» » Muhabbatim, kiming bo’ldim men?

Закладки Muhabbatim, kiming bo’ldim men?

Название:
Muhabbatim, kiming bo’ldim men?
Жанр:
Дата:
17-09-2014, 01:17
Автор:
Просмотры:
2886
 

 

Muhabbatim, kiming bo’ldim men?


Muhabbatim, kiming bo’ldim men?

Do’stingmanmi, nechun do’st kabi

Hol so’rmadim, ko’ngil topmadim?

Nechun so’ndi menda matlabing,

Xohishingni nega toptadim?

Muhabbatim, kiming bo’ldim men?

Yo yotmanmi, ne uchun unda

Boshginamga seni etdim toj?

Nechun tavof qilurman kunda,

Nechun senda bari ehtiyoj?

Muhabbatim kiming bo’ldim men?

 

Onam


Borsam onam: jonimga jon qo’shgani

Tursunjonim kelibdi deb yayrardi.

Men esam-chi, tashib qo’sha-qo’sh g’amni,

Nuqul bolam tashvishida sayrardim,

Joningizga jon bo’lmadim onam!

Der edingiz: cho’nglar ichra cho’ngimsan,

Tursunxon deb atang mening bolamni!

Tevaragi to’kis bolam, boy bolam,

Tursunboyim deya alqab o’tdingiz.

Yuragimda tog’lar bino etdingiz,

Sizdan keyin boy bo’lmadim, onam!

Istarangni nurdan qildi xudoyim,

Tursunoyim, oy bolamsan, dedingiz.

Ul to’kislik bugun qani, oyimim,

Nur uzatgich quyoshim siz edingiz,

Sizdan keyin oy bo’lmadim onam!

 

Faxr


O’ylab ko’rsam, men borimni sizga beribman bir-bir,

So’ng yulduzday barchangizni haryon sochib tashlabman.

O’zim mutloq kutmaganda, bir jonim bo’lib ming bir,

Sizlar bilan ming tarafda men ham yashay boshlabman.

"Huv, olisdan bir kuy kelur, bir pardasi men o’zim,

Qay darchadan tushar nurning singdim bir tolasiga.

Allaqaysi xonadonda yodlanayotir so’zim,

Bu eng oily baxt emasmi odamzod bolasiga”, -

Deya cheksiz iftixoru shukrona to’lar so’zga,

Ko’nglim ham sururlanib, bor g’ubordan bo’shalar.

Qayga borsam, issiq yuz chalinar ekan ko’zga,

Pichirlagum mehr-la: "menikilar o’shalar”.

Yigitlarning gursillashi ko’chalarga to’lganda,

Sho’xu quvnoq gurunglardan yangraganda go’shalar. Davralarda kimlarningdir maqtovlari bo’lganda,

Deyman, "omon bo’lsin, xuddi menikilar o’shalar”.

Olislardan to’ylar sasi havoni yayratganda,

Tuyg’ularim kelin-kuyov yo’llariga to’shalar.

Har gal ko’zlarda yosh bilan, tilakni qilmay kanda,

Deyman, "baxti butun bo’lsin, menikilar o’shalar”.

Bo’lmasangiz ne qilardim, goho vahm bosadir,

Sizsiz she’r ham hech bo’lardi, qolarmidim qalamsiz.

Siz-ku dilda o’stirganim – eng muattar, toza gul,

Axir oppoq tilaklarda yo’rgaklagan bolamsiz.

Oppoq-oppoq tilaklarim hanuz uchar sizlarga,

Sog’inchlarim xayolimni yetaklaydi siz tomon.

Sizni qo’msab bor ko’nglimni bugun to’kdim so’zlarga,

Chirog’larim, qayda bo’lmang, bo’lingiz omon-omon!

 
TURSUNOY SODIQOVA
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?