» » O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Закладки O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Название:
O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasiga yana bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Дата:
9-03-2014, 21:44
Автор:
Просмотры:
1073

     O‘zbekistonning og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi Tailandning Bangsaen shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 2014-yilning 16—28-avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida o‘tkaziladigan II o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yana bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

     Tailandda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyi, Hindiston va Mo‘g‘uliston terma jamoalari qatorida qizlarga beriladigan yana bir yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi. Bungacha terma jamoamiz o‘smir yigitlarida ikkita yo‘llanma bor edi.

     Musobaqalarda Osiyoning 26 ta mamlakatidan 67 ta qiz va 111 ta o‘smir yigitlar ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasining ushbu muvaffaqiyatida Zarnigor Abdurahmonova (10-o‘rin), Nozima Nizomiddinova (7), Gulnoza Ahmadova (11), Nilufar Erkinova (5), Dina Tojiyeva (6), Madina Mingboeva (7), Kamila Abdullaeva (6)larning hissasi bor.

     Ayni paytgacha Nankindagi musobaqalarga yo‘llanma olganlarning soni 14 taga yetdi. Ular badiiy gimnastikachi qizlar: Anora Davlatova, Komilabonu Rustamova, Sabrina Ramazonova, Go‘zal Raymanova, Irina Salex, Karina Tog‘aeva, Farangiz Ahmedova (jamoaviy musobaqalar), dzyudochi Suhrob Tursunov, akademik eshkakchilar: Yulduz Kulgavaya, Shahboz Abdujabborov. Bundan tashqari, og‘ir atletika bo‘yicha uchta va baydarka va kanoyeda eshkak eshish bo‘yicha bitta yo‘llanma naqd qilib qo‘yilgan. Nankindagi musobaqalarga qadar erkin, yunon-rum, ayollar kurashi, sport gimnastikasi, trampolin,  boks, yengil atletika, taekvondo, suzish, otish, qilichbozlik, triatlon va boshqa sport  turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan saralash musobaqalarida yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish imkoniyati bor.

Manba: Daryo

кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz