Закладки Tas-Ix tizimidagi pochta!

Название:
Tas-Ix tizimidagi pochta!
Дата:
14-07-2015, 00:04
Автор:
Просмотры:
3614
 


 

uMail.uz  Миллий электрон почта қутисининг  ижобий томонлари:

1. Ўзбек тилида интерфейс мавжуд.

2. TAS-IXда фаолият олиб боради.

3. Интерфейснинг уч хил кўриниши(ўзбек, рус, инглиз тилида иш олиб борувчи шакллари), бир қанча созлаш қурилмаси, антиспам, вирусга қарши, ҳимояловчи хостинг) бор. Бир сўз билан айтганда унинг ҳеч қандай камчилиги йўқ.

Сервер статистикаси айни пайтда қуйидагичадир:


Энг кўп фойдаланилаётган тил — ўзбек тили
Ҳаммабоп интерфейси кенгайтирилган шаклдадир. 
Facebook ижтимоий тармоғида бир ойдан буён Миллий электрон почта қутисини омма орасига ёйиш иши билан бириктирилган махсус ходимлар шуғулланишяпти.  

uMail.uz — ўзбек тилида фаолият юритувчи почта ҳисобланади.
 
MA'LUMOT

1. @umail.uz da qanday qilib pochta ochish mumkin?
uMail da pochta ochish uchun ID.UZ identifikatsiya tizimida ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. Agar siz ID.UZ  tizimidan avval ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, avval ID.UZ tizimidan ro’yxatdan o’tishingizga to’g’ri keladi. So’ngra uMail.uz saytiga qaytib avtorizatsiyadan o’tasiz. uMail.uz saytida birinchi marta avtorizatsiyadan o’tayotgan vaqtingizda, sizga pochta nomini tanlash va pochta qutingizni sozlamalarini kirgizish taklif qilinadi. 


2. @umail.uz da yana bir pochta manzili ochish mumkinmi?
Hozirgi kunda ID.UZ tizimidagi bitta akkauntga bitta pochta qutisi ochish imkoniyati yaratilgan. Bitta shaxs tomonidan ID.UZ tizimidan bir necha marotoba ro'yxatdan o'tish ta'qiqlanadi.


3. Sizlar taklif qiladigan pochta qutisining hajmi qancha?
Biz hajmi 200 Mb bo'lgan bepul pochta qutisi taklif qilamiz. 


4. Bitta xatning maksimal hajmi qancha?
Bitta xatning maksimal hajmi 10 Mb.


5. Sizlarning xizmatingiz, qaysi pochta bilan ishlash protokollarini qo'llab quvvatlaydi?
@umail.uz SMTP, POP, IMAP protokollarini qo'llab quvvatlaydi va barcha mavjud pochta mijozlari bilan ishlaydi.


6. Nima sababdan men pochta qutisi ochayotganimda parol ko'rsatishim kerak?
Bu parol Sizning @umail.uz pochta qutingizga turli pochta klientlari orqali (Outlook, The Bat, ThinderBird va boshqalar) kirish uchun kerak. @umail.uz ning veb-klientiga kirish ID.UZ identifikatsiya tizimi orqali amalga oshadi, ID.UZ bilan bu parol bog'liq emas.  


7. @umail.uz bilan ishlash uchun pochta mijozini qanday sozlayman?
Pochta mijozini sozlash uchun, sizning ID.UZ tizimidagi parolingizdan emas, balki pochta qutisini ochishda ko'rsatgan parolingizdan foydalaning.  SMTP (25), POP (110), IMAP (143) protokollar bo'yicha portlar boricha ishlatiladi.  @umail.uz akkauntini Outlookga sozlash qo'llanmasi. 


8. Sizlarning tizimingizda qanday himoya vositalari qo'llaniladi?
Bizning tizimda ishonchli va unumli himoya vositalari qo'llaniladi: Kaspersky ® AV platformasi asosidagi tizim; 20 dan ortiq mexanizm orqali istalmagan nomaqbul kiruvchi xatlarni aniqlovchi antispam tizimi; ruxsat etilgan manzillar va qora ro'yxatlarni qo'llab quvvatlash, shuningdek aniqlangan spamni maxsus jildga ko'chirish; antivirus va antispam asoslarini har kuni yangilanishi.


9. Mening pochtam qancha vaqt saqlanib turadi?
Agar pochta qutingizdan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanmasangiz u tizimdan avtomat tarzda o'chiriladi.

10. Pochta nomini tanlashda qanday cheklovlar mavjud?
Pochta nomini tanlashda lotin alifbosining harflarini (a-z), sonlarni (0-9), «.» (nuqta), «_» (pastgi chiziq) и «-» (uzluksiz defis) belgilardan foydalanish mumkin; uning uzunligi 6 tadan kam va 20 tadan ko'p ramzlardan iborat bo'lmasligi kerak; pochta nomi faqatgina harfdan boshlanishi, harf yoki son bilan tugashi mumkin; shuningdek pochtani nomlashda zahiraga qoldirilgan so'zlar (Muhtaram Ma'muriyat, uzinfocom, support, feedback va hokazo so'zlardan) ham foydalanish mumkin emas. 


11. Pochta qutimni qanday qilib o'chirishim mumkin?
Pochta qutingizni o'chirish uchun siz umail.uz saytiga kirib, ID.UZ tizimidan avtorizatsiyadan o'tishingiz kerak. O'ng tomondagi blokda "Sozlamalar" havolasiga o'ting. Ochilgan sahifada "Akkauntni o'chirish" havolasini bosib, paydo bo'lgan so'zlashuv oynasida "Ok" tugmasini bosish orqali o'z xarakatingizni tasdiqlang. Pochta akkaunti o'chirilgandan so'ng, serverdan foydalanuvchi to'g'risidagi barcha ma'lumot, jumladan barcha jild va xatlar o'chirib tashlanadi.  


12. Men mavjud pochta qutimni o'chirib tashlab, so'ng boshqa pochta qutisi ocha olamanmi? 
Ha, bundan oldingi bandda aytib o'tilgan qadamlarni bajarganingizdan so'ng, siz yangi pochta qutisi ochishingiz mumkin. Lekin yangi pochta qutingizda eski xatlaringiz bo'lmasligini inobatga olishingiz kerak. 


13. Xat jo'natish yoki qabul qilishda muammo tug'ilsa kimga murojaat qilishim kerak?
Siz bizga support@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa" sahifasidagi shakldan foydalangan holda sizda yuzaga kelayotgan muammo to'g'risida batafsil yozib yuborishingiz mumkin.  


14. Men interfeysning rus va o'zbek tillaridagi ba'zi so'z birikmalarida xatoliklar borligini aniqladim. Bu haqida ma'muriyatga qanday ma'lum qilsam bo'ladi?
Agar siz interfeysdagi xatoliklarni topganingizda, umail@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa"  sahifasidagi shakldan foydalangan holda bizga ushbu xatolar to'g'risida yozib yuborsangiz biz judayam minnatdor bo'lamiz.   


15. Agar men 200 Mb hajmning barchasini ishlatib bo'lgan bo'lsam nima qilishim kerak?
Pochta qutingizning hajmini ko'paytirishning imkoni mavjud. Loyihaning  yangiliklari va o'tkaziladigan promo-aktsiyalarini kuzatib boring. Shuningdek siz barcha eski/keraksiz xatlarni o'chirib tashlashingiz yoki o'chirilgan xatlar jildini tozalashingiz mumkin. 


16. 10 Mbdan ortiq hajmga ega ilovalarni qanday qilib jo'natishim mumkin? 
10 Mbdan ortiq hajmga ega fayllarni jo'natish uchun  http://fff.uz  fayllar ayrboshlash xizmati yoki http://UzDisk.uz  fayllarni saqlash xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz. Bu saytlar ham TAS-IX doirasida faoliyat yuritadi. Faylni fff.uz yoki UzDisk.uz ga yuklang va faylga berilgan havolani o'z xatingizda ko'rsating.


17. Nega "Archive" va "Spam" jildlari tarjima qilinmagan?
"Archive" va "Spam" jildlari tizim jildlari hisoblanib, shuningdek IMAP protokoli orqali ishlash uchun kataloglar tuzilishiga integratsiya qilingan. Shu sababli ular boshlang'ich holatda tarjima qilinmagan. 


18. "Archive" va "Spam" jildlarini qanday qilib qayta nomlash mumkin?
Ushbu jildlarni qayta nomlash uchun menyuning "Jildlarni boshqarish" bandiga kirib "Archive" yoki "Spam" (qaysi jildni qayta nomlamoqchi bo'lsangiz usha jildni) jildini tanlaysiz va "Jildga havola yaratish" formasida o'zingiz istagan nomni yozasiz, masalan, "Arxiv" yoki "Spam". So'ngra "Qayta nomlash" tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. 

19. "Spam" qilib belgilangan xatlarni "Kiruvchilar" jildiga o'tkazish uchun nima qilish kerak?
 "Spam" qilib belgilangan xatlarni "Kiruvchilar" jildiga o'tkazish uchun, siz "Kengaytirilgan interfeys"ga o'tib, undan "Asboblar"->"Sozlamalar"->"Xavfsizlik"->"Spamga qarshi" ilovalariga o'tasiz hamda "Spamga qarshi" tugmasidan belgini olib tashlaysiz.
кино. клип, мр3 , софт
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Siz qaysi viloyatdansiz?