Закладки Kumushbibi

Название:
Kumushbibi
Жанр:
Дата:
18-09-2013, 17:54
Автор:
Просмотры:
2808



Kumushbibi

Yuray desa adashadi yo’llaridan,
Birov bir bor tutay demas qo’llaridan,
Gar gapirsa oh otilar tillaridan,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Aytay desa tinglamaslar dardlarini,
To’kay desa eshitmaslar hasratini,
Darlardiga qachon topar hamdardini,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Olloh o’zi asrasin der har ohida,
Yomonlardan saqla deydi panohida,
Yaxshilarga dars bo’ladi u gohida,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Hayron qolar, goh u dunyo ishlaridan,
Bezor bo’lar o’z-o’zini tashvishidan,
Hatto do’sti chiqargan mish-mishlaridan,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Gunohiga yetmagaydir savoblari,
Har qadamda uchragaydir saroblari,
O’z domiga tortar azob girdoblari,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Dilda to’la orzudan ko’p armonlari,
Bardoshiga yetmagaydir darmonlari,
Topilmaydi yo’l ko’rsatar sarbonlari,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Otabekin izlay-izlay ko’zlar giryon,
Xayollari uchib yurar har on har yon,
Yo’llarida ag’yori ko’p tili biyron,
Boshi egik, qaddi bukik Kumushbibi.

Olloh o’zi to’g’ri yo’lga bir kun solar,
Dardlaringni qoldirmayin bir-bir olar,
Qalbdan armon ketib orzu, umid qolar,

Boshing ko’tar, qadding tik tut Kumushbibi!


Kumushbibi


 

 

 

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Maxx_uzde
10 10 10 10 жуда чиройли 
  • 19 сентября 2013 12:42
Laylo845
Vashshe zo'r
  • 19 сентября 2013 14:04
-JaJjI_FaRiShTa-
Raxmat kattakon.
  • 19 сентября 2013 17:52
laylowkaa
eeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee
  • 25 сентября 2013 15:18
Block
nima u eeeee yahwi qz

  • 29 сентября 2013 01:27
КОМИЛБОБО
Olloh o’zi to’g’ri yo’lga bir kun solar,
Dardlaringni qoldirmayin bir-bir olar,
Qalbdan armon ketib orzu, umid qolar,

Boshing ko’tar, qadding tik tut Kumushbibi!
 
 
 
 
Зур шеър  КУМУШБИБИ
  • 15 декабря 2013 16:36
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz