» » » Saida SAIDBEKOVA: “Menga tezroq yetib olinglar!”

Закладки Saida SAIDBEKOVA: “Menga tezroq yetib olinglar!”

Название:
Saida SAIDBEKOVA: “Menga tezroq yetib olinglar!”
Дата:
20-06-2015, 03:42
Просмотры:
8750
 
 
 
Saida SAIDBEKOVA: "Menga tezroq yetib olinglar!”

     Yosh, umidli aktrisa Saida Saidbekova hamkasblari tomonidan uyushtirilgan "Yulduzlar hujumi”ga nishon bo’ldi! Keskin berilgan hujumkor savollarining bariga yosh aktrisa imkon qadar diqqat bilan javob berishga harakat qildi.

Feruza Sobitova, aktrisa:  —  Filmlarda ko’pincha juda muloyim, sipo qahramonlarni ijro etsangizda, hayotda sizni ancha-muncha jahli tez, qaysar fe’l-atvorga ega deb eshitganman. Shu rostmi?  

— Yo’q, unday emas. Hayotda juda ham og’ir-bosiq va samimiyman. Har bir insonning munosabatiga qarab muomala qilaman. Ota-onam menga bu borada etarlicha tarbiya berishgan. Inson kim bo’lishidan qat’i nazar o’zligini unutmasligi kerak, deb hisoblayman. Qolaversa, odamlar meni qo’pol va jahldor deb o’ylashlariga oxirgi paytlarda bir necha filmlarda salbiy qahramonlarni ijro etganim sabab bo’lgan shekilli.

— Sevara Soliyeva, aktrisa: — Internet saytlarining birida suratingiz ostiga sizni omadsiz, iqtidorsiz aktrisaga chiqarib, tuhmat bilan kino sohasiga kirib kelgan, degan sharhlarni  yozishipti. O’qib hayron bo’ldim...

— Bilasizmi, mevali daraxtga har doim tosh otilgan. Men juda omadli aktrisaman. Boshimda davlatim, suyangan ota-onam bor. Shuning o’zi men uchun katta omad va baxt. Internet orqali ig’vo tarqatishga urinayotganganlarga esa o’zimning alangali saolimni aytib qo’yish barobarida shunday deyman: "Menga tezroq yetib olinglar!  Bekorchi ig’volar bilan vaqtingizin o’tkazmang. Zero baxilning bog’i hech qachon ko’karmagan!” 

Otabek Mahkamov, aktyor va yurist: — Jahon va o’zimizning kinoda salbiy obrazlarni qoyilmaqom qilib yaratgan aktyorlarning  qay birini taniysiz  va ularni qaysi jihatlarini o’z obrazlaringizda inobatga olasiz?

O’zimizning kino san’atimizda iktidorli Shodiya To’xtaevani yaxshi salbiy aktrisa sifatida tan olishadi. Shodiya opa xayotda juda ham samimay va xushmuomala. Lekin salbiy rolni maromiga etkazib ijro etadi. Bu esa uning haqiqiy proffessional aktrisa  ekanligidan dalolatdir! Men aynan Shodiya To’xtaevaning ijrosidagi professonallikni o’z rollarimda  inobatga olaman. Chet el aktyorlaridan esa Juliya Roberts ijodini kuzatib boraman. Juliya Roberts ham salbiy, ham ijobiy rollarni maromiga etkazib o’ynaydi. Suratga tushish jarayonida uning ijrosidan o’rganganlarimni ham inobatga olaman.

Nigina Anorboyeva, aktrisa: — Sochingiz va umuman imidjingiz ustida ishlashingiz lozim shekilli...

— Nega? O’zimga ko’proq sochlarimni yoyib yurish yoqadi. Qolaversa, har doim o’zimga yoqqan ishni qilishga odatlanganman. Pardoz bobida juda injiqman. Odamlarga hayronman, ko’pchilik bo’yanib, qosh-ko’zingni tatuaj qildir deyishadi.  Axir yoshlikning o’zi bir go’zallik-ku!?  Ilgari ayollarimiz qoshiga faqat o’sma qo’yishgan. Pardoz-andozga esa faqat o’ttiz yoshdan oshgandan keyin e’tibor bera boshlagan. Terilmagan qosh o’zbek qizlarimizning iffati, hayosi, ko’rki deb hisoblayman. Imijimga kelsak, yuz tuzilishim o’zbekona chehra. Hamma imijini o’zgartirib, ortiqcha pardoz beraversa, o’zbek qizlarimizning qiyofasi yo’qolib ketmaydimi? Xullas, shaxsan o’zimga tashqi ko’rinishim yoqadi.

Sanjar Shodiyev, rejissyor va aktyor:  — Menimcha, siz filmda rol o’ynash jarayonida qahramoningiz xarakteri emas, rolingizning qanday chiqishi haqida ko’proq o’ylaysiz.. 

Har ikkisiga ham alohida e’tibor beraman. Axir qahramon xarakterini o’rganmay turib qanday qilib rol o’ynash mumkin? Stsenariyni o’qib bo’lgach, s’yomka jarayoni boshlanganida qahramonim dunyosi bilan yashashni boshlayman va o’zimning Saida ekanligimni unutaman. 


Qisqacha ma’lumot:


Tug’ilgan yili va joyi: 1989 yil, Guliston shahri.

Tahsil olgan bilim yurti: O’zbekiston Davlat san’at instituti

Orzusi: El suygan san’atkor bo’lish

Oilada: 4 qiz, bir o’g’il

Shiori: Hayotda yaxshi insonlar juda ko’p. Agar ularni topa olsang, ulardan biri bo’l!

Qaysi taomlarni pishirishni biladi: Xamirli ovqatlardan boshqa hammasini tayyorlay oladi.


Filmlar:


2011 »Farzandim»  

2013 «Farzandim-2»,

2012 «Yollangan sovchi»

2012 «Xo’rlanganlar»

2011 «Fidoiylar»

Mohichehra EShMIRZAEVA tayyorladi, "Darakchi"

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz