» » 2014-yil uchun yillik Munajjim bashorati

Закладки 2014-yil uchun yillik Munajjim bashorati

Название:
2014-yil uchun yillik Munajjim bashorati
Дата:
27-12-2013, 02:52
Просмотры:
11272
 
 

2014-yil uchun yillik Munajjim bashorati

 

Hamal (QO'Y) burji ostida tug'ilganlar uchun (21.03 - 20.04)


 

Mehnatkash va maqsadga intiluvchan Ot qaysar Qo'y burji vakillariga ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Ular o'z hayotlarni tubdan o'zgartirishlari mumkin. Asosiysi, ko'proq tashabbus ko'rsatib, baht qushini boy bermaslikdir. Ustiga ustak shahsiy faravonlikni yolg'iz o'zlari yaratmaydilar, ularga do'stlari, hammaslaklari yordamga kelishadi.


Taqdir chizgilari


Qo'y burji vakillari uchun 2014 yil hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. YAshashdan maqsad haqida jiddiy mulohaza yuritib, ma#lum hulosalarga kelish va ularga tayanib kelajak sari odimlash davri keldi. SHu yili sodir bo'lajak voqealar butun hayotingizni o'zgartirib yuboradi va siz ularning ta#sirini hali uzoq his qilasiz. Hullas, hayotingiz qisman, hatto tubdan o'zgaradi. Barqarorlik uchun jiddiy zamin hozirlanadi. Qo'ylar bu yil hayotlari davomida to'plagan tajribalaridan maksimum foydalanadilar. Aqliy qobiliyatlari ham o'z cho'qqisiga chiqadi. SHu sababli eng murakkab vazifalarga qo'rqmay qo'l uring, chunki hozir ushalmas sanalgan orzularingiz amalga oshishi ehtimoli yuqori. Omadingiz chopadi, rejalaringiz oson amalga oshadi, hamma sizga jon deb yordam beradi. YUqorida aytilganlarning bari nafaqat taqdir tuhfasi, balki o'z say#-harakatlaringiz natijasi bo'ladi. Quvvatingiz oshadi, ijodiy salohiyatingiz cho'qqisiga chiqadi. Dunyoqarashingiz o'zgarishi, yangi bilimlar olishga qiziqishingiz ortishi, sohangiz o'zgarishi mumkin. Qo'y burjining ko'pgina vakillari yangi ish boshlaydilar, ayrimlari boshqa honadonga ko'chib o'tishlari mumkin.


Ikki kishining olami


SHahsiy hayotingiz va ishqiy munosabatlaringiz muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ko'plarni kutilmagan va hal qiluvchi o'zgarishlar kutyapti. Kimdir o'z muhabbatini topadi, yana kimdir mavjud munosabatlarini chuqurlashtiradi. Ayniqsa, burjning erkak vakillari hayotida muhabbat borasida unutilmas hodisalar ro'y beradi. Boshqa mamlakat fuqarosiga ko'ngil qo'yishingiz yoki uzoq qarindoshlaringiz bilan hamkorlik munosabatlarini o'rnatishingiz mumkin. Taqdiringizni hal etuvchi topilmalar bilan bir qatorda yo'qotishlar ham bo'ladi – hijron, eski munosabatlarning nihoyalanishi.


Ish va kar'era


2014 yil qo'y burji vakillari uchun moliya va biznes sohasida juda omadli keladi. Qo'ylar ot yilida hammaning diqqat markazida bo'lishadi, do'stlari va hammasliklari ko'payadi. Bularning bari ishda yuqori shiddatlar bilan o'sishga olib keladi. Kar'erangizda do'stona aloqalar muhim rol o'ynaydi. SHu yil bog'langan do'stlik rishtalari bir umrga mustahkam bo'ladi. Do'stlar tomonidan katta yordam olish bilan birga o'zingiz ham ularning ishlarida faol ishtirok etasiz, muammolarini hal qilishga yordam berasiz. SHuningdek, biznesda olihimmat homiylar ham topasiz. Yil advokatlar, siyosatchilar, publicistlar va faylasuflar uchun omadli keladi. SHuningdek, san#at va adabiyot sohasi kishilariga ham baht kulib boqadi. Gumanitar sohada ishlaydigan barcha aqliy mehnat sohiblarini yuksak e#tiroflar kutmoqda – turli mukofotlar, unvonlar, grantlar va ilmiy darajalar… Umuman, so'z va fikr bilan bog'liq istalgan faoliyat – ilmiy, pedagogik, ijodiy – muvaffaqiyatli kechadi. Ko'pchilik Qo'ylarni safarda muvaffaqiyat kutmoqda. Demak, sizni hizmat safariga yuborishsa, imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Oilangiz bilan bir muddat ayriliqda bo'lishingizga to'g'ri kelsa-da, muhim hamkorlar va homiylarni topasiz.


Hayot bo'yoqlari


Bu yil hali ota-onalik bahtini totib ko'rmagan Qo'ylarning oilasiga «yangi mehmon» keladi. Ota-onalik sharafiga muyassar bo'lganlarning esa ko'p vaqtlari bolalar parvarishi va ularga g'amho'rlik qilishga ketadi. YA#ni farzandingizning o'qishlarini nazorat qilish, shahsiy hayotidagi muammolarni hal etish, sog'ligi borasida g'amho'rlik ko'rsatish – bari sizning zimmangizda bo'ladi.


Salomat bo'ling!


Ot yili Qo'y burji vakillari uchun har sohada omadli bo'ladi. Bu yilning shiddati va o'zgarishlarini ko'tarish uchun mustahkam sog'liq talab qilinadi. SHu sababli biroz asabiylik va charchoq sezishingiz mumkin. Injiqlik va tushkunlik ham havf soladi. Bular esa, ma'lumki, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. SHu sababli sog'lig'ingizga e#tiborliroq bo'ling. Umuman, yomon kayfiyat va sog'liq ishlar rivojiga katta to'siq bo'lishini unutmang.


 Manba: Munajjim
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli xonandangiz