» » JAMILA GOFUROVA: Turmushim butun deb, kozboyamachilik qilmayman!

JAMILA GOFUROVA: Turmushim butun deb, kozboyamachilik qilmayman!

:
JAMILA GOFUROVA: Turmushim butun deb, kozboyamachilik qilmayman!
:
1-08-2014, 03:25
:
4419
 

     Turli obrazlar bilan tajriba qilishdan chochimaydigan aktrisaga Eldido guruhi yigitlari savollar berishdi. 1Q3 tarzidagi suhbatimiz samimiy va quvnoq otdi.

     Eldor HUShVAQTOV: Suhbatni boshlashdan avval savollarimizdan ranjimasligingizni soraymiz. Chunki jurnalist roliga astoydil tayyorlandik-da.

Mayli, boshga tushganini koz koradi!

     Doston HAKIMOV: Songgi vaqtlarda kamnamosiz. Yangi loyihalar, kinofilmlarda ham korinmaysiz.

Ochigini aytsam, yangi obrazlar uchun taklif bolishini kutdim. Bir qolipga tushib qolmaslik uchun aynan yangicha uslub bolishi kerak. Menga ana shu narsa etishmadi. Shunga ham biroz tanaffus qildim. Lekin bu jimjitlik bekor ketmadi. Ozim hoxlagandek rollarga takliflar bolayapti.

      Dilniyoz GAFFOROV: Demak, siz uchun son emas, sifat muhim, shundaymi?

Ha. Togri, avvallari reklama uchun ham suratga tushaverardim. Chunki kinoga endi kirib kelgan paytlarim bu shunchaki havas, qiziqish edi. Bora-bora iqtidorim sayqallanib, qiziqishim kasbimga aylandi. Bugun esa yuki ogir obrazlarni gavdalantirishni istayman. Oynalgan rollarimni takrorlash niyatim yoq.

     D.H: Ijodingizni kuzatadigan bolsak, tomoshabinlarga salbiy rollar bilan tanilgansiz.

Bu fikrga qoshilmayman. Muxlislarim meni Shabbona filmidagi qahramonim orqali tanishgan. Shu kungacha 30 tacha filmda rol ijro etgan bolsam, shulardan 3-4 tasigina salbiy rollar, xolos. Togri, Bir kam dunyo, Armondagi ijrom, siz aytgandek, tomoshabinni gashiga tegadigan salbiy obraz. Ammo kopchilik meni ijobiy rollarim bilan eslaydi. Ozimga qolsa, salbiy rollarimni juda qadrlayman. Chunki har bir ijodkor esa aynan xarakterli rol ijro etishni istaydi.

     E.H: Qahramonlaringiz orasida konglingizga yaqini bormi?

Nokamtarlikka yoymang-u, ammo hali maza qilib oynagan rolim yoq. Konglimga yaqinrogi Shabbonadagi loli qiz.

D.H: Balki tashqi korinishingizni ozgartirib, umuman boshqa qiyofada tajriba qilib korish kerakdir. Masalan, komediya janriga nima deysiz?

Zulfiqor Musoqovning komediya janridagi Qovun kinofilmida suratga tushganman-ku! Ishonsangiz, kartinada ozimni umuman tanimay qolgandim. Hatto montaj qilayotganlar ham Bu qiz kim? deb sorashibdi. Tasvirga olish davomida Zulfiqor akaning qiziq bir odatiga guvoh boldim. U kishi barcha aktrisalarning yuzini sovun bilan yuvdirib, hech qanday pardozsiz suratga olar ekan. Meni ham shunday qilishdi, kozlarim gilay, pardozsiz. Bir tasavvur qiling-a. Yana Mening dadam boydoq filmida ham mugombir loli ayolni oynaganman. U ham komediya janridagi kino.

D.H: Aytgancha, fol ochib, uxlatgan pullaringizni joyiga qaytarmaganmishsiz. Haligacha sizni qidirishayogan ekanmi?

Hazilingiz ham bor bolsin-a?! Kim shu-u-u-uncha pulni qoshqollab berib qoyarkan?

D.G: Meni bir savol doim oylantirib keladi: nima uchun bizda aktrisalar bir-ikkita farzandli bolgach, bosh qahramonni emas, ikkinchi darajali rollarni ijro etishadi. Axir Garb kinosanoatida orta yosh ijodkor uchun ayni parvoz davri sanaladi-ku?!

Haqiqatan ham shunday. Aktrisaning endigina mahorati oshib, etarlicha tajriba orttirganida bosh rolga ololmayman, yoshingiz togri kelmaydi-da, deyishadi. Menimcha, bu savolni rejissyorlarimizga berish kerak. Axir filmdagi rollarni ular taqsimlashadi.

D.H: Biror kartinani tomosha qila turib, Shu rolni men oynashim kerak edi degan oy xayolingizdan otganmi?

Titanik filmini korib, Roza obrazini men ijro qilishim kerak edi, deganman. Juda tasirlanganman-da.

E.H: Niyatni katta qilibsiz, shunday rollar nasib qilsin. Bobur Yoldoshev, Adiz Rajabov, Aziz Rametov. Xosh, qay biri partnyor sifatida ekrandagi ideal juftingiz?

Adiz Rajabov, chunki bu aktyor bilan til topishishimiz oson.

D.G: Aldangan ayol, Kechikkan hayotdagi epizodik rollaringiz anchayin saviyali chiqqan. Jamila, bosh roldan kora epizodik rollarni yaxshi ijro etadi, degan fikrlar alam qilmaydimi?

Yoq, nega endi alam qilsin? Rolning katta-kichigi bolmaydi.

D.H: Ozingiz haqingizdagi eng galati mish-mish?

Buni eshitganimga 2-3 kun bolib qoldi. Onam kochada ketayotsa, bir ayol kino haqida ogiz ochibdi-da, kimga gapirayotganini bilmay turib: Jamila, juda beodob kiyinadi, yurish-turishi sayoq qizlarga oxshaydi, debdi. Nega bunday deysiz? Oziga qarab yurgan qizlar shunaqa bolaveradimi? debdi onam ham. Faqat shu gapni eshitib, biroz tabim xira tortdi. Aslida esa dedi-dedilarga etibor bermaydigan bolib qolganman. Kim giybat qilsa, gunohi oziga.

E.H: Hozirda kopgina aktyor-aktrisalarning shaxsiy biznesi bor. Bu borada rejalar qanaqa?

Farzandi bor onalar meni yaxshi tushunishadi. Kundalik xarajatlar degandek Xullas, qoshimcha daromad bolsa, ziyoni yoq. Ayni kunlarda biznes harakatida yuribman. Balki pardoz vositalari savdosiga moljallangan dokon yoki kichik qahvaxona ocharman.

D.G: Turmush ortogingiz biznes yuritishingizga qarshi bolmaydimi?

Turmush ortogim bilan anchadan buyon birga yashamaymiz. Taqdir ekan, turmushimiz bolmadi. Togrisi, bu mavzuni muhokama qilish niyatim yoq. Hozir ochiqchasiga gapirayotganimning sababi, Erim bor deb kozboyamachilik qilmoqchi emasman.

E.H: Jamila, suhbatga qizingizni ham olib kelibsiz. Katta qiz bolib qolibdi. U ham siz kabi aktrisa boladimi?

Qizimni juda yaxshi koraman. Uni bagrimga bosganimda barcha charchoqlarim tarqab ketadi. Uni ham kinoga taklif qilishayapti. Kichikligida bir qiziqishdek gap. Lekin Shirinabonu ulgaygach, albatta, shikofor boladi.

D.H: Uzr sorash imkoni berilsa, kimdan kechirim sorardingiz?

Kim bilandir arazlashib qolsam, darrov uzr aytaman. Uzoq xafalashib yuradigan odatim yoq. Aksincha, meni xafa qilganlarning qongirogini kutayapman.

D.G: Ozingiz haqingizda biz bilmagan uchta fakt.

E.H: Har birimizga uchtadan, aytasiz!

Shunchasini qaerdan olaman?!

D.H: Hazillashayapmiz.

Yaxshi, demak, birinchisi, men juda chiroyli raqsga tushaman. Ikkinchisi, tunda yulduzlar bilan gaplashadigan odatim bor. Va uchinchisi sevsam, juda qattiq sevaman.

D.G: Jamila, siz bilan dildan suhbatlashdik. Ijodingizga omad tilaymiz.

 

 

Shox-shodon yigitlar jurnalist rolini eplay olishdi! Qoyil! Keyingi sonimizda ularning ozlari taklif etilgan jurnalistning nishoniga aylanishadi. Ammo bu kim bolishi hali sir...


Dildora Yusufbekova yozib oldi.

Fotomuxbir: Sarvar OTAXONOV.

"Sug'diyona" gazetasidan olindi


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?