» » Senga Oshiqman serialining voqealar rivoji

Закладки Senga Oshiqman serialining voqealar rivoji

Название:
Senga Oshiqman serialining voqealar rivoji
Жанр:
Дата:
30-08-2015, 02:14
Автор:
Просмотры:
12914

 Senga Oshiqman voqealar rivoji
     
     
     USHBU HAFTA VOQEALARI... Uyda esa to'y marosimlariga harakatlar edi. Sanjiv Zaveriy va Ritika ham shu yerda. Ritika o'zini yomon his qila boshlaydi va ayollar xonasiga boradi. Qo'rqib ketadi, unda xomiladorlik alomatlari boshlangan edi. Shunda Ritika Sharman bilan birga tunab qolgani yodiga tushadi. Ritika qo'ng'iroq qilib, taxlil natijalarini so'raydi, Unga farzand kutayotgani aytishadi. Ana bo'masam, endi Ritika homiladoooor!!! (Savol tug'iladi, bola kimdan, bu saxna ham TV tomonidan uzib yuborilganmi? Yo'q, bu saxna chindan ham hali bo'lmadi. Bola kimdan ekanligi bir qancha seriya namoyishidan so'ng Ritika o'zi eslab gapiradi. Ammo bu holat hozircha bo'lmaydi. Ritikani otasi Sanjiv Zaveriy Ritikani ahvolini so'raydi, Ritika unga homilador ekanligini aytadi va buni Sharmanga aytmoqchiman, deydi. Janob Zaveriy esa to'y o'tmaguncha unga bu haqida aytmaslikni so'raydi. Ritika ham, maylin unga bu haqida aytmayman, deydi. Afsuski bu suxbatni chetdan Sharman eshitib qolgan edi. Sharman jahl bilan kelib, Ritikani chetga oladi va bilan raqsga tushadi. Shu payt Sharan Ritikadan nimani yashirgani so'raydi, Ritika uni xonaga olib kirib ketadi, oila a'zolari hayron qolib, ularning ortidan borishadi. Ritika Sharmanga xomilador ekanligini aytadi, SHarmanni judayam jaxli chiqib ketadi, to'yni to'xtatadi. Ritika juda kuchli yeg'laydi. Hech kim uni chunmas edi, Sharman ham bola Ranvirniki deb o'ylaydi... Ritika ye'g'lagancha mashinasiga o'tirib shoshib ketib qoladi...   Ranvir ortiga qaytib kelayotganda yo'lda yotgan odamni ko'rib qoladi, mashinadan tushib unga yordam bermoqchi bo'ladi. Bu ayyor Chirakning xiylasi edi, Chirak Ranvirning yuziga kukun sepib yuboradi va u bilan mushtlashadi. Uzoq vaqtlik mushtlashuvdan so'ng, Chirak Ranvirni olib, mashinaga yo'niga o'tkazadi va o'zi avtomobilni haydab ketadi. Ularni izlab kelayotgan Ishani esa, yo'lda Ranvirning mashinasi raqamini topib oladi, sal nariroqda Ranvir taqib yurgan o'qni qonga bo'yalgan holda topadi. Juda ham qo'rqib ketadi. RANVIIIIIIIIR degancha baqirib, yugirgancha barcha yerdan RV ni izlaydi... Yo'lda Kimni ko'rsa, Ranvir haqida so'raydi... Chirak Ranvirni mashinada qayergadur olib ketardi, ikkalaligi ham qonga bo'yalgan edi. Yuqoridan Ishani Ranvirning mashinasi o'tib ketayotganini ko'radi, u Ranvirni chaqiradi... ammo Chirak ham, Ranvir ham buni eshitmaydi... Chirak Ranvirni mashinaga bog'lab, bir necha marta urib, o'zi yurib ketayotgan avtomobildan bir amallab sakrab tushib qoladi. Mashina ichida Ranvir o'zi qolib ketadi. Ammo Ranvir ham bir amallab mashinadan sakrab tushib