Yana bir yangilikni bizga nozli va qalam qosh Umidaxon taqdim qilmoqda. E’tiborimiz markazida xonandaning sho’x va raqsga shaylaydigan «Ho’p mayli» deb nomlangan taronanisi. Qo’shiq g’oyasi, musiqa va matni mualifi Eldor Qayumov. Aranjerovkani esa Jasur Badalbayev tayyorlagan. Tarona Umidaxonga, uning energetikasiga juda mos bo’lib, ilk jaranglash soniyasidan kayfiyatni ko’tarishiga shubha qoldirmaydi. Latofatli Umidaxon «Ho’p mayli» qo’shig’iga videoklipni, o’zgacha ko’rinishda, taronaga mos, sho’x – shaddot ritmlarda suratga olishni ham rejalashtirgan.

     Qo’shiqni tinglaymizni? Ho’p mayli!!!

Samida