» » Bu dunyoda mo'jizalar bor - Abduqayum Yo'ldoshev

Bu dunyoda mo'jizalar bor - Abduqayum Yo'ldoshev

:
Bu dunyoda mo'jizalar bor - Abduqayum Yo'ldoshev
:
:
14-08-2015, 18:41
:
2772
 
     So'zboshi o'rnida: Abduqayum aka Yo'ldoshevni ko'pchilik muxlislar "Ona daryo", "Odamlar orasida" seriallari, "Qadamlar", "Burch va muhabbat", "Yozsiz yil" va qator kinolarning ssenariy muallifi sifatida yaxshi bilishadi. Abduqayum aka nafaqat yozuvchi, balki shoir, dramaturg, mohir tarjimon hamdir. Ayni vaqtda "Adolat" partiyasining "Adolat" gazetasida faoliyat yuritish, kino va teatr sohasida ijod qilish bilan bir qatorda, saytimizning bosh muharriri vazifasida ham bizga bevosita va bilvosita amaliy yordam berib kelmoqdalar. 
      Abduqayum akani talabalik davrimdan beri taniyman. Mamlakatimizning mustaqillikka erishish arafasidagi yillar edi. Kamina Toshkent Davlat Milliy Universitetining Jurnalistika fakultetiga o'qishga kirish taraddudida edim. O'sha yillar rahmatli ustozimiz - adib, o'zbek fantastikasi janrining asoschilaridan biri - Hojiakbar aka Shayxov (Ilohim, joylari Jannatda bo'lsin) boshqargan "Sirli olam" jurnali bo'lar edi. Ilk tanishuvimiz mazkur jurnal tahririyatiga "Yonayotgan tirik haykallar" deb nomlangan hikoyamni olib borishimdan boshlangan. U paytlar Abduqayum aka "Sirli olam" jurnalida bo'lim muharriri edilar. Shu tarzda ham hikoyam chiqdi, ham Abduqayum akaga hikoyam manzur bo'lib, kaminani ijodiy jamoaga tavsiya qlib, yarim stavkaga ishga oldilar (peshingacha o'qir edim). O'shanda mashhur bo'lgan jurnallardan birida ish faoliyatimni boshlash men uchun ulkan sharaf va katta mas'uliyat edi. Buni qarangki, shunga ham, hash-pash deguncha, oradan 25 yil (chorak asr) vaqt o'tibdi!
     Abduqyum aka menga har tomonlama ustozlik qilganlar: tahrir qilishdan tortib, tarjima qilishlarimgacha qo'llaridan kelgan yordamlarini ayamas, turli tavsiya va maslahatlar berar edilar. Shuning uchun, Abduqayum akaga havas qilar edim va ustozga nisbatan bo'lgan hurmatim o'zgacha edi. 
      Shu davr ichida Abduqayum akaning ko'pgina she'rlari qo'shiq qilib aytildi. Jumladan, rahmatli Oxunjon Madaliyevning "Shahzodangni kut", Ozodbek Nazarbekovning "U go'zal boshqa" deb atalgan qo'shiqlari, ayniqsa, ko'pchilikka yaxshi tanish. Kaminaga ilgari ham nashrdan chiqqan bir necha kitoblariga dastxat yozib berib, taqdim etganlar. Yaqinda, she'riy to'plamlari Anvar Namozov muharrirlik qilayotgan "Tafakkur" nashriyotida chop etildi. Mazkur "Bu dunyoda mo'jizalar bor" nomli she'riy to'plamlarida yoshlik yillaridan to shu bugungacha yozgan she'rlari, dostonlari jamlangan. 
     Iltimosimga binoan, Onlayn.uz saytimizning foydalanuvchilari birinchi bo'lib ijodingizdan bahramand bo'lishsin, degan gapimni yerda qoldirmay, muxlislarimiz uchun kitoblarini tuhfa qildilar. Buning uchun Abduqayum aka Yo'ldoshevga o'z minnatdorchiligimizni izhor qilib qolamiz! Umr yo'ldoshingiz, "O'zbekkino" milliy agentligi muharriri, iste'dodli adiba, kelinoyimiz - Zulfiya opa Yo'ldosheva (Qurolboy qizi) bilan hamisha hozirgidek baxtli bo'lib, farzandlaringizning rohatini ko'rib yuring! Ijodingizga ulkan rivojlar va muvaffaqiyat tilaymiz, USTOZ!!!
 
Kamoli ehtirom ila - Muzaffar Muhammadnazar
 

     Muallifdan: Garchand dastlabki qoralamalaru matbuotda elon qilingan ilk mashqlar sherlardan iborat bolsa-da, hech qachon shoirlikni davo qilmaganman. Zero, nazarimda, keyingi ottiz-qirq yil mobaynida nazmchiligimiz erishgan darajada qalam tebratish uncha-muncha ijodkorning qolidan kelavermaydigandek... Shunga qaramay, otgan chorak asrdan ziyodroq vaqt mobaynida kongilda kechgan his-tuygularni uyqash misralarda ham ifodalashga ehtiyoj tugilgan onlar kop boldi. Natijada yuzaga kelgan sher, ballada, dostonlarning bir qismi bazan oz nomimda, bazan taxallus bilan vaqtli nashrlarda elon ham qilindi. Ozim ham kutmagan holda, sherlarning ayrimlarini qoshiq qilib kuylashdi... Xullas, yigilib qolgan ancha-muncha mashqlarim ichidan ozimga maqul tuyulganlarini tanlab olib, toplam holida chop etmoqdaman. Ularga baho berish esa ozingizga havola, muhtaram oquvchi.


 

U BOShQA...

 

Uygonib ketaman yarim tunmi, tong,

Qarayman ilinjlar ila yonboshga.

Yonimda yotadi oydayin juvon,

Lekin u sen emas,

U boshqa, boshqa. 

 

Sirgalib chiqaman issiq toshakdan,

Ostona... Tanish boy urganday boshga.

Men behol ortimga ogirilaman,

Lekin u sen emas,

U boshqa, boshqa. 

 

Yulduzlar miltirar osmon yiglaydi,

Armon kozlarimni toldirar yoshga.

Oynadan boylayman, juvon uxlaydi,

Lekin u sen emas,

U boshqa, boshqa. 

 

Hovli, olam menga tuyular zindon,

Urgilarim kelar boshimni toshga.

Oyday toshagimda bir munis juvon,

Lekin u sen emas,

U boshqa, boshqa. 

 

O, shorlik farishta dardim bilmaydi...

Men-da qolim chozgan besuyuk oshga.

Na qilay, yoniga kirgim kelmaydi,

Axir u sen emas,

U boshqa, boshqa. 

 

Uygonib ketaman yarim tunmi, tong,

Qarayman ilinjlar ila yonboshga.

Yonimda yotadi oydayin juvon,

Lekin u sen emas,

U boshqa, boshqa...


(1990)

 

UNUTGIL, UNUT...

 

Intiq nigohlaring sarson etmagil,

Zimdan termulmagil behol va behud.

Sen hali godaksan, masuma singlim,

Bir kuni keladir, shahzodangni kut,

Men esa ketaman, unutgil, unut.

 

Tiniq yuzlaringdan olovlar yitsin,

Jajji qollaringdan titroqlar ketsin,

Dilingdagi begard sorovlar bitsin.

Bir kuni keladir, shahzodangni kut,

Men esa ketaman, unutgil, unut.

 

Hali sen sevarsan, seni sevarlar,

Hali ne yigitlar seni deyarlar,

Hali kimlar seni sorab kelarlar...

Bir kuni keladir, shahzodangni kut,

Men esa ketaman, unutgil, unut.

 

Mening butkul ozod bolmogim dushvor,

Boglab-chirmab olgan rishtalar bisyor,

Azizam, orada on yillik jar bor...

Bir kuni keladir, shahzodangni kut,

Men esa ketaman, unutgil, unut.

 

Azizam, senga baxt tilab qolaman,

Ogriqli koksimni tiglab qolaman,

Kechikish qismatmi? Yiglab qolaman...

Bir kuni keladir, shahzodangni kut,

Men esa ketaman, unutgil, unut...


(1991) 

 

* * *

Ikki tomon ketdik ikkimiz,

Sen magribga, men mashriq tomon.

Arosatda qoldi ishqimiz,

Qalbimizda sovuq bir armon...

 

Ne ham derdim, xayr, alvido,

Uning bilan shod, baxtiyor bol.

Meni baxtli etmading. Ammo

Nechun qaygu? Hayot hali mol.

 

Seni koplar sevadi hali,

Menga ham yor bolar ozga qiz.

Sevgimizga aza tutgali

Ikkimizning yoqdir vaqtimiz...


(1980)

 

* * *

 

Hijron meni qiynadi kop vaqt,

Koz yosh tokdim uzun oqshomlar.

Dil-dilimdan faryod chekkan payt,

Paydo boldi sheriy kalomlar.

 

Zamin titrab ketdi bir damga

Sodir boldi buyuk mojiza!

Qogoz bilan tolgan xonamga

Qadam qoydi oshal farishta...

 

U oqidi...

Mukofot bolsa,

Bir umrga shuning ozi bas:

Bir tomchi yosh,

Bir totli bosa

Va "azizim degan titroq sas...


(1982)

 

SEN ShERLARIMNI OQIGAN OQShOM


Boldi. Boldi. Oqima, etar.

Qolganini olovga ot. Bas!

Yoshga tolgan kozlaring bilan

Kozlarimga boqqil bir nafas.

 

Otinaman, yiglama, erkam,

Koz yoshingga ular arzimas.

Yoshga tolgan kozlarim bilan,

Kozlaringga boqay bir nafas.

 

Endi ogir royolar unut,

Iztiroblar, tushkunliklar ham.

Necha yillik armonim tolug

Bajo boldi, uchrashdik bu dam...

 

Endi bizga hijron begona,

Endi bizga mangulik visol.

Azoblarning zahriga qona,

Shu lahzaga etishdik alhol.

