Закладки O'rtoq O'zbekfilm!

Название:
O'rtoq O'zbekfilm!
Жанр:
Дата:
2-09-2015, 05:11
Автор:
Просмотры:
1413
 
 
 
O'rtoq O'zbekfilm!

Hozirgi engil-elpi kinofilmlar tanqid ostiga olinib, "O'zbekfilm" tomonidan avvallari ishlangan filmlarga o'xshash filmlar ishlanishi qo'msalgan "O'rtoq O'zbekfilm" nomli she'ri bitildi.

O'RTOQ O'ZBЕKFILM! 
(M.Yusufga o'xshatma)

O'rtoq "O'zbekfilm”, qumsaydi ko'ngil,
Shuncha yil mizg'iding, uyg'ongil endi.
Hozirgi filmlar judayam engil,
Boshingni ko'tar-ey, to'lg'ongil endi.

Hozirgi filmlar vazni par, engil,
Tug'ilib, uch kunda o'laveradi.
Yana "Yor-yorlar”ga tortadi ko'ngil,
"Suyunchi”ni ko'rgim kelaveradi.

"Sevginatorlar”mu ishq tarbiyasi,
Chorlar nursizlikning dasturxoniga.
"Superkelinchak”ning bo'sh saviyasi
Tortmaydi "Kelinlar qo'zg'oloni”ga.

Nogoh "Ulfat"larga tushadi ko'zim,
Ozgina hazildan so'ylar lofchilar.
Eshik taqqilasa, qaraysiz, u kim?
Bari "Zamonaviy yangi sovchilar”...

Bu bir parcha sahna, filmlar emas,
Boshlansa, o'rnimdan turgim keladi.
To'g'risi, qandaydir "Bo'rilar”nimas,
"To'ylar muborak”ni ko'rgim keladi.

Razzoq Hamrolarni qumsaydi ko'ngil,
Nabi Rahimlarga tortar humorlar.
Ergash Karimlardan bir qatra shingil,
Nahot qaytmas endi Hamza Umarlar?!

O'rtoq "O'zbekfilm”, bermaysan javob,
O'zingga topdingmu har xil "panohlar”,
Oinai jahonga termulish azob,
Charchatib qo'ymoqda bir xil nigohlar!

Ma'nisiz olamda ko'zlarim toldi,
Oqmay qo'ydilar-ey dil jolalar ham.
"Tangalik bolalar" o'tmishda qoldi,
Qayta tug'ilmaydi "shum bolalar” ham.

Aytaqol, qaylardan bu qadar zulming,
Borib-borib sandan oxir kechgumdir.
Bugun ishlayotgan juda ko'p filming
Nomiga yarasha "janob hech kimdir”.

Gohida chinqirsam achchiq alamdan,
Goh kulgim qistaydi ginalaringga.
Qochgim kelmoqdadir rangli olamdan
Oq-qora tasvirli kinolaringga!

Muallif: X. Hamidov
 
Manba: Kun
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
-JaJjI_FaRiShTa-
Ajoyib she'r, zora o'z kuchini ko'rsatsa.
 
Shu saytga kirsam ilhom parilarim uchib kelaveradi, afsus bizga joylash "ta'qiqlab" qo'yilgan ekan.
  • 30 ноября 2015 17:49
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?