Har bir inson o‘zgacha bir olamdir. Bu «olam» – uning ichki dunyosidir. Bu shunday dunyoki, unda turfa – turfa hissiyotlar, tuyg’ular yashaydi. Mehr, do‘stlik, ishonch, nafrat, qat’iylik va shu qatorda, muhabbat ham bor. Ular ichida eng aziz va muqaddasi Vatanga muhabbatdir.
O’zbekiston! Tuprog’i zar, hosili gavhar, odamlari saxiy, bag’ri keng-u mehri daryo, mehmondo’st – u odamparvar, xush hulq – u chiroyli diyor! Butun olamni kezib chiqqanda ham, barcha ajoyib – u g’aroyib, mo’jizakor joylarni tomosha qilganda O‘zbekistonning kichik bir qishlog’idagi fayz – u tarovatdan bahra olganday, lazzatlanganday bo‘lmaysiz.
Mana xonanda Jasur G’oipov ham «Yagonasan, muqaddas Vatan» deya Mustaqilligimizning 23 – yilligiga bag’ishlab yangi taronani ijro etdi. «Vatanim» deb nomlangan tarona eng qutlug’ ayyom arafasida juda mos va munosib tuhfadir.
Keling, birgalikda tinglaylik!

Samida


Скачать | Download Tas-ix