» » Birovni ayblaversak omad bizdan yuz o’giraveradi

Закладки Birovni ayblaversak omad bizdan yuz o’giraveradi

Название:
Birovni ayblaversak omad bizdan yuz o’giraveradi
Дата:
18-12-2015, 14:19
Просмотры:
564
 
 

Birovni  ayblaversak omad bizdan yuz o’giraveradi.

     Lazarev falsafasida eng avvalo Xudoga ishonish va shu bilan birga insonning qayta va qayta tug’ilishi ya’ni reinkarnatsiya yotadi. Quyida uning "Karma diagnostikasi-2” asaridan ayrim fikrlarini keltiramiz...
Do’stlar davrasida badavlat odam bilan tanishib qoldim. Boylik, pul, tejamkorlik, xasislik, ziqnalik haqida bahs boshlandi. 
-Men tejamkor emasman, buning aksi, - dedi o’sha boy odam, -  o’ta saxovatliman. Qancha ko’p sarflasam, shuncha ko’p keladi. 
Men uning bioenergetikasida o’ta sof doirani ko’rdim. Pokiza va tozalangan aura! U o’tgan hayotida umrini dinga bag’ishlagan monarx bo’lgan ekan. Odam qanchalik yuqoriga talpinsa,  shu darajada Erdan uzoqlashadi.  Biz qanchalik Erga, ya’ni moddiylikka talpinsak, shu darajada qashshoqlashib boraveramiz. Erdagi mavjud narsa pul, boylik emas, osmonga yo’naltirilgan ruhiyat, pokiza qalb, Yaratganga va hayotga (qanday bo’lishidan qa’tiy nazar) nisbatan  muhabbat kuchli bo’lishi kerak. 
Ko’pgina boylarning aurasini  masofa orqali taftish qilganimda evolyutsiya mexanizmining qay tarzda ishlayotganligini angladim. 
Jonli organizm  o’z xohish, istaklar doirasini nazorat va himoya qila olsa, oldinga qarab rivojlanish bo’ladi.  Bu esa rivojlanish uchun harakat boshlandi, degani.   
Birinchi doira inson jismidir (tanasi). Jismning istaklari nazorat qilinsa, ong rivojlanadi, shunda odamning o’z- o’zini nazorat qilishi kuchayadi. Doira qanchalik keng bo’lsa, intellekt va ong tezroq rivojlana boshlaydi. 
Yakinda bir odam mendan yordam so’rab keldi.
-Siz folbinlik qilar ekansiz. Qarindoshim qimmatbaho taqinchog’ini sotib berishimni iltimos qildi. Men pul ishlash maqsadida ularni shu ish bilan shug’ullanadigan yigitlarga bergandim. Afsuski mana bir necha oydan beri ulardan darak yo’q. Ming dollarga chuv tushirishdi! Qarindoshim har kuni so’rayapti,  berishga pulim yo’q.Endi qaytarib berisharmikan? 
-Gap ularda emas, aslida  o’zingizda. Bir narsani tushuning. Siz bilan sodir bo’layotgan har bir  vaziyat Xudodandir. Men bilan shunday bo’ldimi, demak bunda ma’no bor, degan fikr uyg’onmog’i lozim. 
Bashoratim natijasi otasining xasisligi, boylarga nisbatan o’ta hasadgo’y odam ekanligini ko’rsatdi. 
-Otangiz xasadgo’y odam bo’lgan ekan. Boy odamlarga nisbatan nafrat, hasad, pulsizlikdan, taqdirga nisbatan norozilik, pul yo’qolganda hayotga nafrat insonni qashshoqlikka etaklaydi. Agarda odam o’zini o’zgartirmasa, farzandlari bundan aziyat chekadi.  
-Endi nima qilishim kerak? 
- Moddiyatga nisbatan munosabatingni o’zgartirishingiz kerak. Pulsiz qolganingizda ham Xudoni eslang va shukr qiling, har bir xafachilik uchun, hasad uchun, kimnidir yomon ko’rganing uchun  Undan kechirim so’rang.
- Tushunmadim, shundan keyin pulimni qaytarib berishadi, demoqchimisiz? 
 - Har bir vaziyatda inson irodasi 10 foizni tashkil etadi. Demak, siz odamlar bilan gaplashayotganingizda Xudo bilan gaplashayotgan bo’lasiz. Xulosa chiqaravering.  
            Oradan bir necha kun o’tgach u yana xonamga kirib keldi. 
-Ishlar qalay, taqinchoqlaringizni qaytarib berishdimi? 
- dedim qiziqib.
-  Ha, qaytarib berishdi. "Aslida biz qochib ketmoqchi edik, ammo fikrimizdan qaytdik”, deyishdi. Nega degan savolimga bilmasam, degan javobni oldim. O’zim ham hayronman. Shu kunlar davomida  Alloh taolodan faqat kechirim so’radim. Otamning gunohlarini kechirishini... Lekin kelgan balo shunga ursin, deb taqinchoqni qaytarishlarini  o’ylamagandim dedi...
Xulosa: Pulning ortidan quvmang, pul topishni maqsad qilmang, uni yashash uchun vosita sifatida qabul qiling!  
Yonimda o’tirgan haydovchim mening ma’ruzalarimni tinglaganligini aytdi.
- Pul haqidagi gaplaringizni eshitdim. Bilasizmi, uyimda to’rtta bolam bor, men ularni boqishim kerak, Qanaqasiga men pul uchun yugurmay, qanaqasiga pulni o’ylamay? 
- Siz bu muammoning echimiga bir tomonlama qaraysiz. Yo u, yo bu degan fikr miyangizda qotib qolgan.
Agar pul haqida orzu qilsangiz, doim pulni o’ylasangiz - bu yomon. Puldan umuman voz keching. Erdagi baxt ikkilamchi ekanligini anglash kerak, birlamchi esa  ruh pokligidir. Pul maqsad emas, vosita ekanligini tushuning. Pul bo’lishi kerak, ammo hasad qilish, agressiv tarzda uni istash, yo’qligidan nolish, aziyat chekish, bundan tushkunlikka tushish mumkin emas. 
Birovdan xafa bo’lib, omadsizligimiz uchun birovni  ayblayversak omad bizdan yuz o’giraveradi. 
Mushkulotlarimizning  asosi yomon odamlar emas, balki o’zimizning mukammalsizligimizdir. Bunda aybdorlar yo’q. 
G’arb ruhiyati moddiyatni asos qilib oladi, Sharq esa buning aksi. G’arb Erga, Sharq samoga talpingan. Hozirgi paytda sezgan bo’lsangiz G’arb ustunlik qilib  insoniyat ruhiyati Erga talpinyapti, to’g’rirog’i, butun olamda shu jarayon ketayapti. Har birimizning ichimizda Sharq hukm surmog’i lozim. 

Manba: "Sabo" gazetasi
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz