Закладки ALBERT EYNSHTEYN UYQUCHI BO’LGANMI?

Название:
ALBERT EYNSHTEYN UYQUCHI BO’LGANMI?
Дата:
1-12-2015, 20:44
Просмотры:
696
 
 
 
Har bir kishi kun mobaynida faol va tetik bo’lishni istashi tabiiy.

     Misol tariqasida, ishlaydigan odamning kun tartibini olib ko’raylik. Ertalab ishga jo’naydi, keyin – hamkasblari yoki do’stlarini uchratadi. Ishdan so’ng, qay tarzda hordiq chiqarish o’sha insonning qiziqish doirasidan, layoqatidan kelib chiqadi. Asosan, ko’pchilik, uy yumushlari, sevgan mashg’ulotlari bilan band bo’lishadi va yoki kompyuterda internetga ulanadi yoinki oynai jahon orqali biror ko’rsatuv (kino, futbol v.h)ni tomosha qilishlari mumkin.
     Ammo dam olish kunlari ertalab ko’pchilik kishilarda uyquchanlik boshlanadi. Ish kunlarida sarflangan quvvatni to’yib uxlab olish hisobiga qoplash ehtiyoji tug’iladi. Biroq, mutaxassis shifokorlarning fikricha, uyqu tartibining buzilishi uyqusizlik yoki ko’p uxlash kabi insonning umumiy holati va salomatligiga jiddiy putur etkazishi mumkin ekan.
     Mazkur masala yuzasidan nevrolog shifokorga murojaat qildik.
Ko’pchilik aziyat chekayotgan surunkali uyquga to’ymaslik dardidan qanday xalos bo’lish mumkin?
Birinchi navbatda, inson bir kecha-kunduz mobaynida 8 soat uxlashi me’yoriy holat sanaladi, ammo biror sababga ko’ra, kam uxlagan bo’lsa (kasallik, ish ko’pligi, favqulodda holat v.h.) to’yguncha uxlab olish maqsadga muvofiqdir. Mabodo, 8 soatlik uyqudan so’ng ham lanjlik yoki uyquga to’ymaganlik sezilsa, quyosh nuri va toza (ochiq) havodan bahra olish yaxshi samara beradi. Har kuni ertalab yugurishga erinsangiz, aqalli, har kuni bir necha kilometr masofani piyoda bosib o’tishga harakat qiling. Quyosh nurining ta’siri natijasida organizmdagi melatonin ishlab chiqarilishi  me’yorga tushadi. Bizning ichki soatlarimiz batartib ishlashida mazkur gormonning ahamiyati katta va eng avvalo, quyosh nuri  muhim ahamiyat kasb etadi.
Ba’zida kunlab yoki haftalab quyosh nurini bulutlar to’sadigan kuz va qish kunlari-chi?
Bu, albatta, o’ziga xos muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu tufayli ham, kuz va qish kunlarida inson immuniteti, ya’ni kasalliklarga qarshi chidamliligi kamayadi. Ammo biologik soatlarimiz biz qorong’u yo yorug’ xonada bo’lishimizdan qat’iy nazar, bexato ishlaydi. Hattoki me’yoriy hisoblangan makon va zamon o’lchamiga ko’ra, ayniqsa, kunning birinchi yarmida quyosh nuridan etarli darajada bahramand bo’la olmas ekanmiz. Ma’lum bir ma’noda, fototerapiya uchun mo’ljallangan maxsus lampalar muayyan kishiga etmay qolgan quyosh nurining o’rnini qoplashi mumkin, lekin oddiy elektr yoritkich lampa shisha quyosh nuriga nisbatan taqqoslanganda juda-juda kuchsiz.
Samarali hordiq chiqarish uchun necha soat uxlash va qaysi vaqt uyquga yotish borasida umumiy tavsiyalar mavjudmi?
Har bir odamning uyqu vaqti o’ziga xos tarzda farq qiladi. Yuqorida ta’kildaganimizdek, o’rtacha odam uchun uyqu vaqti 8 soatni tashkil qilsa, ayrimlar uchun 4-6 soat kifoya qiladi (kam uxlaydiganlar). To’yib uxlab olishi uchun bir kecha-kunduz mobaynida 10-11, ba’zida 12 soat lozim bo’lgan uyquchilar ham bor. Bu ham mutlaqo odatiy hol! Mashhur olimlar orasida kam uxlaydiganlari ham, uyquchilari ham bo’lgan. Masalan, Albert Eynshteyn bir kecha-kunduzda o’rtacha hisobda 11 soatlab uxlagan. Inson umrining uchdan bir qismini uyqu bilan o’tkazishini inobatga oladigan bo’lsak, o’rtacha 60 ga kirgan kishi 20 yilni uyquda o’tkazarkan.
To’yib uxlash, uyqu yaxshi bo’lishi uchun organizmni uyquga tayyorlashda nima qilishni tavsiya qilasiz?
Uyquga yotishdan oldin bo’shashish kerak. Uyqudan oldin asabni buzadigan suhbat, psixologik holatga ta’sir qiladigan kinolar ko’rish uyquni qochiradi. Shu bois, uxlashdan oldin toza havoda biroz sayr qilish, piyoda yurish (kun sovuq bo’lsa – musiqa tinglash) tavsiya etiladi.
Maslahatlaringiz uchun tashakkur!
Salomat bo’linglar!
 
Manba: "Sabo" gazetasi


кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz