» » » TOYDA VALSGA TUSHGANI UYALMAYSIZMI, KUYOV BOLA?

TOYDA VALSGA TUSHGANI UYALMAYSIZMI, KUYOV BOLA?

:
TOYDA VALSGA TUSHGANI UYALMAYSIZMI, KUYOV BOLA?
:
2-11-2015, 05:42
:
2507
 
 
 

TOYDA VALSGA TUSHGANI UYALMAYSIZMI, KUYOV BOLA?


     Tasavvur qiling, katta izdihomdasiz. Yigilganlar orasida tanishdan kop notanish. Tagin kopchiligi mast-alast erkaklar. Shunday davrada siz juftingiz bilan quchoqlashib, raqsga tushishingiz talab qilinyapti. (Beparda sozlar uchun mushtariylardan uzr soraymiz)

Keling, gaplarimiz tushunarli bolishi uchun erkaklarga murojaat qilsak. Xullas, bir toda oshna-ogayningiz suzilib-tokilib sizdan xotiningiz bilan davra ortasida quchoqlashib, suykalashib oyinga tushishni talab qilishyapti. Ha, sorashmayapti, aynan TALAB qilishyapti. Buni qarangki, xotiningiz juda ham ochiq kiyingan. Kokrak, elka, qol namoyishkorona tarzda ochiq. Siz esa xonimingizni sekin quchib, oyinga tortasiz. Xonimingiz ham quchogingizga tiqilib, suykala boshlaydi. Atrofda tanishu begona erkak eb qoygudek tikilib turibdi

DunyoQarashimiz Ozgaryapti, ammo

     Ajoyib manzara-a? Bu holat sizu bizga notanish emas. Axir erkak-ayolning quchoqlashib valsga tushishi noviy uzbeklar urfga kirgizgan qiliqlardan biri. Bitiruvchi sinf oquvchilariga ham Songgi qongiroq kuni vals qildirishadi, nikoh toyi bolayotgan kelin-kuyovni ham valsga tushirib, ketidan gorka, gorka qildirib, etmaganiga kelinning dugonalariga ham tezroq kuyov chiqishiga ishora qilinadigan irim guldasta ottirishadi, oltmish, etmish va hokazo yoshlik yubileyini otkazayotgan cholu kampir ota-onasini ham vals tushishga majbur qilishadi. Bazi odamlarning ruhiyati ozgaryapti, ammo bu ozgarish ming yillar davomida sayqal topgan, andisha, hayo, qadr-qiymat, ozgalarga hurmat-izzat kabi odamiylik fazilatlari tajjassum topgan qadriyatlarimizga putur etkazmoqda.

Onalarda andisha bolmasa

Qizini uzatayotgan tanish ayolning gaplaridan ensam qotib, mulzam qildim.

Qizimni uzatayapman, toyda xorijiy musiqaga emas, ozimizning ozbekcha musiqaga valsga tushishini aytdim, deyapti ogzini toldirib.

E, uyalmaysizmi, ona bola turib gapirayotgan gapingizni qarang. Qizingiz valsga tushaman desa, ogzini yopib tashlamaysizmi?, desam indamadi. Onalar shunday deb turganda qizlardan nima kutish mumkin?! Nikoh toyida atrofdagilardan uyalmay, valsga tushadiganlar ertasi kuni qaysi koz bilan qaynona-qaynotasiga, oilaning kattalariga korinarkinlar-a?

Ayrimlarning siyratidan andisha kotarilyapti. Bir paytlari yangi kuyovlar qaynotasiga korinishga xijolat bolib yurishardi. Hozirgi yigitlar uyalmay qaynotaning oldida qizi bilan quchoqlashib oyinga tushishadi. Bepardalik, yuzsizlik ham evi bilan-da, deging keladi shundaylarni korganingda

oarbning salbiy odatlariga yurib emas, yugurib borayotgan ayrim zamonaviylarning bu kabi quyushqonga sigmas qiliqlari haqida kop yozildi. Ommaviy madaniyat targib qilayotgan madaniyatsizliklar sirasiga kiruvchi nikoh toylari bilan bogliq yangicha zakunlar xususida-ku aytilmagan gap, yozmagan jurnalist qolmadi. Ammo epaqaga kelish orniga, beoxshov qiliqlar, yarashmagan maynavozchiliklar avj olmoqda.

Sinash uchun

- Ayrim ozini zamonaviy deb hisoblaydigan, pasportining millati degan joyiga ozbek deb korsatilgan ozbek qizlari ochiq-sochiq kiyinishni fojia hisoblamaydilar. Vals tushishni-ku gapirmay qoyaveray. Afsuski, oliy malumotli, ziyoli, oq-qorani tanigan bazi qizlar nikoh toylarida kelin-kuyovning bir-biriga ehtirosli suykalib vals tushishini odob-axloqqa ham, milliylikka ham, dinga ham hech qanaqa ziyoni yoq, deb hisoblar ekanlar

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga Nikoh toylarida kelin-kuyovning valsga tushishiga qanday qaraysiz? Bu hol milliy mentalitetimizga nechogli togri keladi? degan savol bilan murojaat etdik. Muhokamalarda ishtirok etgan ayrim qizlarning vals tushmoqchi bolgan kelin-kuyovlarni yoqlab munosabat qoldirganlari bizni taajjubga qoldirdi.

Bir hamkasb singlimiz kelin-kuyovlarning valsga tushishini milliylikka taqamasligimizni sorab iddao qilgan ekanlar, ularga javoban boshqa bir yigit yurtdoshimiz shunday fikrlarni keltiribdilar:

Undaylarga qaramay otaman!..

Milliylikka zarari yoq, deb hisoblasak, hali kop narsalarni qabul qilishimiz kerak boladi. Valsdan boshqa yana kop bolmagur odatlarni bemalol urfga aylantirsak boladi. Bolmagur, keraksiz deyishimga sabab, vals globallashuv davrining mahsuli emas. Qolaversa, vals bilan milliyligimiz hech narsa topmaydi, nafaqat milliylik, umuman jamiyat hech nima topmaydi. Ammo yoqotishi mumkin, qaysiki, odob-axloqimizga, milliy qadriyatlarimizning ohori tokilishi oqibatida ozligimizni yoqotishga duch kelamiz. Shunday ekan, nima keragi bor ortiqcha qiliqlarni. Raqs boyicha mutaxassislarni tushunsa bolar, kasbi shu-da deb, lekin valsga tushaman, deb toydan bir oy avval repetitor yollaydiganlarni hech qanaqasiga oqlab bolmaydi

- Qoyavering, oynab qolishsin. Yigit nomussizligi, hamiyatsizligi, orsizligini bayram qilsin, - deb oz munosabatini qoldiribdi yana bir hamkasbimiz. Kor-korona birovlarga taqlid qiladigan esi pastligini korsatib qoysin. Hamma korsin! Qiz ham hayosizligi, tarbiya kormaganligi, ertaga haqiqiy er boladigan, vafodor yor boladigan ogil-qizlarni tarbiyalashga yaramaydigan noshudligini elga namoyish qilsin! Valsga tushishlariga qanday qaraysiz? debsiz. Yaxshisi, ularga qaramay otaman. Sharmandalikka indamay qarab turish ham sharmandalik, orsizlik Millat viqorini zimdan, hatto oshkora kemirayotgan garbona, gayriaxloqona bunday illatlar murosa qiladiganlarning manaviy dunyosi garibdan garib, qashshoqdan qashshoq. Undaylar haqida bundan ortiq yana nimani gapirish mumkin, bilmadim

- Oddiy qilib aytganda, nikoh toyida bolajak rafiqasini qoltiqlab valsga tushayotgan kuyov yigit hali erkak bolib shakllanmaganini hammaga shu qiligi bilan korsatib qoyadi, deb yuqoridagi savolga munosabatini qoldiribdi boshqa bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

Yashash qiyinlashib ketdimi?

Valsga tushishni yoqlaydiganlarning aksariyati qizlar ekani mulohazaga toldiradi kishini.