qoladi. Ranvir endi o'rnidan turmoqchi bo'lganda tepalikdan jarga ag'anab ketadi. Buni ko'rib Chirak kulib, roxatlanadi. Biroq Ranvir bir amallab tepaga chiqadi va Chirak bilan yana mushtlashadi. *** Xansaben Parek esa, Politsiya maxkamasiga kelib, Ishani yo'qolgani, ularni Ranvirning oilasi yashirib qo'yganini aytib, yeg'laydi. Ranvir Ishaniga azob berishini, uni yomon ko'rishini aytib, Inspektorga qonga bo'yalgan ro'molchani ko'rsatadi. Politsiya shikoyat Xansaben Parekdan Ishanining imzosi qo'yilgan arizani qabul qiladi. (bu arzinadi aslida Xansabenning o'zi yozgan edi, ammo avvalroq Ishaniga bo'sh qog'ozga imzo qo'ydirib olgan, edi...) Politsiya Ranvirning uyiga kelib Ishanini so'raydi, uyda ishani topilmagach, U Ranvirning ota-onasini xibsga olishadi va maxkamaga olib ketishadi. *** U yerda esa Ishani Ranvirni qidirib yurgan edi, Ishani tepadan turib pastda Ranvir hamda CHirakning mushtlashyotganini ko'rib qoladi, ularni ajrataman deb pastga tushmoqchi bo'ladi. birdan Ishani qoqilib, yeqiladi va xushini yoqotadi. Ranvir va Chirak yana mushtlashishar edi. Ikkalasi ham bo'sh kelmaydi. Bir-birini urib mazza qilishyotgandek huddi... Ranvir CHirakni urganda Chirak jarga dumalab ketadi, ammo Chirak asta o'rnidan turayotgani ko'radi. Chirak Ranvirning orqasidan haqoratlaydi, Ranvir kelib, kelib shu bilan mushtlashamanmi deydimi bilmadim, bir oz o'ylanib, u yerdan ketadi. Mashinasi yurmaydi, shuning uchun Katta yo'lga chiqib, mashina to'xtatadi va unga o'tirib ketadi, (eslatib o'tamiz, Ranvir ketayotgan payt Chirak tirik edi...) Ranvir Ishani xovotir olayotgani haqida o'ylab, mashina egasidan telifon so'rab turadi va IShaniga qo'ng'iroq qiladi. Ishanining telifoni esa o'chirilgan. O'zi esa hushsiz yotardi. Ishani o'ziga kelib, yana yurishda davom etadi, bir ozdan so'ng Ranvirning mashinasini topadi. Mashina qon izlari bor edi, nariroqda Ranvirning soatini topadi, Ranvirni qidirib baqirayotgan ishanini ko'rib juda raxmim keldi... Pastda esa huddi shunday oq kastim kiygan, qonga bo'yalgan Chirak yotardi. Ishani Ranvir yotibdi, deb o'ylab yugirib pastga tushadi, U boshi bilan toshga urilgan edi. Ishani asta uni yuzini o'girib, bu Chirakligini ko'radi. Chirakni yuragi urmas edi, u o'lgan. Ishani Ranvir Chirak bilan mushtlashib, uni o'ldirib qo'ygan, bu ishi uchun Ranvirni qamashadi, deb o'ylaydi... (!!!Diqqat aynan shu Ranvir hamda Chirak mushtlashuvi hamda Ishanining qanday qilib aybni bo'yniga olishi haqidagi video rolikni hind tilida qisqacha ko'rishingiz mumkin, ko'rish va ko'chirish uchun manba) *** Ritika uyiga kelib, otasi bilan suxbatlashadi, Otasi Ritika bilan bir oz suxbatlashgandan so'ng, Sanjiv Zaveriyda yurak huriji boshlanadi. Uni zudlik bilan kasalxonaga olib borishadi. *** Maxkamada Ranvirning ota-onasini qiynab, urishardi, ulardan Ishani qayerda ekanligini so'rashadi. Parul kimdan yordam so'rashini bilmay, yeg'lab turgan payt, Ranvir qo'ng'iroq qilib qoladi, RV undan qayerdasizlar deb so'raydi. Parul unga: maxkamada ekanligini, ota-onasini hibisga olishganini aytadi. Ranvir to'g'ri maxkamaga keladi. Inspektorga vaziyatni chuntirishga urinadi. Ranvir otasi va onasining qiynashyotganing guvoxi bo'ladi, ular azobdan dooood deyishardi... Ranvir advokatni chaqirib ham ota-onasini ozod etolmaydi, shu payt Falguni (Ishanining onasi) kirib keladi va politsiya idorasida inspektorga diktafonga yozib olgan Xansaben Parekning so'zlarini qo'yib beradi va Ranvir hamda uning oilasi ishonishini, qizim va kiyovim bir-birlarini sevishadi. Ularga bizning davoyimiz yo'q, deb Ranvirning ota-onasini qutqarib qoladi. Ranvir Falguniga minnaddorchilik bildiradi, Falguni Ishani qayerda deb so'raydi. Shu payt Ishani men shu yerdaman, deb kirib keladi. Ranvir yugirib borib, Ishanidan axvolini va qayerda bo'lganini so'raydi... Ishani esa maxkamaga kirib, Chirakning o'limi haqida gapirib beradi. Ranvir u bilan mushtlashgan deb Ranvirni yomonlashga tushadi. *** Kasalxonada Sanvir Zaveriy vafot etadi... Uni dafin marosimi o'tkazishda ham Ranvir Ritikaning yonida turadi, Ritika yolg'iz qolmasligi uchun Ranvir uni o'z uyiga olib keladi... Ishani yana yolg'ondan o'zgargan, Ranvirni huddiki sevmaydigandek, Chirakni o'ldirgani uchun undan nafratlanayotgandek ko'rsatadi o'zini, Ranvir uni sevishini aytadi, Ishani esa uni ustidan kulib tashlaydi... (ich-ichidan esa qoooon yeg'lardi...) Ishani ajrim hujjatlarini qo'liga olib, unga imzo chekadi va Ranvirni ham imzo qo'yishga majbur qiladi... (Ranvir ham uzoq o'ylab, hujjatni imzolaydi, endi ular er-xotin emas...) Shu payt uyga politsiya keladi, Ranvir va Ishanini so'rashadi... Chirak Mexta qotilligi yuzasidan kelishganini aytishadi. Amba Chirakni Ranvir o'ldirmagan deb yonini olishni boshlaydi. Inspektor esa: qotil kimligi bizga ayon, Chirak Mextani Ishani o'ldirgan, deb aytadi. Barcha hayron qoladi... Ranvir va Falguni bu hato bo'lsa kerak deb aytishadi, Inspektor: bu yerda hato yo'q, jinoyat joyidan Ishaniga tegishli bo'lgan buyimlar topildi deb ko'rsatadi. Bunisiga nima deysiz, bu qanday bo'lishi mumkin deb o'ylayapsiz... Ishani shu payt o'tgan voqealarni eslaydi: Ishani Chirakni ko'rgandan so'ng, bu jinoyatda RV ni ayblashlarini bilardi, agar Ranvir qamalsa uning obrosiga putr yetishi mumkin, deb u jinoyat joyidan izlarni yoqotishga urinadi. Ranvirning mashinasidagi qon izlarini o'chiradi, yaxshilab tozalagandan so'ng avtomobilni jarga, Chirak yotgan joyga itarib yuboradi. So'ng Chirakning yoniga kelib, bir nechta tilla taqimchoqlarini Chirakning kafti ichiga qo'yib qo'yadi. Eng qizig'i Ishani Chirakning telifonini olib, unda ovozli habar ham qoldiradi. Ishani haqiqatni hech kimga aytmaydi, na Ranvirga, na onasiga va na Nitenga (haqiqiy otasi) aytmaydi. Shuning uchun ham endi qotillikda Ishanini ayblashmoqda... Politsiyachilar Ishanini xibsga olishadi va maxkamaga olib ketadi. *** Uyda esa Amba qutirgan, endi Ishani Ranvir bilan ajrashdi deb Pariklar oilasiga hujjatni ko'rsatadi va ularni uyidan haydab chiqaradi. Ranvir Ishanini qutqarishga harakat qiladi, biroq unga politsiya maxkamasida Ishani Chirakning telifonida yozib qoldirgan ovozli habarni qo'yib berishadi, unida Ishani Ranvirni hech qachon sevmagani haqida turli-xil yolg'on gaplar aytilagan edi, Ranvir bu gaplarni hatto oxirigacha eshitishga dosh berolmaydi. Ko'zlarida yoooosh!!! (bu ishlaarni Ishani Ranvirni undan ko'yni sovushi uchun atayin aytgan edi...)   RV Ishanining yoniga borib, nafratini namoyon qiladi... Ishani ich ichidan yeg'laydi. Shundan so'ng Ranvir Ishaniga yordam berishga u qadar harakat qilmaydi. Ammo sudda ishtirok etadi. Nafratlanaman desa ham, baribir Ranvir Ishanini sevardi... Ishanini sud qilishadi... Sud qaroriga ko'ra Ishani Vaghela Chirak Mextani qastdan o'ldirgan deb, topiladi, IShanini o'lim jazosiga hukim qilishadi... Shundan so'ng, oradan 6 oy o'tdi, deb yoziladi... Ha 6oy o'tdi. Ritikaning qorni ham kattalashgan... U haliyam Ranvir bilan birga...  
     Kelgusi haftada yanada qiziqarli voqealar boooor, Bundan keyin Ishani va Ranvir hayotida Yangi qaxramon Sheghar ismli yigit paydo, bo'ladi... 

     Ko'pchilik saytimiz foydalanuvchilari serialning kelgusidagi qismlari, Ranvir va Ishani turmush quradimi? Yoki yo'qmi? Parek xonadoni sudda yutadimi? Chirak o'lishi rostmi? kabi savollar o'ylantirmoqda. Bugun biz sizlar uchun ancha qisqartirilgan va voqealarning shiddatli tus olishi haqida habar beramiz. Asosiy lavhalar: Kelasi qismlar davomida Ishani va Cherak to'ylari Bo'Lishi va Unga Javoban Ranver qanday ishlar qilishini ko'ramiz. Ranver Cherakni Aldab Cherak aldab tashlab ketgan 10lab qizlar orasiga tashlaydi va buni vedio diski bilan Cherakni Qo'rqitadi. Bu ham foyda bermadi. Retikaning sevgisi bir tomonlama.(Retika Ranver Ishanini sevishini bilardi.) Ranver Retika Cherak va Ishanilarning to'ylari bir uyda va Bir kunda bo'ladi. O'sha kuni Sud Ham bo'ladi. Sudda Pareklar Yutkazadi. Cherak Ishaniga uylanmaydi.  Retika Ranver va Ishaniga baxt tilaydi. (Cherak Retikaga ham umid qilgandi lekin Sharman ilib ketadi.) Ranver va Ishani er-hotin bo'lishdi. Pareklar harobadan ham Ajraldi endi ular ko'chada. Ranver uyiga oboradi. Ambaga bu yoqmadi. Ishanining asl otasi paydo bo'ldi, Cherak qasosga kirishdi. Ishani hali 100% ishongan yo'q endi ko'ngil berayotganda bunga sabab Ranver Pareklar oilasiga munosabati va birdan Cherak uyishtirgan suyuqast. Cherak yana o'ziga ishontirdi. Sababi Harshad o'limi va Ranver Harshad o'lmasdan oldin uni oldida bo'gani va ayrim sabablar. Ishani 100% Cherakka ishonadi va Ranverga hiyonat qiladi (ya'ne Ranverning barcha hujjatlarini Cherakka opchiqib beradi.) Cherak shu lahzalarda ham Ranver uchun chog' qazedi va uning ishi uchun Ranverni otib ketishadi. (Ranverni Cherak otmagan).  Otishlardan oldin Ishanining ko'zi ochiladi sabab Cherak haqiqatni aytgani. Endi esa Ranverning ko'ziga Ishani hiyonatkor bo'lib ko'rinib qoldi va Ranverni otishdi. Ranver o'lim to'shagida Ishani esa o'zini aybdor sezdi va u Cherakni emas Ranverning gaplarini sevganini tushundi.(Cherak Ranver aytgan gaplar evaziga Ishani sevgisiga erishgan edi o'shani nazarda tutdek) Ranver yashashda davom etardi lekin endi oldingi (Cherak Ishanini aldab yurgan paytlar)dan ham battar g'azabda va endi Pareklarga bosim qiladi. Ishanida esa Ranverning kuni uni sevgisi uchun endi Ishani kurashadi.  Cherak endi gadoydan farqi qomadi. Na pul va na hotin bor. Endi Ranver ham Ishaniga atayin ish qilishni boshladi. O'zgalarni o'z yotog'iga Ishani ko'z oldida olib keladi. Ranverning ishiga javoban Ishani Ranverning yotog'iga o't qo'yib yuboradi bu oilada ajrashishga bir qadam bo'ldi. Cherakning keyingi qadami ularni ajratib yuborishga emas balki Meri Aashiqui Tum Se Hi Senga Oshiqman deb atalishi yani Ranver va Ishanilarning sevgilariga sababchi bo'ldi. Endi ular oila azolari oldida bir birlaridan nafratlanar aslida sevishishardi.  Cherak keyingi suyuqastni boshladi lekin u ham amalga oshmadi. Borgan sari Ranver va Ishani Sevgisi kuchayib borar Cherakda qasosga harakat eng og'ir darajasiga chiqardi. Cherak Ranverni salkam o'ldirib bo'lgandi lekin Ranver o'rniga o'z aybi bilan o'zi o'ladi. Buni ko'rgan Ishani Ranverga momilasi o'zgaradi va san bilan man o'yin o'ynagandim sani sevmayman deb aytadi Ranver va Ishani qonuniy ajrashishadi. Ishane Cherak o'limini bo'yniga oldi va o'lim jazosiga mahkum etiladi Osildi deb birinchi qismga yakun yasayman.  Harshad parekning o'limi sabablari nima edi? Cherakning 3 suyuqqasti qanday edi? Pareklar honadoni taqderi? Desha hayoti o'zgaradimi? Falgune o'limi? Ranverga kim hiyonat qiladi ? Ranverni otishlarining sababi va kim otti? Retikaning hayoti qanday Ranverga bog'landi? Ishani nima sababdan Ranverdan vos kechdi? Kabi savollar va boshqa ko'plab savollarga to'xtalib o'tadi.  So'ngra 2-faslga to'htalamiz. 2-faslda endi voqiyliklar o'ta boshqacha tus oladi. Unda endi 4 bosh qahramon hayotiy kechilmalari ketadi. Ranver misli ko'rinmas cho'qqiga chiqishi, Retikaga uylanishi. Ishani o'lmay qolganing sabablari. Shekhar ismli yigitning taqdiri Ishaniga bog'liqliigi. Retika Ranverni Ishaniga qaytarib beradimi yo'qmi kabi ko'plab voqiyliklarni o'z ichiga olgan.
 
UzTim tayyorladi

    Voqealar rivoji "Sado" gazetasida jurnalist - Lola Zunnunova tomonidan, shuningdek "Darakchi" gazetasida ham batafsizl yoritilib borilmoqda. 
кино. клип, мр3 , софт
кино. клип, мр3 , софт

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz