» » Daler AMETIST: Jizzakiman, sevgan qizim aksim bolishi kerak!

Daler AMETIST: Jizzakiman, sevgan qizim aksim bolishi kerak!

:
Daler AMETIST: Jizzakiman, sevgan qizim aksim bolishi kerak!
:
7-06-2014, 02:49
:
4291
 

Shu sondan etiboran Yulduzli zanjir deb nomlangan yangi loyiha boshladik! Loyiha shartiga kora, siz sevgan, yoqtirgan ijodkorlardan biri boshqa hamkasbidan intervyu oladi. Keyingi sonda esa intervyu olgan "yulduzimiz ozini boshqa sanatkorning savollar yomgiriga tutib beradi.

Ilk ishtirokchimiz Sahro guruhi solisti Daler Ametist. U bilan xonanda Dineyra suhbatlashdi. Dineyra kirib kelishidan boshlab intervyuga tayyorgarlik korishi jarayonini korib, uni xuddi imtihonga kelgan alochi oquvchiga oxshatdik. Ammo uning jurnalistlik borasida oz bolsa-da tajribasi bolgani uchun intervyu jarayonida ozini xuddi haqiqiy muxbirdek tutdi. Savollari ham soha vakillarinikidan qolishmaydi.

Eshitishimcha, guruhingizni ikkinchi solist tark etganmish...

Sahro guruhini toliq tarqaldi deb ayta olmayman. Biz sherigim Daler Xonzoda bilan anchadan buyon yakka tartibda ijod qilishni rejalashtirayotgan edik. Mana shu rejani amalga oshirdik, xolos. Kelajakda yana birgalikda ijod qilamiz deb umid qilaman.

Ayting-chi, nima uchun aynan Sahro guruhi?

Sababi tugilib voyaga etgan joyimiz Uchquduq sahro tomonlarda. Bundan tashqari, menga sahroi kabir kengliklari judayam yoqadi.

Deyarli qoshni ekanmiz, men Zarafshonda tugilganman. Guruhning barpo bolishi qanday amalga oshgan?

Daler Xonzoda bilan birga 2001 yildan buyon ijod qilamiz. U paytlar biz guruh emas, alohida ikki xonanda edik. Ozimizcha qoshiqlar yozib, ularga klip suratga olardik. Nimadir bolib, videolarimiz prodyusserlardan birining qoliga tushib qolgan. Keyin bizga birgalikda kuylashni maslahat berishdi.

 
 

Bilishimcha, qoshiqlar matnini ozingiz yozasiz. Nimalardan ilhomlanasiz?

Ilhom vaqt va makon tanlamaydi... Shu sabab doim yonimda bloknot olib yuraman. Chunki birdan ilhom parisi bilan uchrashib qolsam, oylarimni qogozga tushirishga ulgurish kerak. Turli insonlardan, qushlar sayrashidan, tabiatdan ham ilhom olish mumkin.

Sizning nazaringizda ijtimoiy tarmoqlardagi faollik ijodkor insonga qanday tasir korsatadi?

Ijtimoiy tarmoqlarning yaxshi tomoni, unda muxlislar bilan togridan-togri muloqot qilish imkoniyati bor. Ammo orgimchak toriga organib qolish ham yaxshi emas. Shuning uchun men ijod qilayotgan paytimda internetni ochirib qoyaman.

Qoshiqlaringizning yonalishi nima deb nomlanadi?

Yonalish rep uslubida, bu sozlar yigindisi. Ammo men ularni ozimcha gapirib qoyavermayman, sozlar chuqur manoga ega. Sevgan musiqiy yonalishlarimdan arembi, rok va pop musiqa bilan aralash rep.

Guruhingiz klassik ansambllardan qaysi jihati bilan farqlanadi?

Ozbek guruhlari ichida ilk bor rep uslubini qoshiqlariga qoshib kuylagan rusiyzabon guruh biz bolamiz. Besh xil tilda qoshiq ijro qilganmiz: ozbek, rus, fors, ingliz va frantsuz.

Bugungi kunda shou-biznesning asosiy muammosi?

Puli bor-u, istedodi yoqlarning ekranda paydo bolishi. Men ota-onasining puli evaziga kotarilayotganlarni tushunmayman. Nazarimda, ular qoshiq kuylashni emas, taniqli bolishni istaydi. Muxlis esa quloqqa har tomondan chalinayotgan qoshiqlarni majburan eshita boshlaydi.

Xosh, ijodkor orzularini amalga oshirish uchun nima qilish kerak?

Imkoniyat va iroda! Istedodli bolalarni albatta ijodiy togaraklarga berish lozim. Hamma inson ham kuchli iroda sohibi emas. Bazida maqsadi sari intilib, bir-ikki bor yiqilgan odam ornidan turib, yolida davom etishga ozida kuch topa olmaydi. Buning uchun balki ularga chetdan qandaydir turtki kerak bolar. Aslida qobiliyatlilar kop, ammo bazan orzularni amalga oshirish uchun imkon bolmaydi. Ozim xuddi shunday muammolarga toqnash kelganman. Ota-onam xonanda bolishimga qarshilik qilishgan. Ammo qaysarligim sabab ham aytganimni qildim.

Tanqidni qanday qabul qilasiz?

Sharqning qoni joshqin erkaklarimiz, demak, tanqiddan jahlimiz chiqishi tayin. Ammo yolgiz qolganimda aytilgan fikr haqida oylab, aql tarozisiga qoyib, ozimga kerakli xulosa chiqarishim mumkin. Yaqinlarim tanqidiga quloq solaman. Eng birinchi tanqidchim onam.

Ozingiz qaysi yonalishdagi musiqalarni tinglashni yaxshi korasiz?

Har doim har xil. Uxlashdan avval garchi ogirroq bolsa-da qalb yaralarini tirnaydigan taronalarni tinglayman. Ozim rep yonalishida ijod qilsam-da, klassik qoshiqlarning muxlisiman.

Guruhingiz bilan xizmat safarlariga tez-tez borib turasiz. Sizda katta taassurot qoldirgan shahar?

Sayyohat qilishni juda yaxshi koraman. Yurtimizning barcha viloyatlarida ijodiy safarda bolganmiz deb bemalol aytishim mumkin. Muxlislar soni boyicha Nukusni birinchi oringa qoyishim mumkin. Otgan yilgi kontsertimizga etti ming tomoshabin yigilibdi. Hayron qolganim, tinglovchilar barcha qoshiqlarimizni biz bilan birga yoddan aytishdi. Hattoki, radio tolqinlarida efirga uzatilmaganlarini ham.

Muxlislaringiz auditoriyasi yoshi orta hisobda nechchida?

Muxlislarimizni judayam yosh deb ayta olmayman. Bazida katta yoshlilardan ham ijodimiz haqida iliq gaplar eshitamiz. Togrisi, bu yoqimli. Bizning guruhimiz turli yoshdagi tinglovchilar uchun kuylashga harakat qiladi, shunga yarasha muxlislarimiz ham har xil.

Bugungi kunda ijodkorlar orasida duet kuylash urfga kirmoqda. Siz kim bilan duet kuylashni istardingiz?

Muxlislar guvohligida, mana, sizga birga duet kuylashni taklif qilaman. Taklifimni rad etmaysiz, degan umiddaman.

Jon deb qabul qilaman.

Aslida faqat duetlardan iborat albom chiqarish niyatim ham bor. Amalga oshadi degan umiddaman.

Yoqimtoy va istedodli yulduzlardan birisiz. Muxlislaringiz ham shunga yarasha kop bolsa kerak. Ular orasida aynan yuragingizni zabt etishi mumkin bolganini tasvirlab bering.

(Kuladi) Avvalo, u nazokatli bolishi kerak. Qopol, bor ovozi bilan baqirib gapiradigan qizlarni yoqtirmayman. Ayol kishining nozikroq bolgani yaxshi. Yana pazandalik, epchillik ham muhim. Sochlari jingalak bolishi shart (kulib)! Jingalak sochlilarni yoqtiraman.

Fel-atvori-chi?

Jizzaki bolmasin. Negaki ozimning felim shunaqa. Jahlim chiqqan paytda u meni tinchlantira olishi kerak. Bahslashmasin, orniga jim tursa, yoki yoqimli gap bilan konglimga yol topsa, yaxshiroq bolardi.

Intervyu uchun katta rahmat!

BIRINChI sozingiz?

Oyi

BIRINChI tajribangiz?

Velosipeddan uchib yiqilganim.

BIRINChI xatongiz?

Maktabda ikki baho olganim.

BIRINChI qiziqishingiz?

Togrisi, esimda yoq.

BIRINChI tish!

Sut tishi.

BIRINChI muhabbatingiz?

Toqqiz yoshimda...

Ismi-chi?

Esimda yoq... (kuladi) Aniqrogi, sir.

BIRINChI qoshiq?

Samarqand ogalari

BIRINChI itervyu?

O olti yoshimda. Samarqad viloyati televideiesi uchu bergadik.

Ertalab soat echchida kozigizi ochasiz?

Soat 7 yoki 7:30 da. Ertalab sport mashgulotlariga qatashama.

Koproq qaysi taomi istemol qilasiz?

Kartoshkali pyure jou dilim.

Sevga qizigiz bormi?

Yuq!

Rostmi sozigiz?

(Kuladi) Yoqadigalari kop.


Nigora SOLIHOVA yozib oldi.

Intervyu PROART kompaniyasida suratga tushirildi.


"Sug'diyona"dan olindi
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?