 

...Biz adashdik, adashtirdilar

Hasad bilan tirik insonlar.

Tentiradik begona qirlar,

Tog-jarlarda necha zamonlar.

 

Men yashashdan kop bor toyardim,

Jon istardi songgi nafasin.

Lek songgi dam dilda tuyardim

Ojiz umid mavhum sharpasin.

 

Yuragimni kimga boshatay,

Kimga darkor nola, gam-alam.

Nogoh menga hamdil, hamdardday

Paydo boldi qogoz va qalam.

 

Men soyladim gam-alamimni,

Hijron zahrin sherda soyladim.

Men yozmadim, qalb hislarimni

Mahzun qoshiq qilib kuyladim.

 

Mana, bu dam ular qolingda,

Boldi, barin ayamasdan yoq!

Menga jumla-jahon nazmidan

Bir tomchi koz yoshing azizroq...

 

Boldi. Boldi. Oqima, etar.

Qolganini olovga ot. Bas!

Yoshga tolgan kozlaring bilan

Kozlarimga boqqil bir nafas...


(1982) 

 

HALQA

 

Zerikkan choglaring oqi sherlarim,

Bolsa-da barida yagona mani:

"Toki hayotdirman, duoyim, ontim

Sevaman, sevaman, sevaman seni...

 

Undan ham zeriksang oqi xatlarim,

Bolsa-da barida yagona mani:

"Buncha ogir karvon vaqt deganlari,

Sogindim, sogindim, sogindim seni...

 

Undan ham zeriksang samoga boqqil,

Qara, u ne uchun mahzun, seryomgir.

Osmon kop rahmdil, u mening dardchil

Qalbimga qoshilib yiglaydi axir.

 

Undan ham zeriksang qara zkechiring,

Ilk maysalar titrab turishar ojiz.

Ular firoqingda kuygan, qovrilgan

Qalbda unayotgan umidlar hargiz.

 

Undan ham zeriksang... xush ozga neki,

Neki purmanodir voz kecha qolgil.

Bolsa-da barida yagona mani:

Yana sherlarimni qolingga olgil...


(1984)

 

AMALDORGA

 

Chalgima sargaygan rangu-royiga,

Iddao-la boqqan kozlariga ham.

Iltimoschi emas qoshingda turgan,

Qoshingda turibdi ozingday Odam.

 

Xosh, nima bolibdi unniqsa kiyim,

Yoki sal qiyshaygan poshnadami gap.

Bulut bosgan bolsa uning nigohin,

Bunga faqat sen-u, sendaylar sabab.

 

Ming qoyli boyning ham derlar bir zamon

Bir eshagi borga ishi tushibdi.

Kozing och, gururi Himolay Inson

Qoshingda er chizib, majhul turibdi.

 

Zimdan chamalama, u na tilla qop,

Na unvon sohibi va na amaldor.

Bularning baridan milyon bor yuksak,

Uning Inson degan ulug nomi bor.

 

Sening imkoningda shu zotga komak,

Shu zotning dardiga zarra dorisan,

Joning ham ayama. Sen axir, beshak,

Avvalo xalqingning xizmatkorisan.

 

Sen uni, u meni, men esa seni

Bugun Inson deya etsak ehtirom,

Butun bashariyat biri birini

Ertaga boshiga kotarsa ne tong...


 (1987)

 

TELEVIZOR QARShISIDA

 

Bilakday ozanga sigmagay daryo,

Aljabr qonuni tuyguga botan...

Dunyo ishlariga razm solib goho,

Hali shukr aytsam yarashar ekan.

 

Garchand koz boylashning yollari bisyor,

Garchand uning nuqsi bugun hammada,

Qarang, to olamda bitta Shoir bor,

Sherni oqib bolmas fonogrammada...

 

(1988)


BIZLAR UChRAShAMIZ 

 

Men yolgon dunyoga silkidim etak,

Bildim, bu dunyoning doim biri kam.

Kuyinma, marvarid yoshlaringni art,

Bizlar uchrashamiz hali, azizam.

 

Mayitim lahaddan maysaga donib

Muzday saganaga ormalagan dam

Sen kelsang nahoriy shudringga chomib,

Bizlar uchrashamiz shunda, azizam.

 

Tolin oy koksingga solsa gulular,

Quchsa xotiralar atalmish alam,

Yonoging kuydirsa issiq tuygular

Bizlar uchrashamiz shunda, azizam.

 

Darparda qimirlab, tanish titroq sas

Qaygadir chorlasa seni damo-dam,

Deraza qoshiga kelsang bir nafas

Bizlar uchrashamiz shunda, azizam.

 

Kimda ne etiqod oxir ijobat,

Mening mazhabimga qayishsang sen ham,

Chin dunyoda vasl bolgay inoyat,

Bizlar uchrashamiz shunda, azizam.

 

Mangulik oldda, bu umring aslida

Fazoda bir yonib ochgan mitti sham.

Mahshar tongi meni uygot ohista,

Bizlar uchrashamiz shunda, azizam...


(1988)

. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz