» » "Sug'diyona" va "Darakchi" payshanba kuni chiqadi!!!

Закладки "Sug'diyona" va "Darakchi" payshanba kuni chiqadi!!!

Название:
"Sug'diyona" va "Darakchi" payshanba kuni chiqadi!!!
Дата:
29-01-2014, 18:11
Просмотры:
4934
 "SUG'DIYONA" gazetasining Bosh muharriri - Nazokat Azim bilan eksklyuziv suhbat.

«Sug’diyona» gazetasining 2014 yildagi 1-soni yana siz bilan!
 
Onlayn.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi!

 
 
- Assalomu alaykum, Nazokatxon, avvalambor mushtariylaringizni sog'intirib qo'ygan, nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham sevimli gazetasiga aylanib ulgurgan "Sug'diyona" gazetasi yana faoliyat yurita boshlagani bilan tabriklayman!

- Rahmat, Muzaffar aka! Biz yana muxlislarimiz bilan birgamiz, yana o’ylarimiz, xayollarimiz mushtarak, yangi orzular, niyatlar sari baravar intilishda davom etyapmiz. «Sug’diyona»ning boshqa nashrlardan farqi - uning barqarorlikni saqlagan holda yangilikka intilishidir. Negaki, ayolning baxt kaliti ham shunda-da: barqarorlik ertangi kunga ishonch uyg’otsa, yangilik hayotning turfa ranglarini ko’rishni, uqib-o’rganish baxtini tuhfa etadi. Nashrimizni "ayollar gazetasi” deya Siz - mushtariylar bilan qadrdon bo’ldik, uning "hamisha zamon bilan hamnafas” ekanligini e’tirof etib, Siz - azizlar bilan birgalikda hayot sirlarini echishga, turli muammolarni bartaraf etishga, har bir damimizni maroqli va sermazmun o’tkazishga intildik. Sizlar bilan har xafta uchrashish saodatini tuyub, bundan keyin ham sizning sirdoshingiz va maslakdoshingiz bo’lib qolish baxtiga erishish ilinjidamiz. Niyatimiz - yurtimizda bunyod etilayotgan ezgu va xayrli ishlarni imkon qadar keng yoritish, shu ishlarni amalga oshirishda baholi qudrat ter to’kayotgan insonlar bilan dillashish, ularning maqsadu intilishlariga sherik bo’lishdir. Negaki, barcha ezgu ishlarning bir uchi sizlarning nozik qo’llaringiz bilan yaratilayotganiga ishonchimiz komil! Unutmang, barkamol faylasufning ham, daho olimning ham, buyuk shoirning ham beshigini Ayol tebratgan.
     Sara maqolalar, go’zallik olamidagi eng yangi xabarlar, ruhshunoslaru huququshunoslar maslahatlari, bolalar tarbiyasi, insonlar o’rtasidagi munosabatlaru munozaralar, salomatlik saboqlari, ayollarning birovga aytolmaydigan sirlari, qiziqarli hajviyalar, maroqli qissalar, maftunkor hikoyalarlarning bari SIZ uchun! «Sug’diyona» bilan mehnatdan rohatlanishni, yo’qdan bor qilishni, hayotdan lazzatlanishni, har soniyada baxtni his qilishni o’rganamiz! Bugun bilan yashab, ertangiz uchun ishlashdan hormang!

- Onlayn.uz saytimizdagi "Sig'diyona" gazetasining muxlislariga tilaklaringiz?

- "Sug’diyona" gazetasining bu yilgi birinchi soni, albatta, asosan "Sog’lom bola” yiliga bag’ishlandi. Shuningdek "E’tirof” mukofoti sovrindorlari bilan blits-intervyular, onani hurmatlash haqidagi tahliliy maqolamiz, "On-layn” plastik kartochkalari haqida haqiqatlar, bolalarni necha yoshda qaysi vrachga olib borish kerakligi to’g’risida ma’lumotlar, qiz yoki o’g’il farzand ko’rish uchun qanday ovqatlanish kerakligiga doir tavsiyalar, orzumizdagi oilani qurish sirlari, qishda yuz-ko’zlarimizni parvarishlash qoidalari, fevral oyi uchun munajjimlar bashorati, bedana tuxumining noyob hossalari, qizlar ginekologi haqida sirlashuvimiz, 8 kunda 5 kg ozish usuli, qomatimizga mos ko’ylak tanlash yo’llari mushtariylarimizni befarq qoldirmaydi degan umiddaman.
     "Sug’diyona” - maftunkor ayollar gazetasi. Ularning doimo maftunkor, betakror bo’lib yurishlarini, o’zlarining va yaqinlari sog’-salomat bo’lishini, yuzlaridan tabassum arimasligini tilayman. Hayotimiz va gazetamiz doimo rang-barang, sermazmun, shirin tashvishlarga boy bo’lsin!
 
- Katta rahmat! Ijodingizga omad tilab qolamiz! 
 
Izoh o'rnida. Ko'pchilik Nazokat Azim barchamiz uchun sevimli shoir, Sherali Jo'rayevning "Karvon ko'rdim" qo'shig'ining muallifi Usmon Azimning qizi ekanligini bilmasa kerak. Nazokat Azim qaynotasi Muhammadali Abduqunduzov bilan birgalikda tushgan suratni e'tiboringizga havola etmoqdamiz. "Sug'diyona" gazetasidagi rang-barang materiallar bilan tanishtirib borishimizda Nazokat Azim bizga yaqindan yordam berib kelgani uchun minnatdorchilik bildirgan holda, hamkorligimiz bundan buyon ham davom etadi deb umid qilib qolamiz hamda Nazokatxonga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman!!! 
 
Muzaffar Muhammadnazar suhbatlashdi.


 
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
mmuza80
"Sug`diyona" gazetasiga va Onlayn.Uz sayti ijodkorlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
  • 29 января 2014 18:52
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz