Закладки “QULCHILARNING QUTLUG’ QADAMI

Название:
“QULCHILARNING QUTLUG’ QADAMI
Дата:
18-12-2015, 16:51
Автор:
Просмотры:
782
 

     O’zbekiston xalq artisti, mashhur aktyor Ergash Karimov gavdalantirgan sovchi obrazini bir yodga oling-a! Beixtiyor yuzingizga tabassum yuguradi. Undagi sahnalarning jonliligi, xalqchilligi, o’ziga xosligi kartinani milionlab muxlislarga ega qilgan bo’lsa ajabmas. Unda yangragan "xolasiga konfet zavodi, tog’asiga araq zavodi, opasiga tor shim, o’lgan buvisiga bir enlik kafan” kabi jumlalar tillardan tillarga o’tib kelayotgani ham hech kimga sir emas.

 

     Albatta, sovchilik bilan bog’liq turli kartinalar, badiiy filmlar yaratilgan. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi va bir-birini takrorlamaydi. Buning asosiy sababi ushbu qadriyatlar turli joylarda turlicha amalga oshiriladi. Ularni taqqoslar ekansiz, milliy urf-odat va an’analarimizning nechog’lik xilma-xilligiga ham guvoh bo’lasiz.

 

     Sovchi – bu so’zning lug’aviy ma’nosi Mahmud Koshg’ariyning "Devonu lug’atit turk” asariga borib taqaladi va "kelin bilan kuyovning o’rtasidagi xat-xabar tashuvchi kishi” degan ma’noni ifodalaydi. Umuman olganda, sovchilarning bugungi kundaki vazifasi ham avvalgilaridan deyarli farq qilmaydi. Uslub va shakllari biroz o’zgarish kasb etgan xolos. Ular mamlakatimizning turli hududlarida turlicha ko’rinishda namoyon bo’ladi.


 

Quyoshni "uyg’otgan” sovchilar


 

Gavhar ZAYNIDDINOVA,

 

Jizzax viloyati G’allaorol tumani:


 

— Biz taraflarda bu udum boshqa hududlarga qaraganda farq qiladi. Misol uchun, aksariyat holatlarda sovchilar erta tongda eshigingizni qoqib kelishadi. Ba’zi paytlarda hali quyosh ham chiqmagan bo’ladi. Buning ham o’ziga yarasha sabablari bor. Birinchidan, saharda boshlangan ish hayrli bo’ladi, deb ixlos qilishsa, ikkinchidan, xonadon egalarining ro’zg’or tutishini ham nazardan o’tkazishadi. Ertalabdan ozoda va sarishta qilib qo’yilgan oilaning farzandidan yaxshi kelin chiqishi turgan gap-da. Undan tashqari "mug’ombir” yangalar biror bahona bilan albatta, hojatxonani ham ko’zdan kechirishadi. Bu ham shu xonadonning qanday muhitda yashayotganidan darak beradi.

 

 

"Tog’orani ehtiyot qiling”, qizsiz qolmaylik

 

Shahlo ABDUQAYuMOVA,

 

Toshkent vildoyati Bekobod tumani:


 

— Men katta bo’lgan joylarda sovchi kutish mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Chunki uning nozik jihatlari ko’p. Misol uchun ayollar birinchi marotaba kelganda uy sohiblariga tog’ora tutqazishadi va bu xonadon egalari tomonidan qattiq qo’riqlanadi. "Ichida nima bor ekan” deb, shunchagi ochib ko’rsalar ham roziliklarini bildirgan bo’lishadi. Qizlarini bermoqchi bo’lishsa xo’p-xo’p, unday niyatlari bo’lmasa ham, qati buzilgan tog’ora evaziga to’y boshlashga majbur bo’lishadi.

 

 

Manba: "Sabo" gazetasi

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?