» » 1-oktyabr. O'qituvchi va murabbiylar kuni

Закладки 1-oktyabr. O'qituvchi va murabbiylar kuni

Название:
1-oktyabr. O'qituvchi va murabbiylar kuni
Дата:
30-09-2013, 18:24
Просмотры:
3855


Ustozlar - bugunning eng aziz, eng ulug' va mo'tabar kishilaridir

"… Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o`rnimizga keladigan yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o`zimizga yaxshi tasavvur qilamiz”.                                           
 I.Karimov 

     Kelajak avlodni bilimli, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Bugungi kun o`qituvchisi o`z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo`llay oladigan ijodkor shaxs hamda yoshlarni bilim cho`qqilari, yuksak ma'naviyat sari yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo`lishiga da'vat etadigan chinakam murabbiy sifatida faoliyat yuritishini hayotning o`zi talab etmoqda. Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg`urish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. Shu sababli o`qituvchi va murabbiylar yurtimizda sharafli kasb egalari sifatida har doim hurmat va e’tibordadir. O`qituvchi bugun o`zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo`yadi. Yosh avlodni komillik va kamolot cho`qqisiga o`qituvchi — ustozi boshlab boradi. Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. Shunday ekan, ustozlar zimmasiga kelajagi buyuk davlatning komil, har tomonlama barkamol vorislarini yetkazib berishdek yuksak vazifa yuklangan. Yurtboshimizning rahnamoligida har yili respublikamizda keng miyosida nishonlanadigan «1 oktyabr -O`qituvchilar va murabbiylar» kuni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan davlatimiz va xalqimizning cheksiz hurmati va ehtiromi namunasidir. Bayramingiz qutlug' bo'lsin aziz ustozlar!!!
Muallif: Behzodbek.




кино. клип, мр3 , софт
Ko'chirib Olish / TAS-IX ( Tas-ix )
 

 
SAYTIMIZNING HURMATLI FOYDALANUVCHILARI VA MEHMONLARI! SIZLAR UCHUN ENDI TELEGRAM DASTURIGA MO'LJALLANGAN SAYTIMIZNING MEDIA KANALI OCHILDI! SAYTIMIZDAGI BARCHA KLIP VA TARONALARNI USHBU KANALIMIZ ORQALI HAM YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN!
USHBU HAVOLAGA BOSING VA JOINNI BOSING

Вместо этого текста пропишите код вывода рекламы.
-JaJjI_FaRiShTa-
Ustozlarimizni 1-oktabr ularni bayrami bilan cin yurakdan muborakbod etamiz, ularni umrlari uzoq bo'lsin iloxim, 100 kiring AZIZ USTOZIM.
  • 30 сентября 2013 19:35
ИнформацияПосетители, находящиеся в группе Mehmon, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Eng sevimli Muloqot Joyingiz