Eldido guruhi yigitlari doim bizni haqiqatdan ham dilkash taronalari bilan xursand qilib kelishadi. Bunday qo’shiqlardan biri ijodkorlarning yangi, sokin ohang va milliy notalar ila kuylangan «Zorman» deb nomlangan. Qo’shiq g’oya, musiqa va matni mualifi Yakzondir. Eldido guruhi yigitlari bu va yana bir yangi «Hey yor» nomli ikkala taronaga videoklipni suratga olishni rejalashtirgan. Musiqiy ijoddan tashqari yigitlar kinoda ham suratga tushishmoqda. Iqtidorli kinorejissyor Sohib Abbosxon o’zining «Jonim fido» filmiga Doston va Dilniyozni taklif qilgan va kinokartinada ularni yana bir yangi tomondan ko’rish imkoni bo’ladi.
     «Zorman» ni bir bor tinglab, siz ham menga o’xshab qo’shiqni yana va yana tinglagingiz kelishi aniq! Tarona o’zining yoqimli musiqasi va ko’ngilli so’zlari bilan sizni rom etadi!
Samida