» » Manzura: Kelin bolsam, kocha-hovlini supurmayman!

Manzura: Kelin bolsam, kocha-hovlini supurmayman!

:
Manzura: Kelin bolsam, kocha-hovlini supurmayman!
:
6-08-2014, 02:43
:
4084
 
 

     Shou-biznes olamida bu ikki sanatkorni bir-biriga oxshatishadi. Bazilar, hatto, Manzura Mavluda Asalxojaevaning yoshligi, deya tariflaydi. Chindan ham shundaymi yoki yoqmi, suhbat bahona bilib olishga qaror qildik. Bugun Mavluda Asalxojaeva Manzurani ham ustoz, ham qaynona sifatida soroq qiladi.

Sening fel-atvoringni juda yaxshi bilaman. Dilidagi gapni shartta tiliga chiqaradiganlardansan. Bu odating biror vaqt pand berib qoyishi mumkinligidan chochimaysanmi?

Tilyoglamalik, ayyorlik qilish qolimdan kelmaydi. Nimani oylasam, shu tilimga kochadi. Togri, bazida oylamay gapirib yuborgan paytlar ham boladi. Lekin keyin fikrlab korsam, togri gapirganimni tushunaman. Felim sabab juda kop marta pand eganim rost. Ammo, baribir, bu odatimni ozgartira olmayman-da.

Mana shu chortkesarliging sabab seni yomon korib qolishlari mumkin-ku. Masalan, Ana Manzura kelayapti deb kimdir labini burishtirsa...

Shunaqasi ham boladi. Gohida kimningdir yoqinqiramagan nigohini sezib qolaman. Bazida yonginangda kulib turib, izingdan giybatingni qilishadi. Shunaqalar toifasida emasligimdan quvonaman. Kimdir meni yomon korib qolsa-chi, deb xarakterimni ozgartirmoqchi emasman.

Hech kimni hech qachon giybat qilmayman deya olasanmi?

(kuladi) Mavluda opa, juda chigal savollar tayyorlabsizmi?! Giybat qilmayman! desam, balki notogri bolar, lekin dedi-dedilarga qoshilmaslikka harakat qilaman. Dostlar davrasida bolsam ham, imkon qadar suhbatdoshimning yaxshi fazilatlarini aytishga urinaman. Chunki hayotimda shunday vaziyatlar bolganki, osha odam konglimga otirmadi-ya, deganimda kutilmaganda undan yaxshilik korganman.

Seni tadbirkor yigitga turmushga chiqayapti deb eshitdim. Shu gap rostmi?

Xorijlik tadbirkor bilan ham oila qurdim, koreyalik tijoratchi bilan ham toyim boldi... (kuladi). Hazil, hazil bilan lekin hali turmushga chiqayotganim yoq. Kuyovlikka nomzod ham aniq emas.

Tengdoshlaring turmush qurib, farzandli bolishayapti. Oilali bolish fursati etdi, chogi...

Vaqti-soati etganini juda kop yillardan buyon aytishadi. Lekin qachon va kimga taqdir bolishi faqat Yaratgangagina ayon.

Balki orzungdagi yigitni uchratmagandirsan? Ozim ham turmushga chiqish arafasida uzoq oylanganman. Sanatimni davom ettira olamanmi, tosiqlar bolmaydimi, deganman-da. Turmush ortogimning ozi ham sanatkor bolgani uchun tushunmovchiliklar bizda kuzatilmagan.

Siz meni yaxshi tushunasiz. Bazilar Ozing harakat qil, deyishadi. Hayron qolaman, axir harakat qilish erkak kishining ishi emasmi? Qizlar faqat yaxshi niyat qilib, turmushga tayyorgarlik korsa, boldi. Qolgani taqdir izmida. Konglimdagidek insonni uchratmaganim am rost.

Ayrim yigitlar sanatkor qizlar haqida notogir fikrga borishadi. Ijodkor qizlarimizda ham oz ornida hadik bor: Meni, kasbimni togri tushunarmikan, deya oylanadi.

Ha, togri aytasiz. Ozimga ham shunday savollar bolgan: turmush qurgach, sanatni tark etasizmi? Ertalab barvaqt turib, hovli supurasizmi? Tasavvur qiling, men erta turib hovli supursam?!

 

 


Hali hovli supurmayman degin?!

Oziz shunday yumushlarni bajarganmisiz? Hozir, masalan, uy ishlariga vaqt orttira olasizmi? Axir kun tartibimiz juda tigiz. Buning ustiga, men qatiy reja bilan ish tutishga organganman. Ertalab turib, kocha-hovlini supurmayman!

Turmush ortoging hurmati uchun ham shunday qilishga majbur bolasan.

Yoq, gapingizga qoshilmayman. Nega endi, erkak kishining hurmati mana shunaqa mayda narsalar bilan olchanishi kerak?

Togri. Ammo chiroyli urf-odatlarimiz bor. Yangi oila hurmati, qolaversa, kelinlik gashti ham aynan shunday odatlarimiz bilan bogliq. Qoni-qoshnilar ham kuzatishadi-da: Qani, Manzura qanday kelin ekan? deb.

Kimlarningdir gap-sozi bilan turmush ortogim va uning oilasiga bolgan hurmatimni baholash notogri. Bolajak umr yoldoshim uchun nimlarga tayyorligimni vaqt korsatadi. Yana bir gap, men bilan hayot yolini boglashni istagan inson fel-atvorimni korib-bilib uylanadi. Demakki, ozimga mos inson boladi.

Qaynonang bilan bir uyda yashashni qanday tasavvur qilasan?

Shunday mehribon qaynonalarni taniymanki, ularni korib, rosti, kelinlariga havasim keladi. Agar qaynonam ham men kabi fikrlaydigan, dunyoqarashi keng ayol bolsa, birga yashayman.

Xosh, bolajak umr yoldoshingning Yo oila, yo sanat degan shartini qabul qilolasanmi?

Bilmadim Butunlay voz kecha olmayman Moslashishim qiyin boladi. Ozimni, shaxsimni yoqotib qoysam kerak.

Hovli supurmasang, uyda otirmasang Oilaviy baxtga erishish uchun ayol kishi kop narsani qurbon qilishi kerak...

Oila uchun qurbonlik keltirish shartmi? Ota uyimni tark etib, turmush ortogimning xonadonida yashashim men uchun katta qurbonlik. Chunki ota-onam bilan birga yashashga, har kuni ularning diydorini korishga organib qolganman.

Kel, ijoding haqida gaplashaylik. Ijod qilayotganingga ancha yillar boldi. Nega shu paytgacha yakkaxon kontsert bermading?

Nasib qilsa, yakkaxon kontsert dasturiga tayyorlanayapman. Shoshma-shosharlik bilan kontsert dasturi okazayotganlarni korayapman. Kontsertiga tushsangiz, zerikkandan zalni tark etayotgan tomoshabinlarni korasiz. Men shundan qorqaman. Tayyor bolmasam, nima qilaman kontsert berib, deydiganlardanman. Balki bu ozimga juda talabchanligimdandir. Biroq masuliyatni his etishim oz mevasini beradi, albatta.

Manzura, senda ham bazida kuylagan qoshiging ozingga yoqmay, yana qayta ijro etgan vaziyatlar kuzatiladimi?

Juda kop marta. Ongimda koray taronasini ham ikki marta kuylaganman. Qoshiq tasmaga yozilgach, qayta-qayta eshitib koraman. Biror joyi yoqmasa, qaytadan ijro etaman. Qachonki, boldi maqul desam, shunda toxtayman. Yoqsa, davom etaveradi.

Bilishimcha, hozir jargon uslubida kuylash urf bolgan. Balki menga bu yonalish biroz erish tuyulayotgandir. Masalan, xorazm shevasida zamonaviy estrada yonalishida kuylansa. Sen bunga nima deysan?

Xorazmlik xonanda Bunyodbek Saidov bilan shunga oxshash uslubda duet ijro etdik. Menimcha, yaxshi chiqdi. Zamonaviy musiqa yonalishi va shevaga xos sozlar uygunligi menga yoqdi.

On yil oldingi Manzura bilan hozirgisining ortasida osmon bilan erchalik farq bor. Ayniqsa, tashqi korinishing borasida ozgarishlar katta. Bunga qanday erishding?

Yosh korinish uchun etarlicha uxlash kerak. Kuniga 8 soat uyqu insonni tetiklashtirib, asabni mustakamlaydi. Men bu qoidaga amal qilaman. Yarim tungacha ovoz yozish studiyasida qolib ketsam ham, uyga qaytgach, albatta, 8 soat uxlab olaman.

Bundan 6-7 yil avval ozdiradigan dori ichgandim. Organizmim doriga moslashib olgach, bir qutisini ichib boldim-da, keyin toxtatdim. Ishonasanmi, rosa bir yil davolanishimga togri kelgan. Sen ham shu kabi ozdiruvchi dori ichmaganmisan?

Rostini aytsam, parhez tutib, ozdiruvchi dori-darmonlarga murojaat etgan paytlarim ham bolgan. Lekin zararini bilganimdan keyin soglom fikrlay boshladim. Hozir faqat togri ovqatlanaman, koproq piyoda yurishga harakat qilaman, yoga bilan shugullanaman.

Ijodingga va shaxsiy hayotingda omad tilayman!

Rahmat!

 

U haqida:

Manzura juda samimiy, ochiqkongil qiz. Oylab korsam, haqiqatan ham u bilan oxshash tomonlarimiz kop ekan. Bugun suhbat baona bunga yana bir karra amin boldim.

 

Mavluda Asalxojaeva jurnalist rolini qoyilmaqom ijro etdi. Keskin savollar bilan Manzurani chinakamiga esankiratib qoygani ham rost. Qani koraylik-chi, keyingi safar uning ozi taklif etilgan jurnalist soroqlariga qanday javob berar ekan?

 

Dildora YUSUFBEKOVA yozib oldi.

"Sug'diyona"dan olindi


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz