Закладки "Qadamlar" kinopremyerasidan reportaj

Название:
"Qadamlar" kinopremyerasidan reportaj
Дата:
1-06-2014, 13:40
Просмотры:
8205
 
    
"Qadamlar" yangi o'zbek kinosi premyerasidan lavhalar

 

     28 mart kuni "Kinochilar uyi"da Abduqayum Yo'ldoshev va Ozod Shams ssenariysi asosida suratga olingan "Qadamlar" yangi milliy o'zbek kinosining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.


     Shu munosabat bilan kino ijodiy guruhidan intervyu olib qaytdim. Quyida mazkur savol-javoblar va reportajni e'tiboringizlarga havola etamiz.

 


 Abduqayum aka Yo'ldoshev bilan suhbat:


Muzaffar Muhammadnazar: - Abduqayum aka, shu bugungacha sizning ssenariy asarlaringiz asosida ko'plab filmlar, seriallar yaratildi. Sizni adib, tarjimon, shoir, ssenariynavis, dramaturg sifatida muxlislaringiz juda yaxshi bilishadi. "Qadamlar" asarining yaratilish tarixi va yozilishiga turtki bo'lgan voqealar haqida, ssenariy buyurtma asosida yozildimi yoki hayotiy kuzatuvlaringiz natijasida paydo bo'ldimi, shular borasida batafsilroq to'xtalib o'tsangiz.


Abduqayum Yo'ldoshev: - Asarning yozilishi - dolzarb mavzuligi sababli yozishni anchadan buyon dilimga tugib qo'ygan edim, bu buyurtma emas. "Adolat" gazetasida shu mavzuga oid materiallar, prokuraturaning odam savdosiga oid qo'zg'atgan jinoiy ishlari bilan tanishib chiqdim, odam savdosidan jabr chekkanlar bilan bevosita suhbatlashishlarim natijasida shu mavzuni yoritish, odamlarni ogohlikka da'vat etish istagi paydo bo'lib, bu istak - asar yozishga undadi. Jabrdiydalar xorijga chiqqunlariga qadar kechirgan hayotlari, musofir yurtlarga borib qolish sabablari, xorijda ko'rgan-kechirganlarini, qullikka tushib qolib qay darajada qiynalishganlarini, ona yurtlariga qaytishganlaridan keyingi holatlarini gapirib berishgan. Shu sababli hammasi hayotiy voqealar asosida qalamga olingan, kinodagi qahramonlarning hammasi hayotiy personajlar, albatta, ism-shariflari o'zgartirilgan holda tasvirlangan. Ayrim voqealar to'yintirilgan, qaysidir holatlar bilan boyitilgan.


-Filmni suratga olish jarayonidan o'zingizning ko'nglingiz to'ldimi?


- Kinoning tugallanishi biroz cho'zildi, sababi noqulay kelgan ob-havo, ko'p epizodlar va manzaralar boshqa hududlarda, og'ir sharoitlarda olindi. Shu barcha qiyinchiliklarda qatnashdik. Ssenariy yozgan kishinigina emas, aktyorlar va rejissyorning ham ishi qiyin, rejissyorning talabchanligi tufayli bir necha sahnalar qayta-qayta suratga olingan holatlar bo'ldi. Ayniqsa, jabr chekkanlarning ruhiy holatini, qiynoqlarini aks ettirish ishonarli va jonli chiqishi uchun aktyor va aktrisalarimiz ko'p mashaqqatlar chekishdi. Ammo mehnatning tagi rohat deganlaridek, shunga yarasha, kino ko'ngildagidek chiqdi. Operator ham juda yaxshi ishladi. Aktyorlar o'sha holatni yaxshi his qilishib, ularning ruhiy kechinmalarini hayotiy va haqqoniy aks ettirishga astoydil intilishdi. Ayniqsa, urish, kaltaklash, yigit va qizlarning yig'lashlari, alam va faryodlari qalb tubidan otilib chiqdi.


- Saytimiz shinavandalari va o'z muxlislaringizga tilaklaringiz?


- Barchaga omad tilayman! Xorijga ketishda firibgarlarga aldanib qolishmasin. Statistik ma'lumotlarga nazar solsak, keyingi bir yil mobaynida odam savdosi jinoyati avvalgi yillarga nisbatan taqqoslanganda 30%ga kamayibdi. Bunda huquq-tartibot xodimlari bilan bir qatorda axborot-targ'ibot xodimlari, shu mavzularni yoritib bera olgan san'at asarlarining ham o'z o'rni bor. Biz yaratgan film ham odam savdosi jinoyatiga qarshi o'ziga yarasha da'vat, ogohlik vazifasini o'tab, mazkur illatning kamayishiga o'z hissasini qo'shsa, biz ham maqsadimizga erishdik, deya quvongan bo'lar edik!

 


Bosh rol ijrochisi, aktyor - Sherali Ortiqov bilan suhbat:


- Avvalambor, assalomu alaykum barcha muxlislarimizga. "Qadamlar" filmi kino olamiga ilk qadamim, kinodagi dastlabki rolim bo'ldi. Meni bu filmda bosh rolga taklif qilishdi va men yaratgan siymo jiddiy, mas'uliyatli qahramon obrazi bo'lib, odam savdosiga qarshi kurashish g'oyasi asosiy mavzu qilib olingan. Men bu qahramon rolini o'ynaganimdan juda xursandman, ustozlarimiz o'rgatganlarini imkon qadar bajarishga harakat qildik, film qanchalik ishonarli va ta'sirchan chiqqanligiga, albatta, muxlislarimiz o'zlari baho berishadi. Hozirgi kunda odam savdosiga qarshi kurashish juda keng qamrovda kuchayib ketdi, chunki mazkur illat asr vabosiga aylanayozgandi, shu bois, barchamiz bu jinoyatga qarshi kurashishga mas'ulmiz, erkakmi, ayolmi, yoshmi, qarimi, bundan qat'iy nazar barchamiz birdek bunga qarshi kurashishda mas'ul bo'lishimiz zarur. Shu sababli ana shunday mas'uliyatli rolni ijro etganimdan xursandman. Ozgina bo'lsayam odamlarga ta'sir qilsa, shu yo'ldan qaytishsa, bu yo'l oxiri zalolat va jarlik sari eltishini bilishsa - biz ko'zlagan maqsadimizga erishgan bo'lamiz, shu eng katta yutug'imiz bo'ladi!


-Demak, film tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyatga ega, demoqchisiz. Sherali, aslida asosiy faoliyatingiz, adashmasam teatrda, shundaymi?


- Xuddi shunday. Bugunga qadar O'zbek davlat drama teatrida ishlab kelayapman, rejissyorimiz Sayfiddin aka Meliyev rahbarligida faoliyat yuritib kelayapman. Teatrda ham bir necha rollarni ijro etganman.


- Shu bugunga qadar teatr sohasida nechta rol o'ynadingiz?


-Adashmasam, oltita yo yettita rol ijro etdim hozircha. Yaqinda Sayfiddin aka yangi spektaklni sahnalshtirish arafasidalar, nasib bo'lsa, o'sha spektaklda ham bosh rolni o'ynash niyatim bor.


-Kinoda ilk marotaba rol ijro etishim, deb e'tirof etdingiz, bu jarayonda o'ziga yarasha hayajon bo'ldimi, qanday his-tuyg'uli lahzalarni boshingizdan kechirdingiz? Artistlar va rejissyor bilan ishlashda muammolar, qiyinchiliklar bo'lmadimi? 


- Hayajon, albatta, har bir san'atkorda bo'ladi va bo'lishi ham kerak deb bizga tushuntirishgan, chunki, his-hayajonga berilmasangiz, rolingizning ham ta'sir kuchi bo'lmaydi nazarimda. Qiyinchilik esa, hamma joyda bo'ladi o'ziga yarasha, ammo mening yutug'im, filmga rejissyorlik qilgan Ozod Shams kursdoshim, shuning uchun u mening ichki dunyoimni ham, tashqi dunyomni ham yaxshi bilgani tufayli, unchalik mashaqqatlarga duch kelamadim. To'g'ri rolni maromiga yetkazib o'ynash dastlab biroz qiyin bo'ldi men uchun, ammo rejissyor bilan ishlashda muammolarga duch kelmadim, boisi, bir-birimizni yaqindan bilganimiz uchun bo'lsa kerak, men nima xohlayotganimni u biladi, u nima istayotganini men bilaman. Xudo xohlasa, Ozod bilan san'at sohasida hamkorlik qilishimning oxirgisi emas, deb umid qilaman. Kelgusida yana birgalikda ijod qilamiz nasib bo'lsa.


- Ssenariy muallifi - ustoz adib - Abduqayum aka Yo'ldoshevning asari asosida ishlangan ekan, odatda, bosh qahramon rolini ijro etuvchi aktyor yoki aktrisa, ssenariyni o'qib chiqib, o'z fikr-mulohazalarini bildiradi. Ssenariy sizga ma'qul keldimi?


- Ssenariyning dastlabki varianti hozirgisidan farq qilardi. Rejissyor va Abduqayum aka ssenariy ustida qaytadan ishlashdi birgalikda, adashmasam, ssenariy bir yarim yil davomida yozildi va albatta aktyorlarning ham fikrlarini so'rashdi, biz ham o'z mulohazalarimizni baham ko'rdik, hamfikrlikda jamoaviy bo'lib ayrim o'zgartirishlar kiritdik shu yo'sinda. Voqealar rivoji shu yo'sinda yanada rang-barang qilib boyitildi. Tanlangan mavzu - dolzarb mavzu. Rollarda asosan debyutant akyorlar o'ynashdi. Asosiy aktyorlar - yoshlar, jabr ko'rganlarni aks ettirganlar ham yoshlar, shuningdek katta tajribaga ega ustoz san'atkorlarimiz ham o'z rollarini qoyilmaqom o'ynashdi, ulardan ham qo'shimcha maslahat olib ishlab, yanada amaliy tajriba orttirdik.


- Sizni kelgusida ko'plab rollarda ko'rish nasib etsin, bundan buyon ham ekranlarda katta-katta rollarni o'ynash kabi orzularingiz ijobat bo'lishiga tilakdoshmiz. Saytimiz muxlislari va o'zingizning ixlosmandlaringizga tilaklaringiz?


- Garchi, o'tib ketgan bo'lsa-da, yana bir bor onalarimiz, opa-singillarimizni 8-mart bilan va barcha yurtdoshlarimizni Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. Bundan buyon ham yaxshi yashi kinolarni muxlislarimizga taqdim etib ular qalbiga shukuhlik ulashish baxti bizga ham doimo nasib etsin, zotan, ma'naviy ozuqa olishib, bizni duo qilishsin. Sizga va saytingizlarning barcha muxlislariga ulkan omad, muvaffaqiyat tilayman, barchangiz ijoddan hech qachon to'xtamanglar!


 

 

Aktrisa va dublyaj ustasi - Barno opa Qodirova:

 

- Yosh bo'lishiga qaramasdan dolzarb mavzu, mas'uliyatli masalani keng yoritib bera olgan rejissyor ukamiz - Ozod Shamsga yanada omad tilayman. Film menga judayam yoqdi, hozirgi eng dolzarb muammolarni ko'tarib chiqqan, debyudant aktyorlar ham astoydil o'ynashgan, mas'uliyatni uddalay olishgan, san'atimizga yana yangi yangi san'atkorlar qo'shildi, san'at olami iste'dodli yoshlar bilan yanada boyidi deb hisoblayman. Muhabbat opa Abdullayeva, Shohida opa Ismoilova o'z rollarini judayam maromiga yetkazib o'ynashgan. Nazarimda film hammaga birdek manzur va ma'qul bo'ldi.

 

 

Aktrisa - Muhabbat opa Abdullayeva

 

- Muhabbat opa, doim qattiqqo'l, shaddod, shijoatli, bir so'zli ayollar obrazini o'ynab kelasiz. Bu filmda bokira qizlarni badnom qiladigan qo'shmachi - salbiy rolni o'ynabsiz... Kino haqidagi taassurotingiz, rolingiz borasidagi mulohazalaringizni bilmoqchi edim.


- Kinoda dolzarb mavzu ko'tarilgan, rollarda o'ynaganlar asosan debyudant yoshlar bo'lishiga qaramay, asosiy mavzu va yo'nalishni yoritib bera olishgan. Aytmoqchimanki, biz bu singari yoshlardan ruhlanamiz, ijodiy guruhimizdagi bolalar ancha uzoqqa borishadigan yoshlar. Demoqchimanki, har sohada professional bo'lish kerak. Rejissyor Ozod Shams, bosh qahramon - Sherali judayam iste'dodli yoshlar. Yoshlarimizning millatimizga munosib farzandlar bo'lib yetishishlariga o'z ulushlarini kinoda talqin etgan obrazlari orqali qo'sha olishlariga shak-shubham yo'q. Men o'ynagan obrazga kelsak - barcha yoshlarga ogoh bo'ling demoqchiman, albatta, bizga bunaqa rollarni o'ynash oson emas, qiyin, ham qiziq. Faqat yaxshi, ijobiy obrazlarni o'ynash zerikarli va aktyor-aktrisani bir qolipga solib qo'yiishi mumkin. Ba'zilar menga yomon rolni o'ynabsiz, deb qolihsadi gohida. O'sha yomon ayol nega yomon yo'lga kirgan yoki nega yomon bo'lib qolgan? Onasidan shu tarzda tug'ilmagan-ku. Uni shunday bo'lishiga qaysi muhit yoki sharoit sababchi? O'zagi qayerda? Uning ham ichki olami, tuyg'ularini ifodalab bera olish kerak.

Yurtdoshlarimni esa yana bir bor Vatanparvarlikka, ogohlikka da'vat qilishni istardim. Axir, jannatmakon o'lkamizning boshqa yurtlardan qayeri kam? SHuning uchun ona yurtimizni sevib, oilasi bag'rida shodon yashasalar, boriga qanoat va shukur qilsalar, o'zga yurtlarda xoru zor bo'lish xavfidan xoli bo'ladilar.


- Saytimiz va Yurtimizdagi muxlislaringizga tilaklaringiz?


- Muxlislarimiz kinolarni tanlab-tanlab, saviyasiga ahamiyat berib ko'rishsin. Chinakam san'atni soxtasidan ajrata oladigan, tushunadigan bo'lishsin, hozirda juda yengil-yelpi filmlar chiqib ketayapti. Komediya yarataman deb, kuldiraman deya masxarabozlik qilgan bilan o'sha kino yaxshi bo'lib qolmaydi, qaytaga muxlislarning ensasini qotiradi, bachkanalikdan bezib qolishadi. Masxarabozlikniyam eplaydigan, ularning ichki dunyosini aks ettira oladigan aktyorlar ham bor. Ammo aktyorlikning ko'chasidan o'tmagan, sohasi boshqa qo'shtirnoq ichidagi "aktyorlar" bor. Tomoshabinlar shu uchun san'atni tushuna olishadigan bo'lishlarini istardim.


Intervyu, reportaj va fotosuratlar muallifi - Muzaffar Muhammadnazar

 
 
 
 
 
 
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
Instamessage
Bu yerda manimcha Saytlar aybdormas chunki ular ham diskdan olib qo'yishadi shuni uchun diskka tarqatgan odamni topish kere
  • 1 июня 2014 20:36
Instamessage
Adminlar sizlar qanday fikrda saytlar ham javobgarlikka tortiladimi saytida bo'lmasa ham boshqa saytlarda uni logosi bilan bo'lsa ham
  • 1 июня 2014 21:10
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?