Oilali fohishalar

:
Oilali fohishalar
:
20-07-2015, 07:37
:
2959
 
 
 
Oilali fohishalar 
 
     Keyingi paytlarda xiyonat sababidan parokandalikka uchrayotgan oilalar haqida kop eshityapmiz. Bu hol yosh oilalar qolib, on-on besh yil, balki undan ham koproq birga hayot kechirgan er-xotinlar orasida ham yuz berayotgani achinarli hol. Hayot achchiq-chuchugini tatib korgan, oq-qorani ajrata oladigan kishilarning bu taxlit sharmisorlik bilan ajralishi taajjubga soladi kishini. Ming xijolatlik bilan sababini sorasangiz, tap tortmay:
   Erim bilan chiqisholmay qoldik. Menga ishonmaydi. Har qadamimni poylaydi. Bunaqa hayot kimga kerak?!- deyishadi chimirilib. 
Shuncha yil birga yashab, endi eri ishonmay qolgan ekan. Demak...
Umuman olganda nikohiga, oilasiga xiyonat qilish, shahvoniy nafsga erk berish xalqimizda va dinimizda qattiq qoralanadi. Garchi erkakning xiyonati "yigitchilikka yoyilib oqlanib olinsa-da,

Ayol xiyonati kechirilmaydi! 
   Oglimning oilasi buzilib ketdi, ikki nevaram ozimda qoldi, - deydi  Toshkent shahridan qongiroq qilgan onaxon.- Kelinim yomon yolga kirib ketdi. Oglim bilan ajrashishgandi, bunday nopok ayol onalikka, bola tarbiyalashga noloyiq deb, bolalarni ozim tarbiyalaydigan boldim. Farzandlarimni uyli-joyli qilib tinchidim, endi xotirjam nafas olsam ham boladi, deb turganimda bu kunlar ham boshimda bor ekan. Bir paytlari ayollarning xiyonati haqida gapirish, eshitishning ozi or edi.  Hozir har kuni kimningdir xotini, kelini yo qizi xiyonat ustida erining yaqinlari tomonidan ushlangani haqida gap-sozlar quloqqa chalinib turadi. Odamlar sharmandalikdan sharm qilmay qoydilar chogi? Yosh-yosh juvonlarni korsangiz, allambalo kiyimlarni kiyvolishgan. Kozlari bejo, qachon qaramang kochada. Orqavarotdan eshitsangiz, oilasi buzilgan bolib chiqadi. Nomigagina erga tegib chiqishgan, ozlarining aytishicha yuzlarini yorug qilib olish uchun. Endi ajrashib olib xushiga kelganini qilib yurishibdi. Ikki ortada yana qiyinchilik, aziyat bolalarga! Nevaralarimni yaxshi parvarish qilishga, mehr berishga harakat qilaman, ammo baribir onasi bololmayman-da! Bolaga ona mehri, ona tarbiyasi zarur! Onalarning ahvoli esa haligi!..
Oilasidagi etishmovchilik yoki erining rozgorni taminlay olmayotganini vaj qilib shahvoniy nafsi yoliga kirib ketgan ayollarni hech qanday holatda oqlab bolmaydi! Ehtiyojmandlik hech qachon axloqiy buzuqlikka sabab bolmagan, bolmaydi ham! Ayolning nopok yolga qadam bosishining bitta va bitta yoli  tiyiqsizlik va manaviy qashshoqlik!

