, sezdingiz-a?! Quvonchim, hishayajonim ichimga sigmayapti. Albatta, ustozlarim, otaonam, yaqinlarimga minnatdorchilik bildirdim. Shunday bolsa-da, yana bir marta boshim erga tekkunicha tazim qilib qolaman. Bu nafaqat mening, balki barcha yaqinlarimning yutugidir.

Ofarin! Hamisha zavqu shavqqa tolib yasha!

Rahmat!

Dildora Yusufbekova yozib oldi.

Fotomuxbir: Burxon Usmonov

"Sug'diyona"dan olindi
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?