» » Navro'z umumxalq bayrami

Navro'z umumxalq bayrami

:
Navro'z umumxalq bayrami
:
:
21-03-2014, 06:19
:
1607
 
 
      Navro'z Sharq xalqlari orasidab bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aliksandr, arablar, mo'g'ullar kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navro'zni yo'q qilib, halok qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o'tgan yilgi yig'ilgan g'alla ham, oziq-ovqatlar ham sob bo'lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o'zi mehr-muruvvat ko'rsatib, yorug' kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eso-omon etib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g'ayrat jo'sh urgan. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa Devonu lug'otit turk asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Umar Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida Navro'znoma nomli maxsus kitob yozganlar. Navoiyning ustozi-turkiguy shoirlarning malikul kalami-Lutfiy domla Gul va Navro'z o'lmas dostonini yaratganlarki, bu asar hamon sahnalarimizni bezab, bizga Navro'z haqida aadbiy-badiiy tushuncha, ma'lumot berishda davom etib kelayotir. Navro'z bayramida bizning kunlarimizda ham bir muddat hujum uyushtirildi. Ammo qadimiy odatimiz bu galgi qatag'ondan ham eson-omon o'tib oldi. Mana, bugun yana biz o'zbeklar ham barcha Sharq xalqlari singari o'z milliy urf-odatimiz Navro'z-Yangi yil bayramizni bor malohati, bo'y-basti bilan ko'z-ko'z qilib o'tkazayapmiz. Navro'z bayrami kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, bahor faslining 21-22 mart kunlaridan boshlab bir hafta, o'n kun davomida o'tkazilgan. Bu bayram, avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, yangi yil bilan yurtimizga go'zal Bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o'z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlangan. Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar o'tkazishgan. Qadimda ajdodlarimiz Navro'z kunlari qish manzillari-qishloqlardan yozgi mehnat va hordiq maskanlari-yozloqlarga ko'chib o'tishgan. Dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar erga qo'sh solishgan. Jamoa-jamoa bo'lb, hashar-ohsarlar uyushtirilgan. O'tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ularning mozorlari obodonlashtirilib, ko'kalamzorlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar o'tkazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navro'z-yangi yil, yangi hayot qaynagan.Navro'z bayramiga atab ajdodlarimiz mazsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Navro'z taomlari o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlashgan an'anaviy odat tusiga kirgan. Bu bayramda Siz tengi bolalarning ishtiroklari, ayniqsa, juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayrami haftaligida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq o'yin, tosh, lapar, ip o'yinlari va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar, ayniqsa, sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun unga ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan. Bug'doy donini maxsus idishlarda qulay iqlim sharoiti yaratib, sabza qilib undirib olishgan. So'ng uni kecha-kunduzi bilan katta doshqozonlarda qaynatib, sumalak tayyorlashgan. Ayonki, tunu kun tinmay doshqozon qaynayversa, ancha-muncha o'tin chidamaydi. Shuning uchun har bir xonadon bir bog', yarim bog'dan, ishqilib, o'tinga ham o'z ulushlarini qo'shadilar. Bu arzimasdek ko'ringan harakat ostida juda ulkan ma'no yotibdi: xalqning birgalashib harakat qilishga nonu tuzini, topgan-tutganini birga baham ko'rishga intilish yotibdi. Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiya sovrinli o'yinlar, musobaqalartashkil etilgan. Ko'pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar jang lari, xo'roz, it, qo'chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, xalq tomoshalari o'tkazilgan.Qo'shni Tojikistonning G'onchi tumanida har yili Navro'z mahali kelinchaklar sayli o'tkazish qadim-qadimdan odat tusiga kirgan. Bu sayilga oq xarir pardalar tutgan, kuyovga tushganiga bi yildan oshmagan kelinchaklar qatnashishadi. Ular pastlikda, xuddi oq gullar to'lqinidek ketaverishadi. Qo'llarida o'zlari mehr qo'yib tikkan matolari, so'zanalari, belbog'lari bo'ladi. Ikki tomonda qiyaliklarda turgan tomoshabinlar o'tayotgan kelinchaklarning birortasini ham ko'zdan qochirishmaydi. Kelinchaklarning orzu-armonlari, o'y-hayollari bitilgan matolarning qaysi biri ko'proq olqsh olsa, o'sha g'olib, maqtovga sazovor bo'ladi. Bu benihoya chiroyli, go'zal sayildir. Bu xil sayillarni o'rganib, ommalashtirish zarur. Navro'z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri-keksalarga hurmat, ularning holaridan xabar olish, ko'mak berishdir. Navro'z tiriklik bayrami sifatida mashhur bo'lib, uning tag'in bir muhim xosiyati: bu kunlar marhumlar yodiga juda katta ahamiyat berilgan. Machitu madrasa, xonadonu mahalla, mozoru ziyoratgohlarda qur'on o'qitilib, jonliklar so'yilgan. Etim-esir, bola-baqralar uchun katta doshqozonlar osilib, qurbonlik taomlari pishirilgan. Har bir oila o'z xilxonalarini, ortishsa, boshqalarnikini ham tozalab, orasta qilishgan. Qabrlarning shikast-rextlarini ta'mir qilishgan. Mevali daraxtu gul-chechaklar o'tkazishgan.
     Ona diyorimizda fasllar kelinchagi bahor kezmoqda, tabiat uygonmoqda. Borliqdagi yangilanish, yasharish ozod va obod Vatanimizga Navrozi olam kirib kelganidan mujda beradi. Ezgulik, muhabbat, xayr-saxovat, shafqat va shafoat ayyomi qalblarga olam-olam surur, yangidan-yangi orzu-havaslar baxsh etadi. Yurtimiz bu gal ham tinch va osoyishta, xalqimiz sihat-salomat va bardam, salmoqli yutuqlari, mol-kol orzulari, ezgu tilaklari bilan Navroz shodiyonalariga qadam qoymoqda.     
     Xalqimiz doim Navrozni ozgacha bir soginch, intiqlik bilan kutib oladi. Bu gal ham shunday fusunkor damlarda yeru kok bagrida roy berayotgan ozgarishlarni qalbidan otkazayotgan hamyurtlarimizning dillarida quvonch, ana shu yorug kunlarga, gozal hayotning bebaho nematlariga eson-omon yetganimiz, osmonimiz musaffoligi uchun shukronalik tuygulari tugyon urayotir.
     Muazzam maydonning chor tarafida turfa ranglardagi bayroqchalar hilpiraydi, havo sharlari mayin epkinlarda tebranadi.
     Buyuk kelajagimiz vorislari sahnada. Maydon jajji bolakaylarning kulgusi va shox-xandon qiyqiriqlariga toladi. Bolalar tabassumiga ne yetsin. Zotan, bu baxtiyor bolalikdan, mustaqil yurt farzandlarining begubor va quvnoq damlaridan, soglom zurriyotlarimiz iqbolidan darak.
     Navroz va Yoshlik orastalik, gozallik, beguborlik va pokizalik timsollaridir. Yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Biz bugun barpo etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatni avvalambor ozimiz uchun, osib kelayotgan, bugun boshlagan ishlarimizni ertaga davom ettirishga qodir farzandlarimiz uchun qurmoqdamiz. Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, buyuk davlatni faqat soglom millat, soglom avlodgina qura oladi. Shu manoda, Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan "Yoshlar yili Davlat dasturi har tomonlama soglom avlodni tarbiyalash yolida navbatdagi zalvorli qadam boldi.
      "Millatning dardlariga darmon bolmoq vazifangizdir bu hikmatli shior shavkatli bobokalonimiz Amir Temur manaviyati durdonalaridan. Farzandu nabiralarimiz bilan faxrlanishni istasak ular soglom, durkun, barkamol, zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-etiqodli bolishlariga, Vatanimiz tarixida ochmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom ettira oladigan insonlar bolib kamolga yetishishlariga erishishimiz lozim.
     Ozbekistonda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida rivojlangan mamlakatlar tajribasidan va amaliy maqsadga javob berishidan kelib chiqqan holda, tibbiyot sohasi boshqaruv tizimining barcha boginlari qayta korib chiqilmoqda. Sogliqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishning ikkinchi bosqichi doirasida davolash-profilaktika muassasalari tarmogini qayta tashkil qilish, viloyatlarda kattalar va bolalar uchun koptarmoqli tibbiyot markazlarini barpo etish, tumanlar miqyosidagi tuzilmalarni takomillashtirish, qishloq vrachlik punktlarini mustahkamlashga doir ishlarga alohida etibor qaratilmoqda.
      Bunday keng qamrovli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida aholi sogligining mustahkamlanishi, kishilarimiz umr korish darajasining ortishi, onalar va bolalar olimining keskin kamayishi, turli yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida qolga kiritayotgan yutuqlarimiz BMT, Jahon sogliqni saqlash tashkiloti, YUNISEF singari xalqaro tashkilotlar tomonidan etirof etilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda inson manfaatlarini, xususan, soglom zurriyot va soglom avlod tarbiyasini kozlab amalga oshirilayotgan izchil islohotlar berayotgan samaralardir.
     Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi "Umid nihollari, "Barkamol avlod, Universiada ommaviy sport oyinlari hamda bolalar sportini rivojlantirish borasidagi say-harakatlar tufayli, bir tomondan, bolalarimiz zamonaviy shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda jismoniy chiniqayotgan bolsa, boshqa tomondan, Ozbekiston bayrogini xalqaro maydonlarda baland kotarayotgan navqiron va zabardast sportchilarimiz yetishib chiqmoqda. Bu haqda gap ketganda, birgina otgan yili yurtimizda 170 bolalar sporti obyekti, jumladan, 27 sport inshooti, 143 maktab sport zali barpo etilganini qayd etishning ozi kifoya.
     Davlatimiz rahbarining 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan "Bolalar musiqa va sanat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boyicha 2009-2014 yillarga moljallangan Davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari togrisidagi farmoyishi esa jajji farzandlarimizning manaviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va jahon musiqa madaniyatining eng sara namunalaridan keng bahramand bolishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratmoqda
     Xalqimiz azaldan toy va shodiyonalarni alohida taraddud bilan qarshi oladi. Bagrikenglik, ozaro hamjihatlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlarni yanada yuksaltirish, umumxalq bayramlari arafasida mahallalar, kochalar va aholi turarjoylarini obodonlashtirish maqsadida bu yil yurtimizda mart-aprel obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish oyliklari deb elon qilingani ham Navroz bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik korishda katta ahamiyat kasb etdi.
Maydon uzra mayin navo taraladi. Musiqiy ohanglarga qushlar chuguri, jilga-soylarning jildirashi bahor ishvalari uygunlashib ketadi. Ana shunday sehrli ohanglar ogushida yurtimizning husn-malohatda tengsiz tabiati, betakror qadimiy obidalariyu zamonaviy memorchilik ananalari asosida qad rostlagan gozal binolari, shahar va qishloqlarimizning korku tarovatli qiyofasi koz ongimizda gavdalanadi.
     Ota-bobolarimiz bunday kunlarda yetim-yesir, beva-bechoralar, xastayu muhtojlarga mehribonlik korsatishga shoshilgan, gina-kuduratlar unutilgan. Buni hayotimizning barcha jabhalarida, odamlarimizning qalbida, ongu shuurida namoyon bolayotgan mehr-oqibat, muruvvat, bagrikenglik kabi insoniy fazilatlar va yurtdoshlarimizning ertangi kunga ishonchi tola tasdiqlaydi.
     Mustaqillik yillarida millatimiz tiynatiga xos ana shu inja xislatlar qaytadan qadr topdi. Motabar qariyalarimiz, ota-onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qoyish, bir-birimizga mehr-oqibat korsatish, kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bolish, jamiyatimizda hech kim yolgiz emasligi, hech kim etiborsiz va qarovsiz qolmasligi kabi xalqimizning azaliy fazilatlari rivoj topmoqda.
     Yurtimiz azaldan insoniyat tamadduni, jumladan islom dini madaniyati beshiklaridan biri sifatida mashhur. Buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyatning koplab sohalari taraqqiyotiga qoshgan bebaho hissasini dunyo ahli keng etirof etgan. Mamlakatimizda ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosni tiklash va yanada rivojlantirishga alohida etibor va gamxorlik korsatilmoqda. Buyuk alloma va aziz-avliyolarimiz muqaddas qadamjolarini tamirlash va obodonlashtirish, ularning boy ilmiy-madaniy merosini chuqur organish, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
    Asrlar davomida Navroz kunlari kishilarimiz yoppasiga qir-adirlarga, kocha va xiyobonlarga, guzar va sayilgohlarga sayilga chiqqan. Baxshilar aytishuvi, laparlar, hazil-mutoyiba, qoshiqlar, xalq termalari, askiyachilar payrovi yangragan. Uloq-kopkari, poyga, kurash, merganlik kabi tomoshalar otkazilgan. Dorbozlar, masxarabozlar, qogirchoqbozlar, polvonlar oz sanatini namoyish etganlar.
     Rang-barang ashula va raqs, turli badiiy jamoalarning chiqishlari, maydon sahnida uyushtirilayotgan xalq oyinlari, kuylanayotgan qoshiq, lapar va ijro etilayotgan raqslarda qadimiy bayramimizning ana shu xilma-xil noyob qirralari oz aksini topadi.
nnnnnBu tarixiy voqealar mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu bosqichning muhim dasturiy vazifalari, Prezidentimiz tabiri bilan aytganda, siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
nnnnnVatanimizning yanada ravnaq topishida shu motabar zaminda yashayotgan, millati, tili va dinidan qati nazar, har qaysi inson, har bir yurtdoshimiz munosib hissa qoshmoqda.
     Koz ongimizda Navrozning asl mohiyati, kishilarni birlashtiruvchi, dillarni dillarga boglovchi hayotbaxsh kuchi yanada yaqqol, baralla namoyon boladi ozod diyorimizda bir tanu bir jon bolib yashayotgan turli millat va elatlar vakillarining badiiy chiqishlari qalblarni faxrga toldiradi. Mamlakatimizda yagona oila farzandlaridek istiqomat qilayotgan bir yuz ottizdan ortiq millat va elat vakillarining talim olishi, mehnat qilishi, oz ijodiy salohiyatini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
     Sahnada yangragan dilbar qoshiqlarda, lobar raqslarda, yorqin bezaklarda, bayram ishtirokchilarining xushnud qiyofalarida erishgan yutuqlarimizdan faxrlanish va mamnuniyat tuygulari barq uradi
     Navrozga ajdodlarimiz rizq-nasiba, najot va barakot fursati sifatida qaragan. Asriy ananalarimizga kora, ayni kunlarda dehqonlarimiz dasturxonimiz tokin va barakali bolsin, degan niyatda yerga urug qadamoqdalar. 
     Navrozning yangi mehnat mavsumi boshlanishi munosabati bilan otkaziladigan "Kok oshi, "Oq osh, "Ekin sayli kabi marosimlarida yangraydigan xalq ijodiyotining eng nodir durdonalari, kuy-qoshiqlar, sheriyat namunalari, dostonlar, hikmatlar sadosi ona zaminni qish uyqusidan uygotib, borliqqa bahor sep yoyganidan darak beradi. Yam-yashil qir-adirlar, gullarga burkangan vodiylar, lolaqizgaldoqdan alvonlashgan chol-biyobonlar koz oldimizda gavdalanadi. Boychechagu binafsha boylari dimoqni qitiqlaydi, orziqib kutganimiz bahor havosini sipqorib toymaymiz
     Yurtimizning barcha shahar va qishloqlarida Navroz sayli davom etmoqda.

UzA
. , 3 ,
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING


...

.
, Mehmon, .

«     2016    »
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz