Iqtidorli xonanda Sardor Mamadaliyev xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodidan unumli foydalangan holda e'tiborimizga
«Ko'nglimda bir yor» taronasini taqdim etmoqda.  Qo'shiq uchun musiqani xonandaning o'zlari maxsus bastalagan. Aranjirovkani esa Ahmadjon Xojimatov tayyorlab bergan. Sardor Mamadaliyev bu tarona uchun maxsus klipni suratga olishni istab va yaqin kunlar ichida bizga taqdim etish niyatida tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborganlar. 

Bu yil Muhammad Yusufning 60 yilligi yurtimiz bo'yicha keng nishonlandi. Shoir o'zining yorqin iste'dodi, o'ziga xos shoirona ijodi bilan xalqning ma'naviyligini oshirishga, milliy mohiyatini, g'ururni mustahkamlashga, yoshlarning vatanparvarlik ruhi bilan va estetik tarbiyalashga katta xissa qo'shgan.
Milliy adabiyotda Xalq shoirining «Tanish teraklar», «Ishq kemasi», «Erka kiyik», «O'zingdan qo'ymasin, xalqim» she'rlar toplamlari munosib joyni egallagan. Va albatta uning she'rlariga yozilgan  - jonajon O'zbekistonni, uning muruvvatli xalqini, sof va samimiy his - tuyg'ularini tarannum etuvchi qo'shiqlar katta shuhrat qozonib kelgan. Sardor Mamadaliyevning «Ko'nglimda bir yor» qo'shig'i ham shu taronalardan biri bo'lashini tilab qolaman.
 Samida




Скачать | Download Tas-ix