Unday sharmandalikning boshqa hech qanday izohi yoq!
Paygambar alayhissalom deydilar: Uch xil yomon sifat bordirki, ular (manaviy) faqirlikdandir. Bularning biri yomon xotindirkim, birga bolsang, ozor beradi, yoq bolsang, xiyonat qiladi. 
Avvaliga erining topish- tutishi kongildagidek emasligidan nolib yurgan ayol uni Rossiyaga ishlagani jonatib yubordi. Uch-tort oy otib ayol haqida har xil gap-sozlar chiqqan edi, u erining yaqinlariga: "Ayol kishi ersiz yursa sogligiga yomon tasir qilar ekan. Nega erim meni tashlab ketvordi deb xiyonatini izohlagan ekan. Endi ozingiz bir oylab koring, avvaliga puling yoq deb er bechorani kamsitib, uni begona yurtlarda sarson-sargardonlikka yuborib, keyin nikohiga xiyonat qilyapti-yu, shu turishida ham erini aybdor qilyapti. 
Xiyonatini sogligi uchun niqob qilib olgan ayollar bugunga kelib oramizda anchani tashkil qilyapti.  "Jinsiy hayot normal tarzda bolmasa ayol kishida har xil xastaliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Keyingi paytlarda shunday beoxshov, betiyiq gaplarni kop eshityapmiz. Urush paytlarida goshangalarda beva qolib ketgan buvilarimiz nima qilishgan ekan-a? Ayrimlari 17-18 yoshida beva qolib bir umr turmush qurmay otishgan. Ammo osha paytlarda ayollar jinsiy xastaliklari degan gaplar hozirgidek global muammoga aylanmagan-ku! Xullas, har qanday holatda ham ayolning xiyonati oz

Aybini yopish uchun bahona!
Anchadan beri kormagan tanish ayolni uchratib qoldim. Gap orasida turmushi buzilganini aytdi. Hech xayolimga kelmagandi. Sababini soragandim, tayinli javob yoq. Togrirogi, 15-20 yillik turmushini osongina buzib yuborayotgan ayollarning "kohna va qabih "qoshigini kuyladi:
   Erimda konglim yoq. Mehr bermaydi. Rashkni bahona qilib janjal chiqaraveradi. Bir necha marta meni dopposlagan. Oxiri chidolmadim, uydan chiqib ketdim. Endi u bilan yashamayman. Oglimni unga qoldirdim, ogil bolani orqamdan sudrab yurib nima qilaman?! Qizim ozim bilan...-  Ayol gap orasida yana "odnoklassniki.ru saytidan sinfdoshlarini topib olganini, ayniqsa, yoshligidan oziga sevgi izhor qilaverib, ortidan qolmagan sobiq sinfdosh dosti bilan topishganini gapirgandi, vaziyatni chamalab ulgurdim. Demak sinfdosh bilan yozishmalar, telefonda kechayu kunduz gaplashishlar oqibatida on besh yillik oila parokandalikka uchragan. Qirq yoshli ayolning hissiyotlarga berilib, shunchaki tanishiga yoshlikdagi sevgilisi haqida tolqinlanib gapirishi gashimni keltirdi.
   U meni nikohiga olmoqchi,- dedi u yana entikib-sevinib.- Ammo xotinidan istihola qilyapti shekilli. Men juda baxtliman, judayam,- deydi yana surbetlarcha. Chamasi 30-40 daqiqalar davomida ayol sobiq sinfdosh sevgilisi, uni yigirma besh yildan beri sevishi vahokazo va hokazolar haqida tinmay gapirdi. Uni eshitganimdan afsuslanib ketdim. Goyoki konglim kirlandi. Agar yana biroz yonida otirsam, dilimda tolib-toshgan nafratim tilimga kochishi muqarrar edi.
   Hozir unaqalar juda kopayib ketgan, -deydi bir dugonam ozaro suhbatimizda.- Qaynegachim otirsa-tursa qolidan telefon tushmaydi. Kap-katta xotin buncha telefonda kim bilan nimani gaplasharkan, deb gashlansam, odnoklassniki.ru saytidan allaqanday maktabdoshimi sinfdoshinimiey topib olgan ekan. Uyalmay-netmay osha bilan yozisharkan. Yana tap tortmay, "uning gaplarini soginib qolaman deydi ham. Gaplarini eshitib ozimdan uyalib ketdim...
Biz ozbekmiz, birodar, ozbeklarning turmushida "Layli- Majnunchilik ketmaydi! Bizda turmush qurgan juftlar butun hayot davomida bir-biriga ChIDAB yashaydi! Boshqasi bekor! "Erim menga befarq, "Bir paytlari u meni sevardi, hozir buni umuman eslamaydi, "Gul kotarib kelib sevgi izhor qilmaydi, xiyobonlarda aylantirmaydi degan vaj-korsonlar bilan eridan nolib yuradigan ayoldan-da eng xunuk, eng razil mavjudod bolmasa kerak dunyoda! Bizning tamoyilda ayol fidoiy bolishi kerak! Ayol-eriyu bolalariga qalqon, gamxor, mehribon bolishi shart! Vafodorlik haqidaku qayta -qayta eslatish shart emas. Ammo afsuski, bugunga kelib ayrim ayollar kasriga ozbek ayolining asl qiyofasiga qora chiziqlar tortilmoqda.

Gunohligini unutgan gunoh
Ayol xiyonati, oilali bola turib nopok yollarga kirib ketgan buzuq ayollar haqida gapirish tugul, undaylar haqida eshitishning ozi kishini larzaga soladi, -deydi jurnalist Husen Tangriev kuyunchaklik bilan.- Istedodli ijodkor Iqbol Qoshshaeva bunday illatlar haqida yoza turib, " Gunoh gunohligini unutib qoymoqda degan edi... Chindan ham, nikohiga, eriga xiyonat qilgan ayollar ayolligini unutib qoygan maxluqotlardir. Undaylarning jirkanchligi kasri bolasiga uradi. Taassufki, gunoh jabrini begunohlar tortadi. Bolasi ogrimasa ham , olmasa ham, buzuq ayoldan tugilgan, fohishaning tarbiyasini (agar uni tarbiya deyish joiz bolsa!) olgan boladan kelajakda nima karomat kutish mumkin?! Ayolning buzilgani- naslning buzilgani emasmi, birodar?!

Erkak xiyonatni kechiradimi?
Ming afsuski, ayrim hollarda dayus erkaklar xotinining xiyonatini korib-bila turib indamay yuraverishadi. Bu kopincha xotin boquvchi bolgan oilalarda kozga tashlanadi. Hatto ayrim oriyatsiz erkaklar xotini chet ellarda tanasini sotib topib yuborgan pullarga dangillama hovli-joylar qurib yashashdan, xorijiy rusumdagi avtomashinalarda yurishdan hech uyalishmaydi. Undaylarni Xudo urib qoygan! Unaqalar haqida Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi: Nopok ayollar nopok erlar uchundir (yani, loyiqdir), nopok erlar nopok ayollar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erlar uchundir, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir (Nur surasi, 26-oyat).

Isloh etilmaydigan xato!
Mulohazalarimiz avvalida xiyonatkor ayollarning yani, oilali fohishalarning qilmishlariga "erim uzoqda yoki "erim kasal, sogligim uchun jinsiy hayot zarur ekan degan sharmandali iqror bilan niqob tortishi haqida gapirdik. Maqolani tayyorlash jarayonida  internet saytlarining birida keltirilgan dalilga kozimiz tushib, hayratdan yoqa ushlab qoldik. Kopchilikka malumki, islom olamida beva qolgan yoki eridan ajrashgan ayol uchun tort oyu 10 kun mobaynida idda saqlash buyuriladi. Garb tib olimlarining aniqlashicha, bir marta erkak bilan birga bolgan ayolning bachadonida erkak maniysi tort oy davomida saqlanar ekan. Tortinchi oydan oshib otgach, ayol organizmi sekin-asta tozalanib borar ekan. Shuningdek, angliyalik olimlar bir erkak bilan jinsiy yaqinlikda bolib turib, orada tanaffus qilmay ikkinchi erkak bilan  jinsiy hayotni davom ettirgan ayollarning bachadonlarida ogir kasalliklar paydo bolishini isbot qildilar.
Fohisha ishlar, zinokorlik, hayvoniy hirsga asir bolish dinimizda ham, jamiyatimizda ham mutlaqo oqlanmaydi! Unday xatolar hech ikkilanmay isloh etilmaydigan xatolar sirasiga kiradi. Xato isloh etilmasa, kishi umrbod vijdon azobidan ortanib yashaydi. Hayotning lazzatini, mano mazmunini kormay iflos botqoqda gong pashshayu qongizga oxshab umr kechiradiganlar ham vijdon azobini anglarmikinlar?..

Umida AZIZ
Manba: Oilam sayti
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz