» » "Aktrisa bolmoqchiman, qogirchoq emas!"

"Aktrisa bolmoqchiman, qogirchoq emas!"

:
"Aktrisa bolmoqchiman, qogirchoq emas!"
:
11-05-2014, 05:59
:
3909
 
 
 

Shahzoda MATChONOVA: Men aktrisa bolmoqchiman, qogirchoq emas!

Dildora YuSUFBEKOVA, jurnalist: Uning samimiy tabassumi, mushohada qilib sozlashiyu oziga yarashgan jozibasi suhbatimizni qizdirdi. Ketma-ket filmlarda suratga tushib, anchayin mashhur bolishga ulgurgan Shahzoda MATChONOVA songgi ikki yil davomida negadir ijoddan uzoqlashib qoldi. Aktrisaning kutilmagan tanaffusi sababiga qiziqdik. Shu bahona qahramonimizni ochiq-oydin suhbatga chorladik.

Siz bilan yaqindan tanish bolmaganimiz bois, bazi malumotlarga qiziqib kordim. Shahzoda juda puxta qiz. Aytilgan vaqtda aytgan joyingizda boladi. Faqat ozbek tilida sozlasha olmaydi-da, deyishdi. Qani koraylik-chi, dedimu qongiroq qilganimda atay ozbek tilida sozladim. Ona tilimizda binoyidek suhbatlasharkansiz.

Ozbek tilida bemalol gapira olaman. Ammo tadbir yoki intervyularda fikrlarimni ruscha ifodalashga togri keladi. Ozbekcha talaffuzim chiroyli chiqmaydi-da. Har bir ijodkor adabiy tilda sozlashishni bilishi shart. Shu bois ham ayni kunlarda ozbek tilini mukammal organayapman. Nasib qilsa, keyingi intervyumizda sof ona tilimizda chiroyli gapirishga vada beraman.

Kelishdik. Muxlislaringiz sizni yoqotib qoyishdi. Kutilmaganda korinmay qolishingizning sababi nima?

Har bir ijodkorda shunday davr boladiki, ilhom kelmay qoladi. Oynayotgan rollaringdan kongling tolmay, nimadir kamdek tuyulaveradi. Menda ham shunday boldi. Buni anglashimdan avval xuddi robotga oxshab, berilgan rolni ijro etaverardim. Shahzoda yigla desa yiglardim, jilmay degan buyruq bolsa, kulardim. Bora-bora bu notogriligini angladim. Ayniqsa, bir xillik juda zeriktirdi. Avval ham bu haqda gapirganman. Men aktrisalik yonalishi boyicha tahsil olmaganman. Qolaversa, professional aktrisalikka hech davo qilmaganman. Ammo shu sohaga kirib, maxsus yonalish boyicha bilim olmagandan ham uyatlirogi, ijodkorning soxtalashib borishidir. Shunga ham tanaffus qilib, oz ustimda ishlashga qaror qildim.

Sir bolmasa, bu vaqt mobaynida nimalar bilan band boldingiz?

 

 


Sayohat qildim, kitoblar oqidim, turli janlardagi filmlarni tomosha qildim. Bir soz bilan aytganda, ozimni yangitdan kashf qilishga urinib kordim. Shu ikki yil ichida birorta ozbek filmini korganim yoq. Bu bilan ozbek kinosini tanqid qilishdan yiroqman. Shunchaki kino sohasidan uzoqlashib, oz ijromni tahlil qilgim keldi. Imonim komilki, bu ishni uddaladim. Hozir shuni aniq aytishim mumkinki, Shahzoda ishlashga tayyor! Ammo avvalgidek bolishni istamayman. U Shahzoda endi yoq! Endigisi mutlaqo yangi qiyofada, turfa rollar ijrosida nomoyon boladi.

Bazi aktrisalar tanaffus qilishdan chochishadi. Zero har bir sohada bolgani kabi kinoda ham oziga xos reyting tushunchasi bor. Qolaversa, ayni bosh rollarni oynaydigan vaqtingiz bu sizni xavotirga solgandir?!

Mubolagaga yoymang-u, zarracha chochiganim yoq. Ozingiz ayting, aktyor yoki aktrisalar reytingini kim tuzadi? Tomoshabin, film rejissyorlari yoki aktrisalarning ozimi? Men reyting degan sozga umuman ishonmayman! Fikrimcha, agar tomoshabin sizni hurmat qilsa, ikki yildan keyin ham mehri uzilmaydi. Agar rejissyorlar sizni aktrisa sifatida tan olsa, boring ana 10 yil otib, ham shunday bolib qolaveradi.

Yana ijoddasiz, takliflar kop bolayotgandir

Ha, takliflar bolayapti. Afsuski, aksariyatini rad etishga togri keldi. Film stsenariysiga etirozim yoq. Shunchaki bu toifadagi rollarni oynab bolganman. Ularni ekranda korinish uchun yoki gonorar ishtiyoqida ijro etish istagidan yiroqman. Bordi-yu, shunday qilgudek bolsam, ertalabdan suratga olish maydonchasida hozir bolaman-u, biroq haqiqiy hislarni chiqarib berolmayman. Bundan kora bepul suratga tushayin-u, ozim istagan rolni ijro etay. Ayni dam endi tanilib kelayotgan yosh rejissyorlardan birining filmida rol ijro qildim. Byudjeti kam bolsa-da, stsenariy goyasi maqul keldi. Qolaversa, qahramonim ham meni qiziqtirib qoydi.

Demak, oz ustingizda tajriba otkazishlariga ham qarshi emassiz. Masalan, komediya janrdagi kartinada oynay olarmidingiz? Deylik, rejissyor tashqi korinishingiz, soch turmagingizni ozgartirasiz, hatto bir necha kilogrammga tolishishingiz kerak, degan shart qoydi.

Aynan shunday rollarni kutayapman-da! Bilsangiz, tashqi korinishimni ozgartirib, mutlaqo yangi qiyofa yaratishni juda istardim. Mehnati ogir, murakkab rollarni ijro etish har qanday ijodkorning orzusi. Togri, mening nazdimda, qiziqarli tuyulgan qahramonni tomoshabin boshqacha kutib olishi mumkin. Zero xolis baho berish har kimning oziga bogliq. Shu bois ham tamoman ozgacha qiyofadagi rollarga tayyorman!

Nima deb oylaysiz, shu kungacha ijro etgan rollaringizda iqtidoringizni toliq ochib beroldingizmi?

YOQ! Chunki rollarimning barchasidan ham konglim tolmagan. Suratga olish ishlari yakunlanib, premera bolgach, Eh, mana bu kadrda boshqacharoq oynashim kerak edi, degan paytlar ham bolgan. Nokamtarlikka yoymang-u, lekin oz-ozini tanqid qilish ham katta jasorat.

Mashhur aktyor va aktrisalarimiz Shahzoda iqtidorli. Biroq yuz-koz texnikasidan keraklicha foydalanmaydi, degan fikr bildirishdi. Bunga qoshilasizmi?

Ehtimol shundaydir. Lekin mahoratimni oshirishga harakat qilayapman.

Imkoniyat berilganida, qaysi qahramonni jonlantirgan bolardingiz?

Shunchaki aytdi-qoydi-da, deb oylamang. Orzum tarixiy qahramonlarni ekranda gavdalantirish. Bibixonimni oynashni istardim. Yana Otgan kunlarni qaytadan suratga olishsa, jon-jahdim bilan rol berishlari uchun harakat qilardim.

Otgan kunlardagi qaysi qahramonni nazarda tutayapsiz: Kumushmi yoki Zaynab?

Unisi ham, bunisi ham. Chunki har ikkala qahramonning ham oz haqiqati bor. Yana bilasizmi, salbiy obraz yaratgim keladi. Togri, Sarob filmida salbiy qahramonim bor. Ammo bundanda jiddiyroq rol bolsa deyman.

 

 


Salbiy rollarning yuki ogir, qorqmaysizmi?

Yoq, ijromdan song meni yoqtirmay qolsalar, xursand bolaman. Chunki tomoshabin men orqali Shahzodani emas, aynan osha salbiy qahramonni korayotgan boladi. Balki sizga erish tuyular, ammo salbiy rolni ekranga olib chiqqaningizdan song tomoshabindan dakki eshitsangiz, bu aktyor uchun katta mukofot.

Ozingizdan qolar gap yoq, ijodkor hamisha muxlislar diqqat markazida. Gohida kimdir oyogidan chalishga urinsa, kimdir koklarga kotaradi. Tanlovingizni ota-onangiz qanday qabul qilishgan?

Aktrisa bolishni umuman xayolimga keltirmagan. Birinchi ijrom Aprel-maydagi qahramonim uchun dadamni arang kondirgandim. Shunda ham film rejissyori ayol kishi bolgani uchun rozilik bildirgan. Ammo oqishim borligi uchun Faqat tatil vaqti suratga tushasan, deya shart qoygan. Oqish davomida suratga tushmadim-u, shundan keyin kino olamida qolib ketdim. Chunki bu sohaga mehr qoygan inson osonlikcha uni tark eta olmas ekan. Dadam aktrisalikka jiddiy kirishganimni korgach, ishimni davom ettirishga rozi bolgan. Onam ham teatr va rassomchilik institutini bitirgan. Turmushga chiqqach, ozini oilaga bagishlab, sohasi boyicha ishlamadi. Bobom Bayram Matchonov esa Ozbekiston, Qoraqalpogiston va Boshqordiston halq artisti. Meni ilk murabbiyim ham shu kishi. Shu bois hech bir mubolagasiz bobomning yolini davom ettirayapman deyishim mumkin.

Yosh, korkam va taniqli aktrisasiz. Qolaversa, turmush qurish ostonasidagi qiz ekanligingizni ham unutmaylik. Sovchilarning izi uzilmayotgandir?

Turmush qurish masalasida ota-onamdan minnatdorman. Chunki rayimga qarab, majburlashayotgani yoq. Fel-atvorimdan kelib chiqib aytolamanki, oila mavzusida juda talabchanman. Shunchaki, erga tegishim kerak, deya oila qurib bolmaydi-ku! Tanlagan insoningizga nisbatan yuragingizda mehr-muhabbat bolishi juda muhim.

Sevgi haqida soz ochdingiz. Bundan chiqdi, Shahzoda oz shahzodasini topgan korinadi

(kuladi) Keling, shaxsiy hayotim sir bola qolsin...

Bir kun kelib, oila qurasiz, farzandlaringiz boladi. Mabodo turmush ortogingiz karerangdan voz kechasan desa, rozi bolasizmi?

Yoq! Ayolidan bir necha yillik mehnatidan voz kechishni talab qilish xudbinlik, menimcha. Togri, oilaning ham oziga yarasha masuliyati bor. Astoydil uddalayman degan ayol hammasiga ulguradi. Faqatgina yori tushunsa va dalda bolsa bas.

Galdagi savolim tabingizni biroz xira qilish mumkin. Shunday bolsa-da, soraganning aybi yoq. Bir necha yil avval siznining nomingizni shou-biznes vakillarining biri bilan boglashgandi. Hatto, toylaringiz haqida ham bashorat qilingan.

Siz nazarda tutgan inson bilan oramizda hech qanday muhabbat rishtalari bolmagan! Togri, u bilan dostona munosabatda edik. U meni loyihalaridan biriga taklif etib, kelinlik libosida suratga tushishimni aytgandi. Biroq tayyorlagan loyihasi na gazetada, na ijtimoiy saytda chiqdi. Suratlar bilan birga turli mish-mishlar tarqalib ketdi. Ochiq-oydin aytishim mumkin, osha odam vaziyatdan foydalanib qolib, nomardlik qildi xolos. Men hech qachon u bilan turmush qurishni oylamaganman. Qolaversa, u tasavvurimdagi yigitga mutlaqo mos kelmaydi.


Mana shunday dedi-dedi nozikkina Shahzodani sindirishi mumkinmi?

Ijod olamiga kirib kelgan kezlarim ozim haqimdagi barcha maqolalarni kuzatib borardim. Internet saytlarida bildirilgan fikrlarni oqib, xafa bolib yiglardim. Balki yosh bolgandirman, balki tajriba etishmagandir. Vaqt otgani sayin turli gap-sozlarga nisbatan immunitet hosil qildim. Hozir ular bilan umuman ishim yoq. Agar hammaning gap-soziga etibor qilsangiz, qiynalganingiz qoladi xolos. Hasad qilguvchilar, igvogar insonlar oldin ham bolgan, hozir ham bor, keyin ham boladi. Eng maquli esa etibor bermaslik. Kim nima desa desin, muhimi, men ozimga togriman!

 

 


Siz nima deysiz?

Xursand bolaman Onamning tabassumini korsam.

Aldashga urinishayotganini sezsam konglim qoladi.

Xiyonatga duch kelsam eshikni yopaman.

Agar dangasalik qilmaganimda edi togni talqon qilardim.

Kechiraman har doim, hatto, ranjitishsa ham.

Ishonaman toki meni aldamagunlaricha.

Hech qachon hech nimadan afsuslanmaganman. Nimaiki bolsa, yaxshilikka.

Yol qoymayman hiyonat qilishlariga.

Havas qilaman baxtni his qilib yashaydigan insonlarni korsam...

Gozallikning oltin qoidalari

Yaxshi kayfiyat va yoqimli tabassum! Egnigizdagi libosingiz esa ikkinchi darajali. Agar qimmatbaho libosda, ammo kayfiyatsiz tund ahvolda bolsangiz, hamma sizdan ozini olib qochadi. Aksincha, samimiy tabassum bilan oddiygina koylakda ham eng malohatli ayolga aylanasiz.

Eng yaxshi parvarish, muzlatkichda bor narsadan tezgina niqob tayyorlab olishdir. Qomat masalasiga kelsak, shunchaki togri ovqatlanish kerak. Va albatta, jismoniy mashqlarni ham unutmaslik lozim. Men parhez tutmayman, sport bilan muntazam shugullanaman, suzishga qatnayman.

U haqiqiy Arslon. Qaytiyyati va oziga ishongani sabab ozgarishga ahd qilgani ham tahsinga sozovor. Aksariyat aktrisalarga yot bolgan uyatchanligi ham oziga juda yarashadi. Vaada berganidek Shahzodadan yangi rollarni kutib qolamiz.

 

Fotomuxbir: Ravshan ShOKIROV
Loyihani tayyorlashda dizayner Dildora Qosimova liboslar kollektsiyasidan foydalanildi. Ijodiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz.


"Sug'diyona"dan olindi.


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?