» » “Ўзбек кинолари кассабоплик бўйича ўзини оқламайди!”

Закладки “Ўзбек кинолари кассабоплик бўйича ўзини оқламайди!”

Название:
“Ўзбек кинолари кассабоплик бўйича ўзини оқламайди!”
Жанр:
Дата:
10-05-2014, 05:10
Автор:
Просмотры:
2338
 
 
"O’zbek kinolari kassaboplik bo’yicha o’zini oqlamaydi!” 

     O’zbek kinosining ma’naviyatga ta’siri haqida bot-bot gapirishyapti. Ijodiy uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Quvonarli jihati, so’nggi 10 yil ichida yildan yilga filmlar soni ortib bormoqda! Ha, son jihatidan peshqadamlik yomonmas. "Xontaxta”lik borasida muammo echimini topganicha yo’q. "O’zbekkino” byudjeti hisobiga suratga olinayotgan aksar filmlar sobiq ittifoq davri voqealariga to’xtab o’tiladigan "bekat” albatta topiladi. O’ylab qarasak, Mustaqilligimizga 23 yil to’lmoqda. Mamlakatimiz hayotidagi yangi davrning har bir kuni o’zgarishlar, turli sohada rivojlanish bilan kechmoqda. O’zimizni anglab olishimiz uchun 23 yil etarli bo’lmadimi? Nahot, filmlarimizda ko’rsatishga arzigulik yurt ravnaqi, yangi zamon ruhida shakllanayotgan jamiyat, buyuk kelajagimizdan nishona berayotgan, jahonga Vatan dovrug’ini taratayotgan mustaqillik farzandlari haqida mavzu topilmayapti? Qani, zamon qahramonlari haqidagi kartinalar? Fidoyi, mehnatsevar xalqning "Hech kimdan kam emas va kam bo’lmagan” ruhiyatini ochuvchi filmlar, qani? Qaysi jur’atli kinorejissyor qachon belni mahkam bog’lab, ijodga kirishadi? Turli safsatabozlik, kinodagi u-bu son ko’rsatkichlari bilan ko’ngilni xotirjam qilish - sohadagi o’sishning "bel”iga bolta urish emasmi?! Savollar keti uzilmaydi. Javobga kelganda esa turli vajlar izlaymiz yo boshni qashlab, uzoq o’yga tolamiz!
Yoshlar o’rnak oladigan kinodagi sevimli qahramon sifatida qaysi birini ko’rsata olamiz? Qaysi rejissyor "mana, mening filmimdagi Falonchi” deya ko’krak kerib, misol keltira oladi?
MegaSinema kinoteatri xodimlaridan biri bilan suhbatlashib qoldik. Faqat xorij blokbasterlari namoyish etilayotgan zamonaviy kinoteatrlarda o’zbek filmlariga qiziqish qay darajada ekanligi bilan qiziqdik.
-Jahon premeralari kinoteatrlarimizda katta qiziqish bilan namoyish etiladi. Tomoshabinlar oqimi asosan, xorij blokbasterlariga yog’iladi. O’zbek filmlari bir kunda 150.000 so’m juda borsa, 200.000 so’m miqdorida kassa yig’adi. Katta kinozalni band qilishgani qoladi, xolos. Tasavvur qiling, 150-200 kishilik zalda 30-40 ta tomoshabin o’tirsa, qiziqish borasidagi ko’rsatkich qanday bo’ladi? Negadir, mantiqsiz kulguga boy filmlar tomoshabin yig’a oladi. Masalan, Javlon Shodmonovning filmlarini olaylik. Nazarimda, yurtimizdagi ko’plab kinoteatrlarga uning jurnalistlar tilidagi "mantiqsiz”, "tuturuqsiz”,  "bachkana hazillarga boy” filmlari minglab tomoshabinlarni chaqirmoqda. Bizning kinoteatrda ham Shodmonovning filmlari boshqalarnikiga qaraganda, ancha ko’proq kinotomoshabin yiqqan – deydi, "Mega Sinema”ning ismi sir qolishini istagan ma’murlaridan biri.
Yo tomoshabin saviyasi shu qadar pasayib ketmoqda, yo bu jarayonga "aybdor” kinorejissyorlar haqiqatni tan olgisi kelmay, tomoshabin "shunday filmlarni istayapti” qabilida ijod "ot”iga qamchi urgani urgan!
Qiziq, qachon o’zbek filmlari ham jahon kinoteatrlarida katta qiziqish bilan namoyish etilib, dunyo kinoteatrlari kassaalaridan foyda yig’ib, xorij OAVlarining e’tirofini qozonadi? Bu hozircha orzu bo’lib tursin. Biroq, asosiy masala, yurtimizdagi kinoteatrlarni tomoshabinlar orzu qilgan, ma’nan boy, chalg’ituvchi va oldi-qochdi mavzulardan xoli bo’lgan kartinalar bilan to’ldirishdir! Biron mard chiqib, ishni qoyil qilganda, baland ovoz chiqarishini intiq kutamiz! O’ylaymizki, yaqin yillarda kinoindustriyamizda sonlar ancha "dam” olib, nomlar gapiradi. Har holda, shunday bo’lishiga umid qilamiz. Nazdimda, bizning kino yiliga 1000 dan ortiq filmlar ishlab chiqaradigan yirik kinosanoat – Bollivud kabi bo’lishiga hech ham hojat yo’q!  
Jasur HAMROEV         


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
oreke
xozirgi uzbek kinolari bir xil xammasi sev  va boylik togrisida olinyapti aktyorlar xam sanoqli 
  • 10 мая 2014 13:08
oLiM10
Ayniqsa Jaxongir Poziljonov o'ynagan filmlarni umuman ko'rging kelmaydi. O'zining yoshiga yarashmagan bachkana qiliqlari va Toshkent shevasida gapirishi kinolarning saviyasiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Nima undan boshqa aktyor yo'qmi?
  • 10 мая 2014 15:38
leopard
Televizorda koreyslarni kinolari to'lib ketdi. O'zimizda xam tarixiy kinolarni shunaqa ishlasa buladiku. Ayniqsa Amir temur bobomiz haqida butun dunyo taniydi
  • 11 мая 2014 10:13
axilles
хозирги узбек киноларини куриб, кетказган вактингга ачинасан киши!
  • 15 мая 2014 14:41
axilles
хамма кино инкубатордан чиккандек бир хил 
  • 15 мая 2014 14:44
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?