Shahrimiz toyxonalari bilan boglanib, kelin-kuyovlarga vals tushishni orgatadigan repetitorlarning narxi bilan qizikdik. Ozini V. deb tanishtirgan baletmeyster bir oylik mashguloti narxi 200 AQSh dollari ekanini aytdi. Uning aytishicha, shaharda eng arzon baletmeyster u ekan, boshqalari 250-300 AQSh dollaridan kamiga orgatmas emish

Tagin Yashash qiyin boldi, deb nolib qoyishimiz ortiqcha

Qachon qutulamiz?

Bu manqurtlikdan xalos boladigan payt qachon kelarkan? Qachon ozbek yigiti doppisidan or qilmaydigan, ozbek qizi etaklari uzun qilib tikilgan atlas koylagidan UYaLMAYDIGAN boladi? Qachon kelin koylaklar salonida kelinchaklarga moljallangan ozimizning adrasu atlaslardan, shoyi kimxob matolardan tikilgan bejirim, ozbekona koylaklar kozni qamashtirar ekan, qachon kuyovlarimiz Buxoroning tilla zarlar bilan bezalgan zarbof choponlaru, sallalari bilan goshangalarga kirar ekanlar?..

Hoynahoy, bu orzularimiz zamonaviylarning gashiga tegib, senga yoqqani uchun hamma osha kiyimlarni kiyishi kerakmi?! degan istehzo bilan qosh chimirgandirlar. Shundaylarga aytadiganimiz: aytaylik, siz xorijiy davlatda yoki yurtimizda biror-bir chet el fuqarosi bilan hamsuhbat bolib qoldingiz. U sizga shunday savol bersa: Qaysi millat vakilisiz? Milliy kiyimingiz qanaqa? Millatingizning oziga xos qanday urf-odatlari bor?. Bu savollarga javob bera olasizmi? Mayli, kimnidir qoyavering, ozingiz yuragingiz, vijdoningiz oldida shu savollarga javob bera olasizmi?..

Bolam, sen OZBEKsan!

Bazilar garbdan oqib kelayotgan har turli narsalarni shundoq kochirib olishyapti. Milliy qadriyatlar ohori tokilayotgani, zaiflashayotgani haqida qancha kop gapirilmasin, tasiri sezilmayapti. Nega? Negaki, fitratimizda ozbekona odatlarni shakllantiradigan tarbiyadan uzoqlashib boryapmiz. Farzandlarini Sen ozbek farzandisan!, Sen ozbek qizisan!, Sen ozbek yigitisan! degan fikrda sobit qilib tarbiyalayotgan oilalar kamaydimi? Bu holatda qanday qilib bolalarimizdan ozbekona tarbiya, andisha va hayo talab qila olamiz? Ogil bolalarga ular juda yoshligidan opa-singlisini begona kozlardan asrashi kerakligini uqtirmay, bolakaylar tiynatida haqiqiy er yigitga xos fazilatlarni shakllantirmay turib, ularning garbga taqlidona omma koz oldida ahli ayolini koz-koz qilishidan ranjishga neqadar haqli ekanmiz? Qizaloqlarimizga oppoq elkalari, momiq bilaklari, oppoq sonlarini korinadigan qilib xorijiy uslubda tikilgan kalta-ishtoncha, engi yoq sarafanchalarni kiydirib qoyib ular katta bolgach, ochiq kiyinadi, deb vovaylo qilib yurishimiz qay mantiqqa togri keladi?..

Xulosa ornida

Kelin bolganda kokragi ochiq koylak kiyish, guldasta otib kelindan keyin kim erga tegishini bashorat qilish, kelin-kuyovning qoltiqlashib, fotosessiya qilishi va hammaning koz ongida bir-biriga ehtiros bilan tikilib, valsga tushish kabi illatlarni yoqotish uchun avvalo farzandlarimiz fitratini tozartirishimiz shart. Siz nima deysiz, aziz gazetxon?

 

Umida ADIZOVA, "Bekajon" gazetasi


. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...
.
gen.uzoqov
gap yo'q, chunki deyarli hamma gap aytib bo'linibdi, endi faqat bung o'xshash maqolalarni ko'proq tarmoqlarda, site larda e'lon qilish, gazetalarda chop etish kerak, bu maqolaga yana ko'p narsalarni qo'shish mumkin, lekin hozircha shularni o'zini bartaraf qila olsak ko'p narsaga erishgan bo'lardik
  • 19 2015 17:24
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz